Qarori 2019 — 2030-yillar davrida o‘zbekiston respublikasining “yashil” iqtisodiyotga


§ 4. “Yashil” iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy mexanizmlarini



Yüklə 113,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix31.12.2021
ölçüsü113,3 Kb.
#49911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
PQ-4477-сон 04.10.2019. 2019-2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida

§ 4. “Yashil” iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy mexanizmlarini

ishlab chiqish

16. “Yashil” texnologiyalarni joriy etishning institutsional asoslarini rivojlantirish:

texnologik ehtiyojlarni baholash, ustuvor vazifalarni belgilash va eng muhim texnologiyalarni

tanlash, ularni ishlab chiqish/transferga ko‘mak berish;

“yashil”  texnologiyalarni  tijoratlashtirish  mexanizmlarini  rivojlantirish,  innovatsion  faoliyatni

qo‘llab-quvvatlash  uchun  tashkiliy  tuzilmalar  —  texnologiyalarni  yetkazib  berish  agentliklari,

texnologik biznes-inkubatorlar, texnoparklar, klastyerlar yaratish.

17. “Yashil” iqtisodiyot sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish:

Strategiyaning 

ustuvor 


yo‘nalishlarini 

qamrab 


oluvchi 

normativ-huquqiy 

bazani

inventarizatsiya qilish, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;



iqtisodiy  choralar  va  vositalar  ishlab  chiqish,  xususan,  issiqxona  gazlarining  ajratmalarini

qisqartirganlik uchun haq to‘lashni joriy etish;

energiya samaradorligiga qo‘yiladigan majburiy talablarni ishlab chiqish va joriy etish.

18. Energiya samaradorligini tartibga solish va nazorat qilish mexanizmlarini rivojlantirish:

energiya  tejash  va  energiya  samaradorligi  bo‘yicha  maqsadli  ko‘rsatkichlarni  ishlab  chiqish

hamda  ularning  bajarilishini  monitoring  qilish,  verifikatsiyalash  va  hisobotini  yuritish  tizimini  joriy

etish;

energiya sarfi hajmi yuqori bo‘lgan korxonalarning energomenejmenti va auditini o‘tkazish;



barcha  toifadagi  iste’molchilar,  shu  jumladan  sanoat  va  energetika  obyektlari  uchun  elektr

energiyasi iste’molini hisobga olishning avtomatlashtirilgan davlat tizimini rivojlantirish.

19. “Yashil” iqtisodiyot tamoyillarini ta’lim va fanga integratsiya qilish:

“yashil” iqtisodiyot asoslari, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, “sof” transportni

rivojlantirish,  energiya  tejash  va  boshqa  masalalarni  e’tiborga  olgan  holda  oliy  va  o‘rta  maxsus

ta’limning  tegishli  yo‘nalishlari  o‘quv  dasturlarini  takomillashtirish,  shuningdek,  umumiy  o‘rta

ta’limning tegishli dasturlariga “yashil” iqtisodiyot asoslari bo‘yicha mavzular kiritish;

oliy,  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar,  umumiy  o‘rta  ta’lim  uchun  tegishli  o‘quv  adabiyotlarini

(yo‘nalishlar bo‘yicha) tayyorlash yoki qayta nashr etish jarayonida ularga “yashil” iqtisodiyot asoslari

bo‘yicha mavzular kiritish;

pedagog  va  ilmiy  xodimlarni  qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirish  dasturlariga  “yashil”

iqtisodiyot  asoslari,  xususan,  “Yashil  texnologiyalar”,  “Yashil  mezonlarni  hisobga  olgan  holda

ekologik me’yorlashtirish asoslari”, “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari texnologiyalari”, “Energiya

tejamkorligi va energiya samaradorligi muammolari” mavzularini joriy etish;

“yashil”  texnologiyalar  sohasidagi  ilmiy  tadqiqotlar  va  innovatsion  ishlanmalarni  qo‘llab-

quvvatlash.

20. “Yashil” iqtisodiyotga o‘tish uchun salohiyatni oshirish va qulay muhit yaratish:

mamlakatimizning Parij bitimi bo‘yicha miqdoriy majburiyatlari bajarilishini uzluksiz kuzatish

uchun  issiqxona  gazlari  ajratmalarini  milliy  sharoitlarni  e’tiborga  olgan  holda  monitoring  qilish,

hisobini  yuritish  va  verifikatsiyalash  tizimini  (MRV)  yaratish  hamda  issiqxona  gazlari  ajratmalari

bo‘yicha hisobot berishni ta’minlash;

iqlim monitoringi tizimini rivojlantirish;

“yashil” texnologiyalarni ilgari surish uchun davlat-xususiy sheriklik salohiyatini rivojlantirish;



“yashil” innovatsiyalarni joriy etishda xususiy investorlarga, jumladan kichik biznesga ko‘mak

ko‘rsatish;

tovar (ish, xizmat)lar energiya-resurs samaradorligining turli hisoblagichlari, spetsifikatsiyalar

kataloglarini  yaratish,  shuningdek,  tovar  (ish,  xizmat)lar  energiya-resurs  samaradorligini

sertifikatlashtirish tizimini joriy etish orqali davlat “yashil” xaridlarini rag‘batlantirish mexanizmlarini

ishlab chiqish;

kadrlar  malakasini  oshirish,  energiya  va  resurslarga  ehtiyotkorona  munosabatda  bo‘lish

madaniyatini shakllantirish;

kasbiy  ko‘nikmalarga  “yashil”  iqtisodiyotning  rivojlanishi  bilan  qo‘yiladigan  yangi  talablarni

hisobga olgan holda tarmoqlar xodimlari, shu jumladan rahbar va muhandislar tarkibi xabardorligi

va malakasini oshirish;

kadrlar  tayyorlash  va  qayta  tayyorlash  davlat  ta’lim  dasturlarini  ishlab  chiqishda  “yashil”

iqtisodiyot asoslarini hisobga olish;

ekoinnovatsion  texnologiyalarni  yanada  samarali  joriy  etish  uchun  ilmiy-tadqiqot

muassasalarining kadrlar va texnik salohiyatini oshirish;

iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish masalalari bilan bog‘liq sohalarda

tadqiqotlarni rivojlantirish;

milliy  va  xorijiy  ilmiy  tashkilotlarning  “yashil”  texnologiyalarni  ilgari  surish  sohasidagi

hamkorligini mustahkamlash.

21. “Yashil” investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash:

“yashil” kreditlash, venchur moliyalashtirish tizimini joriy etish;

“yashil” fondlar, energiya tejamkorligi maxsus fondlari va boshqa xuddi shunday mexanizmlar

yaratish;

“yashil”  iqtisodiyotga  o‘tish  bo‘yicha  loyihalarni  moliyalashtirishda  xususiy  sektorni

faollashtirish, shuningdek, “yashil” investitsiyalarga nisbatan bank tizimini rag‘batlantirish;

fiskal (xazinaga oid) siyosat orqali davlat tomonidan “yashil” iqtisodiyotning barqaror o‘sishini

qo‘llab-quvvatlash.


Yüklə 113,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin