Qadimgi Xorazm musiqa madaniyati


Xorazm musiqa san’atining shakllanish tarixi



Yüklə 61,89 Kb.
səhifə5/5
tarix07.01.2024
ölçüsü61,89 Kb.
#212175
1   2   3   4   5
Qadimgi Xorazm musiqa madaniyati

Xorazm musiqa san’atining shakllanish tarixi.
Xorazm qo‘shiqchilik san’atining ijro usullari o‘ziga xosligi bilan ajralib turgan, ya’ni turli tana harakatlari, ruhiy holat va kechinmalar ifodasi, jozibadorlik, sho‘xchanlik ularga xos xususiyat bo‘lgan. Qo‘shiqlar turli bayramlarda, tantanalarda, marosim va tadbirlarda ijro etilgan. Eramizdan oldingi IV asrda yashagan tarixchi Geradot shunday deb yozgan: “ Araks - Amudaryo bo‘ylarida yashovchi massagetlar kechasi gulxan yoqib, o‘simlik hididan mast bo‘lishib, uning atrofida olov o‘chguncha qo‘shiq aytib, raqsga tushar edilar”. Tarixchilarning ma’lumotlariga qaraganda “Lazgi”, “Orazibon” kabi qadimiy san’at atamalari turli ma’nolarni anglatgan. Masalan, Otar – oraz – o‘t, olov posboni, olovdek tezkor, olovdek mo‘jizakor ma’nolarini anglatgan.
Xorazm elining qadimgi dunyo tarixchilari tomonidan e’tirof etilgan, musiqa qo‘shiqchilik san’ati, an’analarining shon-shuhrati zamonlar to‘foniga qaramay, saqlanib kelgan. Bu haqda buyuk qomusiy olim Muhammad Xorazmiyning asarlarida ko‘plab ma’lumotlar uchraydi. Aytishlaricha, Xorazm Bag‘doddagi “Baytul-hikmat”da ishlab yurgan kezlarida oldimlar o‘rtasida san’atning shifobaxshligi xususida bahs ketgan ekan. Olimlardan biri Xorazmiyning fikrini bilish maqsadida undan – “Ustoz, sizning vataningizda insonlarni davolashda nimani afzal ko‘rishadi, dori-darmonnimi yoki jarrohliknimi?”- deb so‘ragan ekan. Shunda ustoz: “Mening Vatanimda ularning har ikkalasidan ko‘ra, musiqaning shifobaxsh kuchini ustin tutadilar,” – deb javob bergan ekan. Xorazmliklarning o‘ziga xos ajdodiy an’analaridan biri san’atsevarlikdir. Bu yerda qo‘shiq, raqs, musiqa har bir inson hayotida, faoliyatida muhim o‘rin egallagan. Abu Rayxon Beruniyning yozishicha, Muhammad Xorazmshoh musiqa va she’riyatni chuqur idrolk etib, ardoqlaydigan bo‘lgan. Sozandayu qo‘shiqchilarga saboq berib turgan. Alisher Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostonining qahramonlaridan biri Dilorom Changiy mohir sozanda “Ustozlar ustozi” sifatida tasvirlangan. Hazrati Navoiy ushbu asarida Xorazmni yetti iqlimning biri sifatida tasvirlaydi. Bu esa o‘z navbatida, Xorazmning nufuzi hamda salohiyatini anglatadi.
Xorazm an’anaviy qo‘shiqchilik maktablari orasida maqom hamda xalfalar maktabi alohida o‘rin tutadi. San’atshunos olim O. Matyoqubov quyidagilarni yozadi: “Maqomlar Xorazmda paydo bo‘lib, Buxoroda rivoj topgan”. Bu fikr Ota Jalol, Ota G‘iyos kabi Buxoro “Shashmaqom”ining eng ko‘zga ko‘ringan obro‘li ustozlari tomonidan ham qayd qilingan. Bundan tashqari, Farg‘ona hrfiz va sozandalari orasida mazmunan yuqoridagiga o‘xshagan “Maqomlarning tanasi – Xorazmda, shakllari – Buxoroda, mevasi – Farg‘onada”, degan fikr ham keng tarqalgan.
Eramizning V - VI asrlarida Xorazmda turmush va siyosiy hayot keskin sur’atda o‘zgardi. Bu taraqqiyot o‘sha davrdagi Xorazm hukmdori sur’ati tushirilgan tangalarda ham o‘z aksini topdi. Siyovushni otga mingan tasviri tushirilgan tangalar islomgacha bo‘lgan davrga oid. Siyovush tasvirining old tomonida musiqachi ayol “mutriba” san’atkorga xos kiyimlarni kiyib olgan go‘zal malika sifatida tasvirlangan. Tangachalardag8i tasvir islomgacha bo‘lgan davrda ayollar musiqa chalish, qo‘shiq kuylash, raqfsga tushish san’atlarini mukammal o‘rganib olib, uni ko‘pchilik oldida namoish etganini tasavvur qilishimizga asos bo‘ladi.
Islom dini kirib kelgach Xorazmda musulmonchilik urf odatlariga moslashgan xalfachilik, dostonchilik hamda shu tarzda bizgacha yetib kelgan uslublar joriy etila boshlandi. Shariat asoslarini targ‘ibot qiluvchi har xil qissalar, qo‘shiqlar, hikoyalar, dostonlar, nomalardan “Bobo Ravshan”, “Payg‘ambarlar hikoyati”, “Sultonbobo hikoyati”, ”Me’rojnoma”, “Yusuf va Zulayxo”, ”Juhud o‘g‘lon” kabi musiqiy jihatdan boy dostonlar yaratilib keng tarqaldi.
Tarixiy manbalarda yozilishicha Afrigiylar davri VI - VIII asrlarda ko‘p elatli turk xalqlarining o‘g‘iz qabilalari Markaziy Osiyo tekisligi, Sirdaryoning quyi oqimi va Orol bo‘ylarida yashaganlar. Keyinchalik o‘g‘iz tillari tarqalgan bo‘lib, shu bilan birgalikda musiqa madaniyatining turlari, shuningdek xalfa janri ham rivojlanadi. Xorazmda soz (garmon) tor, santur, bulamon, zang, daf, qayroq, cholg‘ulari hamda ularni nomlanishi, shu bilan birgalikda ”Lazgi”, “Sadri gusfand”, “Orazi bom”, “Ganji Qorabog‘`”, “Norim-norim” kabi Xorazmda hozirgacha saqlanib kelayotgan kuy, raqs va qo‘shiqlar nomlari kelib chiqishining tub sabablaridan biri Eroniy va Sosoniy sulolasi xalfalarining tarixan uzun madaniy yaqin aloqalari mavjud bo‘lganligini ifodasidir.
Keyingi davrda Xorazm madaniyati va san’atining eng yuksak rivojlanish davri bo‘ldi, Al Xorazmiy, Al Beruniy, qomusiy olimlar Al Forobiy, Al Roziy, Ibn Sino, Az Zamaxshariy, matematika ilmiga asos solgan Abu Abdulloh Muhammad Xorazmiy IX - XIII asrlarda yashab ijod qilganlar va Xorazm san’ati , to‘y va tomoshalari haqida, turli musiqiy janrlar, maqomlar, cholg‘uchilar va cholg‘u asboblari turlari, ularning nomlari, ashulachilar haqida qimmatli ma’lumotlar qoldirganlar.
Buyuk ipak yo‘li orqali Buxoro, Eron, Turkiya, Hindiston, Astraxan, Rusiya, O‘rta Osiyo, jumladan Xorazm bilan o‘zaro aloqalar rivojlandi. Savdo–sotiq, tijorat ishlari rivojlanish bilan birgalikda madaniyat taraqqiy etish borasida harakatlar bo‘ldi. Abdulg‘oziy Bahodirxondan keyingi barcha xonlar musiqaga ixlos va ishtiyoq bilan qarashganlar. 1854 yilda Abdullaxon g‘ijjak va tanburda Said Muhammadxon davrida soz va suhbat kechalari uyushtirib o‘zi ham dutor va g‘ijjakni o‘rganib chalgan.
Muhammad Rahimxon Soniy Feruz Xorazm adabiyot va san’atini yanada yuqori pog‘onaga ko‘tardi, uning rahnamoligida mashhur sozanda va go‘yandalar yetishib chiqdi. Sayil, bayram va tantanalarda Feruzxon ashulachi, sozanda, baxshi, masxarabozlar ko‘rigini o‘tkazib rag‘batlantirilgan. Bayramlarda adabiyot va san’atning barcha turlari namoish qilingan va shu tariqa rivojlangan. Xorazm vohasida ayniqsa Xivada xalfachilik san’ati keng rivoj topgan.
Xotin-qiz xalfalarning bir turi piyola va likobchalarni bir-biriga urib undan chiqqan ovozga jo‘r bo‘lib kuylaganlar, shu bilan birgshalikda xonanda va sozandalardan iborat xalfalar garmon va doyra jo‘rligida xalq qo‘shiqlari, laparlar, yor-yorlar, allalar, dostonlardan parchalar ijro qilganlar. XIX asr oxiri XX asr boshlarida xususan 1895 yildan boshlab garmon cholg‘usini xalfalar san’atiga qo‘shilishi bilan ularning ijodi yanada yuqori pog‘onagsha ko‘tarildi.
Garmon cholg‘u asbobining birinchi ixtirochisi germaniyalik Fridrix Bushman hisoblanadi. 1828 yilda u garmon asbobini ixtiro qiladi, lekin unga cholg‘u asbob sifatida qaramaydi. Bushman yasagan bu o‘yinchoq musiqa asbobi 1929 yilda Kirill Demian qo‘liga tushadi va u garmonni takomillashtiradi. 1830 yilda Ivan Sizov tomonidan qayta takomillashtirilib, Tula garmoni nomi bilan keng taprqaladi. Natijada Rossiyaning shaharlari, shuningdek Qozon, Ozarbayjon va boshqa joylarga tarqalib ketadi. Xorazmga garmon cholg‘u asbobi savdogarlar orqali kirib kelgan.
Garmonni avval sozchi san’atkorlar ijroda qo‘llashgan, keyinchalik garmon xalfalar ijodida yetakchi o‘rin egalladi. 1936 yilda Xivada garmonchi qizlar ansambli tuzildi, uni tuzishda O‘zbekiston xalq artisti Gavharxonim Raximova Toshkentdan kelib tashabbus ko‘rsatdi. Unda Onajon Sabirova – Anash xalfa va Madrahim Sheroziylar hamkorlik qildilar. Xalfachi qizlar ansambli 1939 yilda Toshkent va Respublika bo‘ylab gastrol safarda bo‘ladi. Bu ansamblda Onajon Sabirova, Saraxon Ollaberganova Roviya Otajanova, Reyma Hakimova, O‘g‘iljon Masharipova, Roshshaxon Matchanova kabi iste’dodli xalfalar xizmati katta bo‘ldi. Bundan 50 yil keyin Gavharxonim Raximova tashabbusi bilan Xivaga kelib Ozod Zaripov rahbarligidagi Xiva shahar musiqa maktabida garmonchi qizlar ansambli tashkil qilindi.
Xalfa san’atining o‘ziga xos qirralari zamon talablariga muvofiq shakllangan va rivojlangan. Xorazm vohasida ilgaridan beri davom etib kelayotgan an’anaga muvofiq xalfalar ijod qilganlar. Ular ustoz-shogird uslubida o‘z ijodlarini biladigan qo‘shiq va dostonlarni shogirdlariga o‘rgatganlar.
Anabibi Otajonova – Ojiza mashhur xonanda bo‘lishi bilan birga iste’dodli shoira ham edi. U xalq qo‘shiqlariga hamohang bo‘lgan ko‘plab qo‘shiqlar ijod qildi va zo‘r mahorat bilan kuyga solib xalq orasiga yoydi. Ojizaning “Uyolaman”, “Targ‘uncha”, “Galmadi-galmadi”, “Tuninay”, “Ey dilbarims” kabi qo‘shiqlari hozirgi davrda ham xalfalar tomonidan ijro qilinadi.
Yüklə 61,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin