Qadimgi turkiy tilda ot va uning grammatik kategoriyalari



Yüklə 202,5 Kb.
səhifə12/16
tarix16.12.2023
ölçüsü202,5 Kb.
#182821
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Qadimgi turkiy tilda ot va uning grammatik kategoriyalari

6. O’rin-payt kelishigi -da; -de; -ta; -te variantlarga ega. Masalan: tayg’an kelte tiriltim. (T), Altun yishda olurun (T)
Qadimgi matnlarda ba’zan o’rin, chiqish va jo’nalish kelishiklari almashtirib qo’llangan: qag’anda bedizchi kelurtim (KT), Qirqizda yantimiz (T).
7. CHiqish kelishigi -din; -din; -tin; -tin -dan; -den; -tan; -ten qo’shimchalari bilan hosil qilingan. Qadimgi turkiy tilning oxirgi davrlariga xos yodnomalarda uchraydi. Eldin, elke, baliqdin, baliqqa, ulushdin, ulushqa.
Otlarning yasalishi. Qadimgi turkiy tilda ot, otlashgan so’z yoki sifatdan ot yasovchi quyidagi qo’shimchalar bor:
1. -chi, -chi qo’shimchasi. Qalin negizga –chi ingichkasiga –chi varianti qo’shiladi. Bu ko’shimcha kasb va biror yumush egasini bildiruvchi ot yasaydi:
bediz (naqsh) – bedizchi
yog’ (aza) – yog’chi (azani boshqaruvchi)
an (ov) – anchi (ovchi)
2. –liq, -lik, -luq, -luk qo’shimchasi. Lablanmagan unlili qalin negizga –liq, ingichkasiga –lik varianti qo’shiladi. Lablangan unlili qalin negizga –luq, ingichkasiga –luk varianti qo’shiladi:
ach (och) – achliq (ochlik)
yemish (meva) – yemishlik (mevazor)
kun (kun) – kunluk (kunlik)
3. –qan (xan), -ken qo’shimchasi. Bu qo’shimcha laqab, unvon, geografik va astronomik nomlar tarkibida uchraydi. Qalin negizga –qan (xan), ingichkasiga –ken varianti qo’shiladi:
tenri (tangri) – tenriken (xujojo’y)
yeti (etti) – yetiken (Etti qaroqchi)
qadir (qiyin, qattiq) – Qadirqan (joy nomi)
4. –qaq, -kek, -g’aq, -gek qo’shimchasi. Bu qo’shimcha otga qo’shilganda mahdudlik, chegaralanganlik va fe’lga qo’shilganda qurol, vosita ma’nosini bildiradi. Jarangsiz undosh bilan tugatgan qalin negizga –qaq, ingichkasiga –kek varianti qo’shiladi.
er (er) – erkek (nar)
toz (chang) – tozg’aq (gul changi)
or- (o’r) – org’aq (o’roq)
qach (qoch) – qachqaq (qochoq, qochqok)
5. –qu, -ku, -g’u, -gu qo’shimchasi. Bu qo’shimchaning ham negizga qo’shilish tartibi bundan oldingi qo’shimchaniki singari bo’lib, mavhumlik ma’nosini bildiradi:
6. –tam, -tem,-dam, -dem qo’shimchasi. Bu qo’shimchaning ham negizga qo’shilish tartibi bundan oldingi ikki qo’shimchaga o’xshashdir. Otdan ot yoki sifat yasaydi:
er (er) – erdem (odob, etuklik)
tengri (tangri) – tengridem (ilohiy, osmoniy)
kun (quyosh) –kundem (quyoshli)
7. –tash, -tesh, -dash, -desh qo’shimchasi. Bu qo’shimcha hozirgi o’zbek tilidagi –dosh ning o’zidir. Negizga qo’shilish tartibi bundan oldingi qo’shimchaniki singaridir:
qa (idish) – qadash (tug’ishgan)
8. –sh qo’shimchasi. Bu qo’shimcha undosh bilan tugagan so’zlarga birikkanda, oldiga tor unli qo’shiladi:
bag’ (bog’, boylam) – bag’ish (bo’g’in)
terk (tez) – terkish (tezlik)
9. –suq, -suk qo’shimchasi. Birinchi varianti qalin negizga, ikkinchisi ingichka negizga qo’shiladi. Otdan ot yoki sifat yasaydi:
bag’ir (jigar) – bag’irsuq (ichak)
tan (hayrat) – tansuq (ajoyib)
10. –sush, -sush qo’shimchasi. Bu qo’shicha – sush, -sush qo’shimchasi bilan bir manbaga ega. CHunki turkiy tillarda q (k) sh mosligi bor. bu qo’shimchaga bitta misol bor:
suv (suv) – suvsush (ayron; go’ja singari ovqatlarning suvi)
Qadimgi turkiy tilda fe’ldan ot yasovchi tubandagi qo’shimchalar bor:
1. –m, -im, -im, -um, -um qo’shimchasi. Bu qo’shimcha undosh bilan tugagan negizlarga qo’shilganda, oldida bir tor unli paydo bo’ladi. Bu unlining sifati negizning qalin-ingichkaligiga va tarkibidagi unlining lablangan-lablanmaganligiga bog’liq. Fe’ldan anglashilgan harakat bilan bog’liq predmetni bildiradi:
al-(ol) – alim (qarz – qarz berganga nisbatan)
ber (ber) - berim (qarz-qarzga nisbatan)
ked-(kiy) – kedim (kiyim)
soq-(ur- so’y) – soqum (so’qim)
ol-(o’l) - olum (o’lim)
oqta-(o’q ot-) – oqtam (otim)
2. –n, -in, -in, -un, -un qo’shimchasi. Negizga qo’shilish tartibi –m niki singari bo’lib, fe’l bildirgan harakat natijasida paydo bo’lgan predmetni anglatadi:
aq-(oq) – aqin (sel)
ter-(ter-) - terin (jamoa)
bul-(top-) – bulun (asir)
tug- (tug) – tugun (tugun)
kishe- (tushovla) - kishen (tushov, kishan)
3. –ma, -me qo’shimchasi. Qalin negizga –ma, ingichka -me varianti qo’shiladi. Fe’l anglatgan harakat natijasida paydo bo’lgan va shu harakatni bajaradigan predmetni ifodalaydi:
yel (el-) - yelme (tez otliq otryad)
tiz (tiz-) - tizme (bog’ich)
kes (kes) - kesme (kokil)
tut (tut, saqla-) – tutma (sandiq)
4. –g’, -g, ig’, -ig, -ug’, -ug, -iq, -ik, -uq, -uk qo’shimchasi. Bu qo’shimchaning ham negizga qo’shilish tartibi –m, -n qo’shimchalarniki singari bo’lib, fe’l bildirgan harakatni bajaruvchi va shu harakat bilan bog’liq predmetni anglatadi:
qap- (yop-) - qapig’ (darvoza)
bil- (bil-) – bilig (ilm)
tut- (tut-) – tutug’ (garov)
kor- (ko’r-) - korug (josus, razvedkachi)
bit (yoz) – bitik (xat)
5. –q, -k qo’shimchasi. Bu qo’shimchaning oldida paydo bo’ladigan unlida uyg’unlik yo’q. Fe’l anglatgan harakat natijasida paydo bo’lgan predmetni ifodalaydi:
yaz- (yomonlik qil) – yazuq (gunoh)
tile- (tila) - tilek (tilak, orzu)
qil- (qil-) – qiliq (xulq)
6. –ch qo’shimchasi. Bu qo’shimcha mavhum ot yasaydi:
okun (o’kin-) - okunch (pushaymonlik)
saqin- (o’ylamoq, eslamoq) – saqinch (o’ylash, eslash)
7. –chu, -chu qo’shimchasi. Qalin negizga –chu, ingichkasiga –chu varianti qo’shiladi.
abin- (ovin-) – abinchu (ovinchoq)
erin (erin-) - erinchu (ayb)
8. –t qo’shimchasi. Fe’ldan anglashilgan harakatni predmetlashtiradi:
ol- (o’l-) - olut (qatl)
adir- (ayir-) – adirt (farq)
9.-i, -i, -u, -u qo’shimchasi. Bu qo’shimcha variantlarining qo’shilishi negizning qalin-ingichkaligiga va tarkibidagi unlining lablangan-lablanmaganligiga bog’liq. Harakat natijasini anglatadi:
otun- (o’tin-) - otnu (qarz)
yaz- (yoz-) – yazi (cho’l, dala)
10. –a, -e qo’shimchasi. Qalin negizga –a, ingichkasiga -e varianti qo’shiladi. Fe’ldan anglashilgan harakat natijasida vujudga kelgan predmetni bildiradi:
uv- (maydala-) – uva (umoch)
11. –g’a, -ga qo’shimchasi. Negizga qo’shilish tartibi yuqoridagi qo’shimchaniki singaridir. Fe’l bildirgan harakatga ega shaxsni anglatadi:
bil- (bil-) - bilge (olim)
og- (angla-) - oge (ongli, farosatli kishi)
12. –qich, -g’ich, -kich, -gich, -quch, -kuch, -g’uch, -guch qo’shimchasi. Qaysi variantining ishlatilishi negizning qalin-ingichkaligi, oxirgi tovushning jarangli-jarangsizligi va oxirgi unlining lablangan-lablanmaganligiga bog’liq. Bu qo’shimcha qurol nomi yasaydi:
ach- (och-) – achqich (ochqich, kalid)
yul- (yul-) – yulg’uch (ombir)
13. –qu, -g’u, -ku, -gu qo’shimchasi. Qaysi variantining ishlatilishi negizning qalin-ingichkaligi, jarangli-jarangsizligiga bog’liq. Bu ham qurol nomi yasaydi:
bich-(kes-)- bichg’u (kesadigan asbob)
qana-(qon chiq-) – qanag’u (qon oladigan asbob)
14. –qin, g’in, -kin, -gin, -qun, -g’un, -kun, -gun qo’shimchasi. Qaysi variantining qo’shilishi negizning qalinligi va ohiridagi bo’g’indagi unlining lablangan-lablanmaganligiga bog’liq jaranglilik-jarangsizlilik uyg’unligi buzilishi mumkin. Fe’ldan anglashilgan harakatni bajaruvchi yoki shu harakatga mahkum shaxs ma’nosini bildiradi.
qach-(qoch-) – qachg’in (qochqin)
bar-(bor-) – barqin (yo’lovchi)
tut-(tut) - tutqun (asir)
ter-(ter) – tergin (jamoa)
15. –g’uq, -guk, -quq, -kuk qo’shimchasi qaysi variantning qo’llanishi negizning qalin-ingichkaligiga bog’liq. Harakat natijasida vujudga kelgan predmetni anglatadi.
qas- (qazi-) – qazg’uq (qoziq)
tapuz- (toptir-) – tapuzg’uq (topishmoq)
16. –yaq, -yek qo’shimchasi. Qalin negizga –yaq, ingichkasiga –yek varianti qo’shiladi. Ma’nosi bundan oldingi qo’shimchaga yaqin:
tut- (tut-) – tutyaq (tutunish)
yorge (o’ra-) - yorgeyek (gajak)
Bulardan tashqari –maq, -ndi, -(a) -g’an va boshqa qo’shimchalar bilan yasalgan fe’l formalari otlashishi mumkin.


Yüklə 202,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin