Qadimgi Xitoy mutafakkirlari ichida Konfutsiy (m av. 551 – 479-y.) alohida o’rin tutadi. Konfutsiyning fikrlari uning shogirdlari yozib qoldirgan «Lun Yuy»


Frantsiya klassik maktabi – F. Buagilber nazariyalari



Yüklə 91,48 Kb.
səhifə18/35
tarix21.05.2023
ölçüsü91,48 Kb.
#119017
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35
iqtisod

Frantsiya klassik maktabi – F. Buagilber nazariyalari


Klassik maktab rivojlanishini 4 bosqichga ajratish va har bir bosqichni alohida maktab sifatida qarash mumkin. Birinchi bosqich vakillari ingliz iqtisodchisi V. Petti (1623— 87) va fransuz iqtisodchisi P. Buagilber (1646—1714) hisoblanadi. Bu bosqichda merkantilizm taʼlimotining xatolari yoritib beriladi. Kiimatning mehnat nazariyasi ilgari suriladi va har qanday qiymatning manbai va oʻlchovi tovar mahsuloti yoki boshqa boylikni yaratish uchun sarflangan mehnat miqdori deb qaraladi. Boylik va farovonlik asosi muomala sohasida emas, ishlab chiqarish sohasida yaratilishi koʻrsatiladi. Bu bosqich 18-asr oʻrtalari va 2-yarmida fransiyalik F. Kene va A. Tyurgolar tomonidan ilgari surilgan fiziokratizm bilan yakunlanadi (qarang Fizi-okratlar). 2-bosqichni ingliz iqtisodchisi A. Smit asarlaridagi iqtisodiy gʻoyalar, 3-bosqichni 19-asrning 1-yarmida yashagan fransuz iqtisodchisi J. B. Sey, ingliz iqtisodchilari D. Rikardo, T. Maltus, N. Senior, amerikalik G. Keri asarlarida bayon etilgan qarashlar tashkil etadi. Klassik siyosiy iqtisod maktablarii.m.ning rivojidagi 4-bosqichni J. S. Mill qarashlari yakunlaydi.A. Smitning asosiy gʻoyalari "yoʻl bering, oʻtsinlar, yoʻl bering, bajarsinlar" (laissez faire, laissez passer) shiorida ifodalangan boʻlib, u "koʻrinmas qoʻl" nomini ham olgan. Smitning fikricha, tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishiga qanchalik erkinlik berilsa, iqtisodiy rivojlanish shunchalik jadallashadi. Smit iqtisodiy faoliyatga toʻsiq boʻluvchi asosiy kuch bu — davlat, deb hisoblaydi. Smitning liberal qarashlari Yevropada, xususan, Angliyada keng ommalashgan va oʻsha davr hukumatlari tomonidan liberal qonunlar va qarorlar qabul qilinishiga ilmiy asos boʻlgan.D. Rikardo qiymatning mehnat nazariyasini rivojlantirib, tovarning qiymatini unga sarflangan mehnat harajatlari tashkil etadi, degan xulosani beradi. Rikardo kapitalistik ishlab chiqarishning asosida qiymat qonuni yotishini taʼkidlab, boshqa iqtisodiy kategoriyalarni ana shu qonunga bogʻlab oʻrganadi.
Fransuz iqtisodchisi J. B. Sey (1767—1832) gʻoyalarida iqtisodiyotdagi toʻla erkinlik sharoitidagina ishlab chiqarish omillari (mehnat, kapital va yer)dan eng samarali foydalanish mumkinligi va sinflar oʻrtasidagi munosabatlar uygʻunlashuvi ilgari suriladi. Seyning eng muhim kashfiyotlaridan biri "Sey qonuni" — "bozor qonuni" yoki "sotish nazariyasi" hisoblanadi.
Ingliz iqtisodchisi T. R. Maltus (1766—1834) iqtisodiy oʻsish va aholi koʻpayishi oʻrtasidagi aloqadorlik muammolarini xal etishga uringan. Iqtisodiy liberalizm konsepsiyasi tan olingan holda aholi oʻsishi va moddiy neʼmatlar (tirikchilik vositalari) yaratilishi oʻrtasida katta farq bor, aholi "geometrik", neʼmatlar "arifmetik" progressiyalarda oʻsadi, degan "nufus nazariyasi" ilgari suriladi. Klassik maktab gʻoyalarini boyitishga ingliz N. Senior (1790—1864), fransuz F. Bastia (1801 — 1850), amerikalik G. Keri (1793—1879) katta hissa qoʻshdilar.
Ingliz iqtisodchisi J.S.Mill (1806—73) klassik maktabning soʻnggi namoyandalaridan biri sifatida D. Rikardo gʻoyalarini rivojlantirdi, 1-oʻringa "ishlab chiqarish qonunlari"ni qoʻydi, bu masalani "taqsimot qonunlari"ga qarama-qarshi deb bildi.
19-asr oxirlarida klassik siyosiy iqtisod maktablariga muqobil iqtisodiy gʻoyalar paydo boʻla boshladi, klassik maktabning bir qancha qonunqoidalari yangi sharoitlarga moslashtirilgan holda neoklassik qarashlarda oʻz aksini topdi (qarang Neoklassik iqtisodiy nazariya).


Yüklə 91,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin