Egalik kategoriyasi. Qadimgi turkiy tilda ham ot turkumiga kiruvchi so’zlar egalik affiksini olib, narsa va predmetning uchta shaxsdan biriga tegishligini, qarashligini ifodalaydi. Egalikni ifodalashning eng sermahsul usuli morfologik usuldir. Egalik qo’shimchalari quyidagi ko’rinishga ega:
Masalan: sabi – so’zi; budunum – xalqim: emgekimiz - mehnatimiz.
Kelishik kategoriyasi. Otlarning kelishiklar bilan turlanishi bosh kelishikdagi holatining o’zgarishidir. Kelishiklar otlarning boshqa so’zlar bilan bo’lgan munosabatini ko’rsatadi. Bu munosabat predmetning boshqa predmet bilan, yo harakat, yoki boshqa belgi bilan aloqasini ifodalaydi.
Hozirda morfemalarga ajralmaydigan ba’zi so’zlar tarkibida kelishiklar bo’lgan: sonra, ichre, tashqaru, ichkeru va b.
Qadimgi turkiy tilda bir o’zakka ikki kelishik qo’shimchasi qo’shilib kelgan. Meninge, seninte, ilgeru va b.
Bir kelishik o’rnida boshqa kelishik almashinib ishlatilgan. Iline bitigdim (davlatida bititdim) (T), turgesh qag’anta korug kelti Turgesh hoqondan kuzatuvchi keldi(T).
So’zlar uyushib kelganlarida, kelishik qo’shimchasi barcha so’zlarga, ba’zan oxirgi so’zga qo’shilgan. Masalan: onre, qitanyda, beriye tabg’achda, quriya Qurdantda, yiraya Og’uzda (Kt) va b.
Kelishik qo’shimchasini olgan so’z tarkibida ba’zan fonetik o’zgarish sodir bo’ladi. Masalan: ana (Bx), alarnin (Qb)
So’zlarning qattiq va yumshoq o’zakli bo’lishiga qarab, kelishiklarning har xil fonetik variantlari qo’shiladi.
Qadimgi turkiy tilda 7 ta kelishik bo’lgan, ular quyidagilar: