Qadriyatshunoslik, uning sharqona ildizlari


Abu Iso Muxdmmad at–Termiziy



Yüklə 350,5 Kb.
səhifə3/7
tarix05.12.2023
ölçüsü350,5 Kb.
#173871
1   2   3   4   5   6   7
QADRLILIK VA QADRSIZLANISH ULARNING IJTIMOIY XARAKTERI

Abu Iso Muxdmmad at–Termiziy milodiy 824 yilda Termiz yaqinidagi Bug‘ qishlog‘ida uncha badavlat bо‘lmagan oilada tavallud topib, 892 yili shu qishloqda vafot etgan. О‘rta asrlarda Termiz, Urganch, Buxoro, Samarkand ilm-fan va madaniyati rivojlangan shaharlardan biri bо‘lgan. Mana shunday qulay madaniy muhitda о‘sgan. At-Termiziy yoshligidan turli ilmlarni egallashga intilgan.
Termiziy diniy va dunyoviy fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini alohida qiziqish bilan egallagan va bu boradagi о‘z bilimlarini mutassil oshirish uchun kо‘pgina Sharq mamlakatlarida, jumladan, Iroq, Isfahxon, Xuroson, Makka va Madinada yashagan. U imom al Bu­xoriy, imom Muslim, imom Abu Davud, Qutayba ibn Sahyid, Ishoq ibn Muso va boshqa mashhur muxaddislardan tahsil olgai. О‘z davrining yetuk muhaddis olimi sifatida tanilgan at - Termiziy kо‘pdan kо‘p shogirdlarga ustozlik qilgan.
At-Termizny kо‘zi ojiz bо‘lib qolishiga qaramay, bir qancha asarlar yozib, bizga meros koldirgan. Ularning aksariyat qismi islom tahlimotida Qurhondan keyin turadigan muhim manbalar hisoblangan xadis­larga bag‘ishlangan. «Al-jomih» («Jamlovchi»), «Ash-shamoil, an-nasaviy» («Payg‘rambarning alohida fazilatlari»), «Al-ilm fil xadiys» («Hadislardagi og‘ishishlar»), «Risola fi-l-xilof va jadal» («Hadislardagi ixtilof va bahslar haqidagi risola»), «Kitob ul-asmo va kuna» («Ismlar va laqablar xaqida ki­tob») kabi asarlar shular jumlasiga kiradi.
Uning merosi ichida «Al-jomih as-saxiyx» ishonchli tо‘plam eng qimmatli ma’naviyat durdonasidir. Unda taxorat, salot (namoz), zavot, rо‘za, haj, janoza, nikoh savdo-sotiq, qozilik ahkomlari, tovon tо‘lash, mehyor, sayd, qurbonlik nazr nuzur, iymon, siyratlar, jihal, kiyim-kechak (libos), taomlar, ichimliklar, xayr-ehson va sahovat, tabobat, farzlar, vasiyatnomalar, xayrihohlik va taqdir, huruju fitnalar, bashoratlar, shahodat, zahidlik jamiyat sifatlari, jaxannam sifatlari, ilm, izn sо‘rash va odob masalalari, Kurhon fazilatlari, qirot, tafsir, duolar, manoqiblar (fazilatlar), illatlar xakidagi boblar orqali komil insonii voyaga yetkazish muammolari yechimi bayon etilgan.
At-Termiziyning boshqa bir «Ash – shamoil an – nabaviya» (Payrambarning alohida fazilatlari), deb aytilgan bebaho asari Paygambarimiz hayoti, u zotningsurat va siyratlari, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid tо‘rt yuz sakkiz Hadisi Sharifni о‘ziga jamlagan qimmatli manbadir.
At-Termiziyning asarlari nafaqat diniy ilmlar majmuasiga oid bо‘lib qolmasdan, balki dunyoviy ilmlarga ham oid ma’lumotlarga boydir.
О‘lkamizda tasavvufning paydo bо‘lishi va yoyilishi juda ham uzoqdan boshlanadi. «Hujjatul islom» («Islomning xujjati») laqabini olgan musulmon kalom falsafasining eng yirik namoyondalaridan biri, tengi kam ilohiyotchi alloma, tasavvufda alohida martabaga erishgan Abu Xomid Muhammad ibn Muhammad al G‘azzoliy (1058—1116 yy.) о‘z asarlarida tasavvufni targ‘ib qildi. Imom G‘azzoliyning asarlari mana, tо‘qqiz asrdirki, qо‘ldan tushmay, qayta-qayta о‘qilmoqda. Islom olamida bu ulug‘ zotga munosib baho berilgan: «G‘azzoliyga vahiy kelmagan, xalos. Vahiy kelganida edi, u paygambar bо‘lardi. Boshqa sifatlari yetarli!» Uning shoh asarlaridan biri «Diniy ilmlarni tiriltirish» haqida ham о‘z vaqtida yuksak baho berilgan. Uning diniy falsafiy g‘oyalari Sharq mamlakatlarida, jumladan, Markaziy Osiyoda g‘oyat katta tahsir kо‘rsatdi.
Olimlarning aytishlaricha, tasavvuf oqimi Movarounnaxrda XII asrning yirik olimlaridan biri Yusuf Hamadoniy maktabidan boshlangan. Yusuf Hamadoniy etikdо‘z bо‘lgan, Buxoro va Samarqandni dushman xujumidan himoya qilishda qatnashgan. Uning maktabidan turli tariqatlar paydo bо‘lgan. Yusuf Hamadoniy о‘z izdoshlarini mehnatga, kasb-hunar egallashga undagan. Uning tahlimoti kishining har bir nafasida ong, aql idrok bо‘lmog‘i, bosgan har bir qadamida diqqag ehtibor sezmog‘i, о‘z vatani ishqi bilan band bо‘lmog‘i, yahni uni bilmog‘i, halq bilan aloqada bо‘lib, birga hayot kechirmog‘ri kerak degan g‘oyadan iboratdir.
Tasavvuf falsafasida insonning ruhiy, mahnaviy, axloqiy kamolotiga yordam beruvchi g‘oyalar ustunlik qiladi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki inson ruhini tarbiyalash, parvarish etish orqali uni gо‘zal hamda xulq atvorli, fazilatli qilib yetishtirish mumkin.
Tasavvuf futuvvat bilan uzviy bog‘liq. Futuvvat tasavvuf bosqichlaridan birini tashkil etadigan tariqatning bir bо‘lagidir. Chunki futuvvat asoslari bilan tasavvuf, tariqat g‘oyalari о‘zaro muvofiq, ham ohangdir.
Tasavvuf singari futuvvat ham Xusayn Voiz Koshi fiyning «Futuvvatnoma sultoniya» asarida aytilishicha, inson axloqini poklash, mehru shafqat, ximmat va mardlik kо‘rsatishni, bor narsasini qech kimdan qizg‘anmaslikni, qalbni kibru xavo, gina kudrat, qasd g‘azabdan pokiza tutishni, hamma vaqt xalq xizmatida bо‘lishni, barchaga insof muruvvat kо‘rsatish va evaziga hech narsa talab qilmaslikni targ‘ib etadi.
Tasavvuf ham, futuvvat qam yaxshilik yо‘lida jondan kechishga tayyor, fidoyi qalb egasi bо‘lishga, dо‘stlarga naf yetkazishga, dо‘stlarni dushman zararidan ximoya etishga dahvat etadi. Ularning muhim talablari qatoriga yana yolg‘on, buxton va bexuda sо‘zlardan tilni tiyish, nojuya, nomaqbul sо‘zlardan, g‘iybatdan quloqni berkitish, kurish nojoiz hisoblangan narsalardan kо‘zni yumish, harom narsalardan qulni tortish ham kiradi. Man etilgan joylarga borish, xaqorat va gunohga sabab bо‘ladigan ishlarni qilish, harom ovqatlarni yeyish, zinoga yо‘l quyish, oqibatini uylamasdan ish tutish, boshqalardan о‘zini ustun deb xisoblash, kamtarlikni unutib manmanlik, yо‘liga kirib ketish, tasavvuf singari, futuvvatda ham qoralanadi.
Xalqqa, beva bechoralarga shafqat, muruvvat kо‘rsatish, kishilar gunohinni kechish, qanchalik katta, ulug‘ ish qilgan bо‘lishiga qaramasdan hech qachon gururlanib ketmaslik ular har ikkalasining asosiy g‘oyalaridan hisoblanadi. Iymon ehtikod, ish, ilm, parxez, muruvvat, shafqat, shijoat, xayr-exson, vafo, sabr toqat, nafsni tiyish, oliyximmatlik sirni bekitish, raxmdillik ota-ona hurmatini bajo keltirish, ustoz xizmatida bо‘lish, hamsoya xaqini ado etish va boshqa shunga uxshashlar tasavvuf va futuvvat falsafasining shartlari jumlasiga kiradi.
Tasavvuf va futuvvatning aytib utilgan ustunlari va shartlaridan tashkari man etadigan, tahkiqlaydigan narsalari ham bor. Bular yaxshilarning orqasidan gapirish, birovlarni mazax qilish, gap tashish, kо‘p qо‘lish, vahdaga xilof ish qilish, xasad qilish, zulm о‘tkazish, aldash, odamlardan ayb qidirish, betga choparlik yolg‘on qasam ichish, tahmagirlik xiyonat qilish, notugri guvoxlik berishdan iboratdir.
Mahlumki, tasavvufda Olloh rahmatiga yetishning, inson mahnaviy kamolot yо‘lining turt bosqichi mavjudligi bayon etiladi. Bular shariat, tariqat, mahrifat va xaqiqatdir.
Shariat — diniy qonun-qoidalar va marosimlarni, «Qurhon» va hadislardagi axloqiy ilolhiy kо‘rsatmalarni puxta о‘zlashtirish, ularni aynan, izchil suratda bajarish, xudoga ibodat qilishdir. Shariat xudoni idrok bilan tanishni kо‘zda tо‘tadi. Shariat talablari, qoidalarini bajarmasdan tariqatga utish mumkin emas.
Tariqat — yer yuzidagi lazzatlardan voz kechib, nafsni tiyib, xilvatda yashab, fakat xudo xaqida uylash, hayol surish, eslash, uni qalbdan sevishdir.
Mahrifat — hamma narsaniig, butun borlikning asosi xudo ekanini bilish, aniqlash va shu tariqa xudoga yetish demakdir. Mahrifatda olam, yulduzlar, oy, quyosh, odamlar, xayvonlar, qushlar, kapalaklar, boshqa jamiki narsalar xudoning zuxurotidan iborat, odam Olloh quyoshining zarrasi deyiladi. Haqiqat — о‘zini xudoning dargoxiga erishgan, vasliga yetgan, xatto u bilan qyshilib ketgan, deb bilishdir.
Tasavvufning oqimlari, asosiy yunalishlari nihoyatda kо‘p va xilma xil bо‘lib, turli davrlarda dunyoning qupchilik mamlakatlarida uning har xil yunalishlari paydo bо‘lgan va yoyilgan. Bizning yurtimiz—Turon zaminda va musulmon Sharqida tasavvufning bir necha buyuk tariqati — tahlimotlari paydo bо‘ldi. Bular XII asrda Turkistonda maydonga kelgan yassaviya va suxrovardiya, XII asr oxirida Xorazmda vujudga kelgan kubroviya, XIV asrda Buxoroda yuzaga kelgan naqshbandiya va boshqa tariqatlardir.
Tasavvuf falsafiy tahlimotining tarkibiy qismlari bо‘lmish yassaviya, kubroviya, naqshbandiya va boshqa tariqatlarda umumiy jihatlar bilan birga, ularni bir-biridan farqlab turuvchi tomonlar ham kо‘p. «Lekin bu tafovutlar ularni bir-biriga qarama qarshi quyish birini yaxshi, birini yomon deb baxrlashga olib kelmasligi kerak.
Tasavvuf tahlimotining har bir shakli, asosiy oqimi о‘z davrining mahsuli, muayyan sharoitlardagi talab ehtiyoj, imkoniyatlarning ifodasidir. Tasavvuf tariqatining har bir shakli ahamiyati о‘z davridagi talab va eqtiyojga javob bera olgani, kelajakdagi mahnaviy kamolotga kanchalik tahsir kо‘rsatgani bilan belgilanadi. Kezi kelganda tasavvuf­ning Turkiston zaminida vujudga kelgan asosiy yuna­lishlari о‘zaro bir-birlarini inkor qilgan tarzda emas, balki yangi tarixiy sharoitlarda bir-birini tuldirgan, о‘zaro boyitgan, yangi bosqichga kо‘targan, bir birlariningkonuniy davomi va takomillashishi sifatida yuzaga kelganini aytib о‘tish joyiz.

Yüklə 350,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin