Qarori 2019 — 2030-yillar davrida o‘zbekiston respublikasining “yashil” iqtisodiyotga



Yüklə 113,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix31.12.2021
ölçüsü113,3 Kb.
#49911
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
PQ-4477-сон 04.10.2019. 2019-2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

QARORI


2019 — 2030-YILLAR DAVRIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “YASHIL” IQTISODIYOTGA

O‘TISH STRATEGIYASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA

Mamlakatda  tarkibiy  o‘zgartirishlarni  chuqurlashtirish,  iqtisodiyotning  bazaviy  tarmoqlarini

modernizatsiyalash  va  diversifikatsiyalash  hamda  hududlarni  bir  maromda  ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 8-9-iyul kunlari Toshkent shahrida “yashil” iqtisodiyot bo‘yicha normativ-huquqiy

bazani  va  siyosatni  takomillashtirish,  davlat  va  xususiy  sektor  o‘rtasidagi  sheriklik  munosabatlari

orqali  innovatsion  “yashil”  investitsiyalarni  qo‘llab-quvvatlashga  qaratilgan  Yevropa  va  MDH

davlatlarining “yashil” iqtisodiyot bo‘yicha mintaqaviy vazirliklar konferensiyasi o‘tkazildi.

Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil iqlimning o‘zgarishi sharoitida samarali, resurs tejamkor va

ekologik  xavfsiz  iqtisodiyotni  ta’minlashda  o‘zaro  bog‘liq  muammolar  va  ehtiyojlar  mavjudligini

ko‘rsatdi.

Xususan,  jadallashayotgan  sanoatlashtirish  va  aholi  sonining  ortishi  iqtisodiyotning

resurslarga  bo‘lgan  ehtiyojini  sezilarli  darajada  oshirmoqda,  shuningdek,  atrof  muhitga  salbiy

antropogen ta’sirni kuchaytirmoqda va issiqxona gazlari ajratmalarining ortishiga olib kelmoqda.

Iqtisodiyot  energiya  samaradorligining  past  darajasi,  tabiiy  resurslardan  nooqilona

foydalanish,  texnologiyalar  yangilanishining  sustligi,  “yashil  iqtisodiyot”ni  rivojlantirish  uchun

innovatsion  yechimlarni  joriy  etishda  kichik  biznes  ishtirokining  yetarli  emasligi  mamlakatni

barqaror  rivojlantirish  sohasidagi  ustuvor  milliy  maqsadlar  va  vazifalarga  erishishga  to‘sqinlik

qilmoqda.

Uzoq muddatli strategiyaning mavjud emasligi “yashil” texnologiyalarni joriy etish va “yashil”

iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rishni ta’minlashga imkon bermayapti.

2017  —  2021-yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi

bo‘yicha 

Harakatlar  strategiyasida 

belgilangan  vazifalarni  izchil  amalga  oshirish,  shuningdek,  Parij

bitimi (Parij, 2015-yil 12-dekabr) majburiyatlari bajarilishini va O‘zbekiston Respublikasining “yashil”

iqtisodiyotga o‘tishini ta’minlash maqsadida:

1.  Quyidagilar  O‘zbekiston  Respublikasining  “yashil”  iqtisodiyotga  o‘tishining  asosiy  vazifalari

etib belgilansin:

texnologik modernizatsiyalash va moliyaviy mexanizmlarni rivojlantirish orqali iqtisodiyotning

energiya samaradorligini oshirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;

davlat  investitsiyalari  va  xarajatlarining  ustuvor  yo‘nalishlariga  ilg‘or  xalqaro  standartlarga

asoslangan “yashil” mezonlarni kiritish;

davlat  tomonidan  rag‘batlantirish  mexanizmlarini,  davlat-xususiy  sherikchilikni  rivojlantirish

hamda  xalqaro  moliyaviy  institutlar  bilan  hamkorlikni  faollashtirish  orqali  “yashil”  iqtisodiyotga

o‘tish yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;

ta’limga  investitsiyalar  kiritishni  rag‘batlantirish,  yetakchi  xorijiy  ta’lim  muassasalari  va  ilmiy-

tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish hisobiga “yashil” iqtisodiyotdagi mehnat bozori

bilan bog‘liq kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish;

Orolbo‘yidagi ekologik inqirozning salbiy ta’sirini yumshatish choralarini ko‘rish;

“yashil” iqtisodiyot sohasida, shu jumladan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalar

tuzish orqali xalqaro hamkorlikni mustahkamlash.

2. Quyidagilar:

a)  2019  —  2030-yillar  davrida  O‘zbekiston  Respublikasining  “yashil”  iqtisodiyotga  o‘tish

strategiyasi  (keyingi  o‘rinlarda  —  Strategiya) 

1-ilovaga 

muvofiq  tasdiqlansin  va  quyidagilar  uni

amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:

iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari energiya samaradorligini oshirish;



energiya resurslari iste’molini diversifikatsiyalash va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan

foydalanishni rivojlantirish;

iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish va ularni yumshatish, tabiiy resurslardan foydalanish

samaradorligini oshirish va tabiiy ekotizimlarni asrash;

“yashil”  iqtisodiyotni  qo‘llab-quvvatlashning  moliyaviy  va  nomoliyaviy  mexanizmlarini  ishlab

chiqish;


b)  Strategiyani  amalga  oshirishning  quyidagilarni  nazarda  tutuvchi  maqsadli  ko‘rsatkichlari

tasdiqlansin:

issiqxona  gazlarining  yalpi  ichki  mahsulot  birligiga  nisbatan  solishtirma  ajratmalarini  2010-

yildagi darajadan 10 foizga qisqartirish;

ikki karra energiya samaradorligi ko‘rsatkichini oshirish va yalpi ichki mahsulot uglerod sarfi

hajmini kamaytirish;

qayta  tiklanuvchi  energiya  manbalarini  yanada  rivojlantirish  va  ularning  ulushini  elektr

energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 25 foizidan ko‘prog‘iga yetkazish;

100  foizgacha  aholi  va  iqtisodiyot  tarmoqlarini  zamonaviy,  arzon  va  ishonchli  energiyadan

foydalanish imkoniyati bilan ta’minlash;

sanoat  korxonalari  infratuzilmasini  modernizatsiyalash,  energiya  samaradorligini  20  foizdan

kam  bo‘lmagan  miqdorga  oshirish  hamda  sof  va  ekologik  xavfsiz  texnologiyalar  va  sanoat

jarayonlaridan yanada keng foydalanish hisobiga ularning barqarorligini ta’minlash;

energiya  samaradorlik  va  ekologik  jihatdan  yaxshilangan  tavsiflarga  ega  motor  yoqilg‘isi  va

avtotransport  vositalari  ishlab  chiqarishni  hamda  ulardan  foydalanishni  kengaytirish,  shuningdek,

elektr transportni rivojlantirish;

iqtisodiyotning  barcha  tarmoqlarida  suvdan  foydalanish  samaradorligini  sezilarli  darajada

oshirish, 1 million gektargacha maydonda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish va ularda

yetishtiriladigan ekinlar hosildorligini 20 — 40 foizgacha oshirish;

yerlarning tanazzulga uchrashi bo‘yicha neytral balansga erishish;

asosiy  turdagi  qishloq  xo‘jaligi  oziq-ovqat  mahsulotlari  ishlab  chiqarishning  o‘rtacha

hosildorligini 20 — 25 foizgacha oshirishga erishish.

3.  Asosiy  maqsadi  Strategiyani  amalga  oshirish  bo‘yicha  ishlarni  samarali  tashkil  qilishdan

iborat  bo‘lgan  O‘zbekiston  Respublikasida  “yashil”  iqtisodiyotni  ilgari  surish  va  joriy  etish  bo‘yicha

idoralararo kengash (keyingi o‘rinlarda — Idoralararo kengash) 

2-ilovaga 

muvofiq tarkibda tuzilsin.

Idoralararo kengash har yili 10-noyabrga qadar Strategiyani amalga oshirish bo‘yicha kelgusi

yilga mo‘ljallangan harakatlar rejasi ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi O‘zbekiston Respublikasida “yashil”

iqtisodiyotni  ilgari  surish  va  joriy  etish  bo‘yicha  vakolatli  organ  etib  belgilansin  va  unga  quyidagi

vazifalar yuklansin:

Strategiyada nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul vazirliklar va idoralar

faoliyatini muvofiqlashtirish;

Idoralararo  kengashga,  shu  jumladan  uning  ishchi  organi  faoliyatini  tashkil  etish  orqali  har

tomonlama ko‘maklashish;

“yashil”  iqtisodiyotni  bosqichma-bosqich  joriy  etish  bo‘yicha  hisobotlar  yuritishning  o‘z

vaqtida tashkil etilishini ta’minlash.

5. Quyidagilarga:

O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  vazirining  o‘rinbosarlari  va  maslahatchilariga  —  Strategiyada

nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha vazirlik va idoralar faoliyatini samarali tashkil

etish;

O‘zbekiston  Respublikasi  iqtisodiyot  va  sanoat  vaziriga  (B.A.  Xodjayev)  —  yalpi  ichki



mahsulotning  uglerod  sarfi  hajmini  kamaytirish,  sof  va  ekologik  xavfsiz  texnologiyalar  va  sanoat

jarayonlarini qo‘llagan holda sanoat korxonalari infratuzilmasini modernizatsiyalash;




O‘zbekiston  Respublikasi  energetika  vaziriga  (A.S.  Sultanov)  —  energiya  samaradorlik

ko‘rsatkichlarini  oshirish,  qayta  tiklanuvchi  energiya  manbalarini  rivojlantirish,  ekologik  jihatdan

yaxshilangan  tavsiflarga  ega  motor  yoqilg‘isini  ishlab  chiqarishni  va  undan  foydalanishni

kengaytirish, zamonaviy, arzon va ishonchli energiyadan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlash;

O‘zbekiston  Respublikasi  qishloq  xo‘jaligi  vaziriga  (J.A.  Xodjayev)  —  asosiy  turdagi  qishloq

xo‘jaligi  oziq-ovqat  mahsulotlari  ishlab  chiqarishning  o‘rtacha  mahsuldorligi  va  hosildorligini

oshirish,  tomchilatib  sug‘orish  texnologiyalarini  samarali  joriy  etish,  shuningdek,  yerlarning

tanazzulga uchrashi bo‘yicha neytral balansga erishish;

O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri (Sh.R. Xamrayev) hamda uy-joy kommunal xizmat

ko‘rsatish vaziriga (M.X. Saliyev) — suvdan foydalanish samaradorligini oshirish;

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisiga

(B.T. Qo‘chqorov) — “yashil” iqtisodiyotni joriy etish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilishini ekologik

qo‘llab-quvvatlashni  tashkil  etish  va  ta’minlash  hamda  atrof  tabiiy  muhit  holati  monitoringi

natijalarini umumlashtirish;

vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar rahbarlariga — Strategiyada nazarda tutilgan tadbirlarni

o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

6.  O‘zbekiston  Respublikasi  Investitsiyalar  va  tashqi  savdo  vazirligi  Strategiyada  nazarda

tutilgan  tadbirlarni  amalga  oshirish  uchun  xorijiy  investitsiyalarni,  shuningdek,  xalqaro  moliya

institutlari,  xorijiy  hukumat  moliya  tashkilotlari  va  boshqa  xorijiy  donorlarning  kreditlari  va

grantlarini jalb qilishni ta’minlasin.

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov

va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.




Yüklə 113,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin