Qadriyatshunoslik, uning sharqona ildizlari



Yüklə 350,5 Kb.
səhifə2/7
tarix05.12.2023
ölçüsü350,5 Kb.
#173871
1   2   3   4   5   6   7
QADRLILIK VA QADRSIZLANISH ULARNING IJTIMOIY XARAKTERI

Abu Nasr Forobiy (873—950 yy.) nafaqat Markaziy Osiyo va Sharkning, balki butun dunyoning asrlar osha ehtirof etilib, benihoya katta hurmatga sazovor bо‘lib kelayotgan buyuk mutafakkiri, qomusiy olimi, mashhur faylasufidir.
Forobiy nihoyatda sermaxsul olimdir. U ilmning barcha sohalarida ijod qildi, buyuk asarlar yozdi. XII—XIII asrlarning yirik olimi Zaxiriddin al Bayhaqiy fikricha, islom о‘lkalari olimlari orasida unga teng keladigan odam dunyoga kelgan emas.
Forobiy yirik faylasuf, tilshunos, mantikli, riyoziyotchigina emas, shu bilan birga sotsiolog, filolog, tibbiyotchi, psiholog, musiqa ilmining nazariyotchisi va amaliyotchisi hamdir. Forobiy «Falsafani о‘rganishda nimalarni bilish kerak?», «Falsafiy savollar va ularga javoblar», «Mantiqqa kirish», «Shehr sanhati», «Shoirlarning shehr yozish sanhati, qonunlari haqida», «Ilmlarning kelib chiqishi tug‘risida», «Musiqa haqida sо‘z», «Oxanglar tasnifi xaqida kitob», «Masalalar bulog‘i», «Aql tо‘g‘risida», «Inson ahzolari haqida risola», «Fozil shahar odamlari qarashlari», «Davlat xaqida» kabi 160 dan ortiq qimmatli asarlar edi.
Forobiyning ilmiy falsafiy tahlimoti insoniyatning mislsiz mahnaviy boyligi va madaniy mahnaviy kamoloti yо‘lidagi dastur amaldir.
Insoniyat Abu Ali ibn Sino (980—1037 yy.)ni jahon fanining ulug‘ arbobi, Uyg‘onish davri madaniyatining yirik namoyandalaridan biri sifatida biladi va ehzozlaydi.
Buyuk alloma bor yо‘g‘i ellik yetti yil umr kо‘rdi, bu umrdan о‘n sakkiz yili ilm tahsiliga sarf bо‘ldi. U umri davomida uch yuzdan ortiq asarlar yozdi. Uning yozgan asarlari ilm fanning barcha sohalariga oiddir. Ilmning falsafa, tibbiyot, astronomiya, tabiatshunoslik matematika, musiqa, huquq, axloq, din, adabiyot, tarix singari sohalari Ibn Sino tomonidan qamrab olingan. Qomusiy olim asarlarini ilmlar tarmog‘i bо‘yicha taqsimlaganda, о‘rta asrda mahlum bо‘lgan bar­cha fanlarni sanab chiqishga tо‘g‘ri keladi.
Ibn Sino о‘z asarlari bilan Markaziy Osis halqlari madaniyatini dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqdi. Shuning uchun ham uning «Shayxur rais» va «Olimlar olimi» deb atalishi bejiz emas. Olimning asosiy falsafiy asarlari «Kitob ash-shifo» («Davolash kitobi»), «Donishnoma», «Najot», «Kitob ul-insof» («Adolat kitobi»), «Kitob al qonun fit tib» {«Tib qonunlari kitobi»)dan iborat.
Xorazmlik buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (973 — 1048 yy.) jahon fanni va madaniyati tarixda yorqin siymolardan hisoblanadi. Beruniy о‘z zamonasining buyuk mutafakkiri, olimlar peshvosi bо‘libgina qolmay, balki hamma zamonlarning eng ulug‘ allomasidir.
Beruniy butun kuchi, hayoti, aql idroki va tafakkurini ilmu fan asoslarini о‘rganishga sarfladi. U о‘zini qiziqtirgan masalalarni sinchiklab о‘rganib mohiyatini bilib olishda hech erinmagan, xafsalasi nihoyatda zо‘r bо‘lgan. Shuning uchun ham, Sharqda Beruniy haqida osoyishtalikni mashaqqatdan, kechani kunduzdan ajratmagan, kuni qalam ushlashdan, miyasi fikrlash bilan, tili bayon etishdan hech qachon tо‘xtamagan, о‘z tahsili va kamoloti uchun yilning hamma kunlarini bergan, degan gap tarqalgan.
Beruniy 160 ga yaqin asar yozgan. Uning asarlari astronomiya, matematika, geografiya, geodeziya, kartografiyaga, ob-xavo masalalariga, minerologiya, fizika, dorishunoslik tarix va etnografiyaga, falsafaga, dinga, ritorika va musiqaga, adabiyotga, xullasi kalom, ilmning hamma sohalariga bag‘ishlangan. Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Minerologiya», «Geodeziya», «Qonuni Mashudiy» kabi yirik asarlari shular jumlasidandir. Beruniy qaysi bir fan bilan shug‘ullangan bо‘lsa, о‘sha sohada insoniyat uchun g‘oyat katta ahamiyatga ega bо‘lgan eng muhim ilmiy g‘oyalarni о‘rtaga tashlagan, ham Sharqdagi, ham G‘arbdagi о‘zidan keyingi olimu mutafakkirlarga juda katta tahsir kо‘rsatgan.

Nomi Sharq musulmon olamidagina emas, Fapbdagi xristian dunyosida ham bir necha asrlar mobaynida yod etilib va ehzozlanib kelinayotgan buyuk zotlardan biri soxibqiron Amir Temurning suyukli nabirasi, Shoxruh Mirzoning ug‘li —Muhammad Tarag‘ay— Mirzo Ulug‘bek xazratlari (1394—1449 yy.)dir.


Mirzo Ulug‘bek yoshlik paytlaridanoq qayerda bо‘lmasin, olimlar, shoirlar, sanhatkorlar, ulamolar, shayxlar, dunyoga taniqli allomalar davrasida bо‘lgan, ilmiy baxslardan mahnaviy baxra olgan, ilhomlangan, ulardan kо‘p narsa о‘rgangan, asta-sekin kо‘zi pishib, aqli teranlashib, fikran boyib, dunyoqarashi kengayib va chuqurlashib borgan.
Buyuk bobosi Amir Temur vafot etgan paytda 15 yoshda, Movarouniaxrni boshqarishdek og‘ir, murakkab vazifa topshirilganda Mirzo Ulug‘bek endigina 19 yoshga tо‘lgan edi. Ammo uning podshoxligi temuriylar saltanatining saodatli davri sanaladi.
О‘ta murakkab, alg‘ov-dalg‘ovli va ziddiyatli bir sharoitda yashagan va shakllangan Ulug‘bek mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotinn boshqarish bilan bir qatorda ilmiy ishlar bilan shug‘ullangan, olimlarga rahnamolik qilgan, о‘z ustida tinimsiz ishlab, о‘tmish ilmiy bilim xazinalarini tinmay о‘rganish, mutolaa qilish, ilmiy falsafiy tafakkurini mutassil kengaytirish va chuqurlashtirish bilan mashg‘ul bо‘lgan. Ulug‘bek Axmad Farg‘oniy, Muso Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy singari о‘tmishdoshlarining falsafa, mantiq, tarix, matemati­ka, astranomiya, tabiatshunoslik va fiqxga oid asarlarini katta kiziqish bilan о‘rgandi. Yunon olimlaridan Platon, Aristotelg‘, Ptolomeyning klassik asarlari bilan tanishdi. Ilm-fan va madaniyatning, tarix ilmi va falsafaning Ulug‘bek ehtiboridan chetda qolgan biron-bir sohasi bо‘lgan emas.
О‘tmish ajdodlardan, xususan, Markaziy Osiyo qomusiy aql egalaridan qolgan madaniy meros, umuminsoniy mazmundagi mahnaviy qadriyatlar Ulug‘bek il­miy falsafiy dunyoqarashi rivojida manba bо‘lib xizmat qildi. Ulug‘bekning bilimi va tafakkuri zamondoshlaridan bir necha bor о‘zib ketgan edi.
Ulug‘bek boshqa kо‘pgina xukmdorlardan farqli о‘laroq, ham davlat arbobi, ham asl olim sifatida faoliyat kо‘rsatdi, olimlikni arboblik, arboblikni olimlik bilan qо‘shib olib bordi, ilmu amal yо‘lini о‘z faoliyatida birlashtirdi.
Davlat arbobi sifatida qurilish ishlarini haddan tashqari rivojlantirdi, poytaxtni mehmorchilik sanhati bilan bezadi, ulkan binolar bilan obod qildi, о‘zigacha boshlangan qurilishlarni nihoyasiga yetkazdi.
Ulug‘bek zamonasida Samarqandda «Shohi Zinda», «Gо‘ri Amir» maqbarasi singari yirik arxitektura ansambllari, Registonda katta xonoqo, bir qancha hammom va kutubxonalar qurildi. Hunarmandchilik ishlab chiqarishi, savdo rivojlandi. Uning Farmoniga binoan 1420 yilda Buxoro va Samarkandda, 1432—1438 yillarda Fijduvonda madrasalar kurildi. Mirzo Ulug‘bek xukmronligi davrida adabiyot, sanhat, tarix falsafa, tibbiyot bilan bir qatorda matema­tika, astranomiya ham tez rivojlandi.
О‘zi allomai jahon hisoblangan Mirzo Ulug‘bek fan va madaniyat tarakdiyotiga alohida ahamiyat berib, atrofiga о‘z zamonasining eng buyuk olimlari, astronomlar va matematiklarni tо‘plab, ular bilan yaqin ilmiy muloqotda bо‘lib, ilmiy yо‘nalish va yо‘l yо‘riklar berib turdi.
Ulug‘bek fan va madaniyatda, ayniqsa, matematika va astranomiya ilmida mavjud bо‘lgan imkoniyatlarni, ilmning hamma sohalari bо‘yicha uta qobiliyatli va istehdodli olimlarning borligini ehtiborga olib yangi oliy maktab — ilmu tafakkur markazini yaratishga qaror qildi. Ana shu maqsadda qurilgan madrasalar ichida eng muhtashami va mashhuri — Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasidir. 1420 yilda Madrasa ochilgan kuni birinchi bо‘lib mahruzani Mavlono Shamoiddin Muhammad Xavofiy mudarris sifatida о‘qigan. Muham­mad Xavofiynipg olimlardan 90 kishi ishtirokida о‘qigan mahruzasini о‘ta chuqur mahnoli, juda murakkab, ilm- fanning barcha sohalarini qamrab olganligi hamda muammoli tarzda bо‘lganligi sababli Ulug‘bek bilan Qozizoda Rumiydan boshqa hech kim tushunmagan.
Zamonasining dorulfununi hisoblangan Samarkand madrasasi hamda boshqa madrasalarda Qurhon, Hadis, tafsir, fikd (din va shariat qonun qoidalari bilan bir qatorda riyoziyot, xandasa (geometriya), ilmi hayhat (astranomiya), tibbyyot, tarix geografiya, ilmi arо‘z (poetika), arab tili va uning grammatikasi kabi dunyoviy ilmlar ham о‘qitilgan. Madrasa о‘z davrining yirik ilmiy markazga aylangan. Ulug‘bek yirik olimlar va kо‘pchilik shogirdlari bilan birga muntazam ilmiy ishlar olib borgan.
Ulug‘bek 1424—1428 yillarda Samarkand yaqinidagi Obiraxmat anhori yonidagi tepalikda rasadxona qurdirdi. Olimlarning qoyil qolib aytishlaricha, Samarqandda barpo etilgan Ulug‘bek rasadxonasiga о‘zining jihozi, ilmiy yutuklari bilan tenglasha oladigan rasadxona jahonda na undan oldin, na undan keyin ham yaratilgan emas. U aholi о‘rtasida «Naqshi jahon» degan nom bilan shuhrat qozongan. Rasadxonada olib borilgan kuzatish va tadqiqotlar tufayli 1018 qо‘zgalmas yulduzlarning о‘rni va holati aniqlanib, ularning astronomik jadvallari tuzilgan. Ulug‘bekning astronomik jadvali va uning raxbarligida bino qilingan rasadxona о‘sha davr astronomiya fani yutuqlarining bо‘lib, fan taraqiyotida chuqur iz qoldirdi.
Qomusiy bilim egasi bо‘lgan Mirzo Ulug‘bek riyoziyot, falakiyot, musiqashunoslik fiqh, tarix ilmlari sohasida ijod qilgan. Mirzo Ulug‘bek «Bir darajaning sinusini aniqlash xaqida risola», «Risoda dar ilmi musiqa», «Risolai Ulug‘bek» nomli asarlardan tashqari «Tarixi arbah ulus» («Tо‘rt ulus tarixi») degan yirik tarixiy kitobning ham muallifidir. Olimning nomini butun dunyoga yoygan, unga shon-shuhrat keltirgan bebaho asar — «Ziji jadidi Kuragoniy»dir. Bu asar Ulug‘bekning yigirma yil davomida olib borgan astro­nomik kuzatishlari natijasi bо‘lib, uning asosiy qismi yulduzlar jadvalidan iboratdir. Ulug‘bek о‘limidan keyin ikki yuz yil davomida bu jadval о‘zining aniqligi va ilmiyligi bilan tengi yо‘q hisoblanib kelgan.
Mirzo Ulug‘bek hayoti, amaliy faoliyati ilm – fan taraqqiyotiga bag‘ishlangan edi. U ilm yordamida kelajakni oldindan kо‘rdi. Ulug‘bekning astronomiya va boshqa fanlar sohasidagi kashfiyotlari va ilmiy tahlimotlari insoniyatning keyingi ilmiy tafakkuri rivojiga favqulodda muhim zamin tayyorlab berdi.
Jahon fani va madaniyati tarixida о‘chmas iz qoldirgan mutafakkirlar orasida Alisher Navoiy (1441 —1501 yy.) fahrli о‘rin egallaydi. Navoiy о‘zining kо‘p qirrali ijtimoiy siyesin, badiiy, ilmiy falsafiy faoliyati bilan mahnaviyatimizning porloq yulduziga aylandi.
Ulug‘ о‘zbek shoiri, olimi va mutafakkiri Alisher Navoiyning ilmiy dunyoqarashi, falsafiy tahlimoti u yashagan va ijod etgan ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy, madaniy-mahnaviy muxit va sharoitlar tahsirida shakllandi va rivojlandi.
Navoiy ijodi va ilmiy dunyoqarashida Sharq mamlakatlari va qadimgi Yunonistonning madaniyati va falsafasi о‘zining chuqur ilmiy ifodasini topgan. Bu uning «Farxod va Shirin», «Saddi Iskandariy» nomli asarlari, kо‘pchilik shehriy kitoblari, devonlarida ochiq – oydin kо‘rinib turibdi.
Navoiyning badiiy ijodi va ilmiy tafakkuri, ijtimoiy falsafiy qarashlari, Sharq Uyg‘onish davri tarbiyalab yetishtirgan Ahmad Farg‘oniy, Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Ulug‘bek, Yusuf Xos Hojib singari qomusiy aql egalari, tafakkur titanlari falsafiy tahlimotlarining qonuniy davomi va ijodiy takomilining yangi bosqichi sifatida yuzaga keldi.
Alisher Navoiy «Mahbubul qulub» asarining «Nazm gulistonining xushovoz qushlari», yahni shoirlari deb atalmish о‘n oltinchi faslida forsiy ibora bilan sirlar javharini tuzuvchi Shayx Fariduddin Attor, valiylik dengizining gavqari Mavlono Jaloliddin Rumiy, mahno ahli sо‘z pardozchisi Shayx Muslixdddin Sahdiy Sheroziy, tasavvufda noziklik va mushkullik chigalini yozuvchi Shayx Zaxiriddin Sanoiy, haqiqat ahlining yagonasi Shayx Avhariddin, sо‘z bilan har qanday chuqur mahnolarni ifoda qilgan Hoja Shamsiddin Muhammad Xofiz kabi ajoyib va aziz zotlar haqida tо‘htaladi. Ana shu sharafli zotlar xususida gapirib, nazmlarining ifodasi nihoyatda qutlug‘, g‘oyat yoqimli va ulug‘dir, istagan odam bularning shehrlaridan sо‘z mо‘hjizalarini topa oladi, deydi.
Alisher Navoiyning ilmiy falsafiy Dunyoqarashining shakllanishi va rivojlanishida buyuk mutafakkir bо‘lib dunyoga tanilishida uning zamondoshi, yaqin dо‘sti va ustozi Abdurahmon Jomiy bevosita ishtirok etgan. Navoiy unga katta muhabbat bilan qaragan, uning chuqur aqli va boy tafakkurini ehzozlagan. Navoiy nomi yuqorida zikr etilgan asarining о‘sha joyida Mavlono Abdurahmon Jomiyni nazm ahlining peshvosi va rahbar ustozi, xahrati shayxulislom, millat va dinning nuri, deb yuksak darajada baholaydi.
Kо‘rinadiki, Navoiyning ilmiy dunyoqarashi, ijtimoiy – siyosiy, falsafiy qarashlari favqulodda shakllangan emas. Navoiy g‘oyatda sermazmun, shaklan xilma - xil va о‘ta tahsirchan badiiy xazinasini va ilg‘or Dunyoqarashini qadim vaqtlardan tortib to о‘z davriga qadar rivojlanib kelgan madaniy-mahnaviy boylik, ilmiy-falsafiy tahlimotlarni chuqur о‘rganish, о‘zlashtirish va ulardan ijodiy foydalanish asosida yaratgan. Shu bilan birga, u о‘tmish madaniy boyliklarini shunchaki о‘zlashtirib, oldingi saviyasi va darajasida qoldirib ketmagan, uni kо‘p jihatdan juda yuksak pog‘onaga kо‘targan, behisob kо‘p yangiliklar bilan boyitgan va takomillashtirgan.
Alisher Navoiy umr bо‘yi ijtimoiy - siyosiy faoliyat bilan о‘ta band bо‘lishiga, davlat ishlari bilan mashg‘ul bо‘lishiga qaramasdan shu qadar katta va boy badiiy, ilmiy - falsafiy meros qoldirdiki, bu nafaqat uning zamondoshlarini, balki hozirgi avlod kishilarini, butun insoniyatni ham xali-xanuz hayajonga solib kelmokda. Bu xazinaning asosini о‘zbek tilida yozilgan 45 ming misraga yaqin shehrlardan iborat «Xazoyinul maoniy», fors- tojik tilidagi 12 ming misradan ziyod «Devoni Foniy», 6 falsafiy qasidadan iborat «Sittai zaruriya» («Olti zaruriyat»), sо‘z sanhati va tafakkurining «Hamsa», «Lisonut tayr», «Majolissun – nafois», «Mezonul – avzon», «Muxakamatul – luratayn» kabi durdonalaridan iborat badiiy va ilmiy asarlar tashkil etadi.
Navoiy Forobiyga о‘xshab falsafaning hamma muhim nazariy va amaliy masalalarini qamrab olgan maxsus asar yozgan bо‘lmasada, uning deyarli hamma nazmiy va nasriy asarlarida falsafiy ugit va qoidalar limmo-limdir.
О‘rta asrning, ilk uyg‘onish davrining, bir qator ulug‘ mutafakkirlari Ismoil Buxoriy, Iso Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband singari allomalari bо‘lgani kabi Navoiy ham butun olam, borliq, koinotning xudo tomonidan yaratilganini ehtirof eta­di. Butun dunyo, shu jumladan tabiat va jamiyat ham, uning fikricha, Ollohning namoyon bо‘lishi, zuhur etilishidir. Uning bu fikri tasavvuf falsafasidagi, xudo butun mavjudodning, borliqning yaratuvchisi, qol­gan hamma narsa, jumladan inson ham uning zarralaridir, degan qoidaga tо‘la asoslangandir. Tasavvuf falsafasi qoidasiga kо‘ra inson tomonidan yaratilgan bо‘lib, boshqa maxluqotlardan farqi — u ilolhiy aqlga egadir.
Olamning yaratilishidan bosh maqsad, Navoiy ta’kidlashicha, insondir. Inson butun borlqning kо‘r­ki va sharafidir. Olam kо‘rki bо‘lgan inson vujudi, tabiatdagi boshqa narsalardan, о‘tdan, suvdan, havodan, tuproqdan tashkil topgandir. «Sabhai sayyor»da bu «Unsur jazosi bо‘lsa haqda, tuprog‘u о‘tu suvu yelga yaqin»,—deb yozgan edi. Navoiy tahkidlashicha, insonga xis, ruh, aql bordirki, uning bu ruhiy hayoti о‘sha tо‘rt unsurdan tarkib topgan badanlar—jismlar tomonidan harakatga keltirilib turadi. Jon va ruhni tan va jismdan ajratib bо‘lmaydi, ular о‘zaro bir bо‘lganliklari uchun tirikdir.
Alisher Navoiy insonga biologik hodisa sifatida emas, balki ijtimoiy mavjudod tariqasida qaraydi va baxo beradi. Ijtimoiy mavjudod hisoblangan insonning xulq atvori, dunyoqarashi, odob axloqi, mahnaviy qiyofasi ijtimoiy muhitga bog‘liq. Inson ijtimo­iy muxit xosili sifatida shakllanib, kamolotga erisha boradi. Boshqacha qilib aytganda, insonni ijtimoiy mavjudodga aylantiradigan xal qiluvchi omil jamiyat, muhit, ijtimoiy sharoitlardir.
Navoiyda inson yuksak darajada ulug‘lanadi, oliy mavjudod deb tahriflanadi. Uning tasvirlashicha, inson olamdagi butun narsalardan ustun turadi, dunyoda unga teng keladigan hech narsa yо‘q.
Alisher Navoiy asarlari markazida turgan belgilovchi va yо‘naltiruvchi bosh masala — inson, xalq vatan, ularning gullab- yashnashi, istiqboli xaqidagi muammolardir. Navoiy inson va uning takdiri, xalq va uning manfaatlari yо‘lida g‘amxо‘rlik qiladigan kishilarni ulug‘laydi. Odamlar xursandchiligini о‘z xursandchiligi, noxushligini noxushligi deb hisoblaydigan kishilar haqida о‘zining samimiy fikrlarini bayon etadi. «Odami ersang demagil odami, Onikim, yо‘q xalq g‘amidan g‘ami». Birovning о‘limidan sevingan odam yo gо‘rkov, yo yuvguvchi, yoki jallod bо‘ladi. Ularning qaysi birini tasavvur etsang ham tabiatning kо‘urki nafrat bilan tо‘ladi. Lekin birov senga yaxshilik qilmoqchi bо‘lsa, sо‘z bilan senga jon bag‘ishlamoqchi bо‘lsayu, lekin gap bilan buni ifodalay olmasa, yaxshilikni tilga olganning о‘zi kishi tahbiga osoyishtalik bag‘ishlanadi.
Alisher Navoiy insonni butun koinotning markaziy siymosi, butun mavjudodning toji, deb biladi. Butun mavjudodning oliy nuqtasi bо‘lgan insonning odob - axloqi, kamtar, muruvvatli, rostgо‘y, mehnatsevar, sahiy bо‘lishini alohida tahkidlaydi.
Navoiy mehnatsevarlikni ulug‘laydi, tekinxо‘rlikdan nafratlanadi. Navoiy dehqonlarga jamiyatning asosiy moddiy boyliklarini yaratuvchi kuch deb qaraydi, ularning mehnatini yuksak darajada baholaydi. Dehqon mehnatidan hamma tirik jon bahra oladi, dehqon hammaga rizq beruvchidir. Navoiyning tushunishicha, mamlakatning obodligi, iqtisodiy, madaniy, siyosiy jihatdan mustahkamligi elu-yurtning tinch -osoyishtaligi, odamlarning farovoni xayoti kо‘p jihatdan yurtboshiga, uning adolati, xalol pokizaligiga, insofu diyonatiga bog‘liq. Adolatli podshoh haq taoloning xaloyiqqa kо‘rsatgan marhamatidir, bunday shoh mamlakat uchun tinchlik va farovonlik sababchisidir, deydi. Podshoning butun fikri zikri, asosiy ehtibori elning osoyishtaligi, farovonligi, yurtning obodonligiga qaratilishi zarurligi xaqida gapirib, eslatib о‘tganimiz «Maxbubul - qulub» asarining birinchi faslida shunday deydi: «Odil shoh quyosh bilan bahor yomg‘iridek qora tuproqdan gullar va mam­lakat xalqi boshiga oltin bilan dur sochadi. Kambag‘al va bechora odamlar uning yaxshi, muloyim muomalasidan rohatda; zolim amaldor va mirshablar uning siyosati tig‘idan qо‘rquvda.
Alisher Navoiyning iqtisodiy omillar, mehnat va ishlab chiqarish, moddiy boyliklarni yaratish, fan va madaniyat, tahlim-tarbiya, ijtimoiy adolat, odob-axloq haqida bayon etilgan falsafiy fikr-mulohazalari uning ijtimoiy masalalar mohiyatini tushunishda yuqori nuqtaga kо‘tarilganligidan dalolat beradi.
Jamiyat haqidagi juda kо‘plab masalalarda u о‘z davri va zamondoshlaridan anchagina о‘zib, ilgarilab ketdi. Bu uning daxo sanhatkor, buyuk mutafakkirligining yorqin isbotidir. Navoiy ijod etgan XV asr Markaziy Osiyoda Uyg‘onish davrining sо‘nggi asri bо‘lgan, deb aytish mumkin.
IX—XV asrlarda Turon zaminida Ahmad Farg‘oniy, Muso Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Rudakiy, Firdavsiy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy va boshqa jahonga mashhur qomusiy olimlar bilan bir qatorda islom tahlimoti rivojiga ulkan hissa qо‘shgan ulug‘ ustozlar va ulamoi kiromlar ham dunyoga keldi. Islom olamida eng yetuk va mashxur olimlardan hisoblangan Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Imom Abdullox ibn Muborak al-Marvaziy, Xaysam ibn Kulayb ash-Shoshiy, Ibn Hibbon as-Samarqandiy, Jamoliddin an-Nasafiy, Imom at-Termiziy, Xuja Ahmad Yassaviy, Abdulholik G‘ijduvoniy, Baqovuddin Naqshband, Xо‘ja Ahror Vali singari buyuk zotlar shular jumlasidandir.
Bu oltin asrda vatandoshlarimizdan shariat ahkomlarini har tomonlama chuqur о‘rganish, Qurhoni Karim oyat va suralarini ilmiy sharxlab bayon etish, tafsirlash, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning Hadisi Shariflarini tо‘plab, tartibga solish, fikh fani—islom huquqshunosligi, odob axloqi, shariat qonun- qoidalarini bayon etish va ilmiy asoslab, islom dini va falsafasini dunyo bо‘ylab yoyishda shuxrat taratgan buyuk olimlar birin - ketin yetishdilar. Aziz vatandoshimiz Imom Abu Abdulloq Muhammad ibn Ismoil al Buxoriy (810—870 yy.) yoshligidayoq aql-idrokli, о‘tkir zehnli bо‘lib, barcha ilohiy va dunyoviy bilimlarni chuqur о‘rganishga kirishadi. U buyuk zot о‘zining asosiy ehtiborini xadis ilmini zо‘r ishtiyoq va xafsala bilan о‘rganishga qaratadi.
Mahlumki, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning hayotlik chog‘larida aytgan sо‘zlari, qilgan ishlari, yо‘l yо‘riqlari va kо‘rsatmalari, pandu-о‘gitlari ul zotning xadislari yoki sunnatlari hisoblanib, islom tahlimotida Qurhoni Karimdan keyin ikkinchi manba hisoblanadi. Chunki Muhammad alayghissalomning о‘zlari xadislaridan birida: «Ey ummatlarim! Men sizlar uchun Qurhoni Karim bilan о‘zimning sunnatim— yо‘l-yо‘riqlarimni qoldirdim. Sizlar shu ikkalasini qattiq tutib, ularga amal qilsalaringiz tо‘g‘ri yо‘ldan aslo adashmaysizlar»,—deb bashorat qilgan edilar. Payg‘ambarimiz xadislarini birinchi manbalarga asoslanib, qiyomiga yetkazib tо‘plash, ilmiy tartibga solish, ularni sharxlash va targ‘ib qilish ishlari bilan juda kо‘p olimlar shug‘ullanganlar.
Islom olamida ulardan sanoqlilarigina musahhih, yahni eng ishonchli hadis tо‘plovchi olim, deb tan olingan. Ana shularning oldingi safida Imom Buxoriy xazratlari turganlar. Imom Buxoriy xadis ilmining peshvosi, sahhih yо‘nalishining asoschisi, islom olamida eng yetuk va mashhur muhaddisdir.
Imom Buxoriyning о‘zlari xadis ilmining peshvosi bо‘lishlariga qaramay asrdoshlari, о‘zlaridan yuqorilar, tengdoshlari, sheriklari, vaqti kelganda, xattoki, о‘zlaridan past bо‘lganlardan ham tortinmay hadis olganlar va bu ilmni tinmay о‘rganganlar. Jami 600 ming xadis tо‘plab, shulardan 100 ming «sahih» va 200 ming «g‘ayri sahih» hadislarni yod olganlar.
Imom Buxoriy islom diniga oid yigirmadan ortiq asar yozgan. Ul zoti sharifning «Al Jomih as- saxix» («Ishonarli tо‘plam») deb nomlangan tо‘rt jilddan iborat hadislar tо‘plami Sharqda qariyb о‘n ikki asr davomida islom tahlimotida Qurhoni Karimdan keyingi asosiy manba sifatida yuqori baholanib kelinmoqda. Bu bebaxo asarga xadislardan tashqari, fiqh, is­lom marosimchiligi, odob axloq, tahlim-tarbiya hamda mahnaviy-axloqiy kamolotiga oid masalalar ham kiritilgan. Unda 600 ming hadisdan faqat 7275 ta eng sahih hadislarga о‘rin berilgan.
О‘rta asrlar musulmon Sharqida, birinchi navbatda, Markaziy Osiyoda tasavvuf nomi bilan ataladigan di­niy falsafiy tahlimotni yaratish, ilmiy asoslab berish, targ‘ib-tashviq etish va olam uzra yoyishda donishmand bobolarimiz buyuk xizmatlarini xaltqimiz, millatimiz, Vatanimiz hech qachon unutmaydi. Tasavvuf— insonning kamolotga yetish, ilohiy hxislatlarga yaqinlashish yо‘lidir. Tasavvufning boshlanishi — ilm, о‘rtasi — ish, oxiri — Allohning berganidir.

Yüklə 350,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin