Qarori 2019 — 2030-yillar davrida o‘zbekiston respublikasining “yashil” iqtisodiyotga


§ 2. Energiya resurslari iste’molini diversifikatsiyalash va qayta tiklanuvchi energiya



Yüklə 113,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix31.12.2021
ölçüsü113,3 Kb.
#49911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
PQ-4477-сон 04.10.2019. 2019-2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida

§ 2. Energiya resurslari iste’molini diversifikatsiyalash va qayta tiklanuvchi energiya

manbalaridan foydalanishni rivojlantirish

7. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida:

qayta  tiklanuvchi  energiya  manbalari  sohasini  rivojlantirishning  uzoq  muddatli  maqsadli

ko‘rsatkichlarini  tasdiqlash,  shuningdek,  har  yili  qayta  tiklanuvchi  energiya  manbalaridan

foydalanuvchi yangi quvvat ishlab chiqarish obyektlarini O‘zbekistonning Yagona elektr energetika

tizimiga  xavfsiz  integratsiya  qilish  texnik  jihatlarini  e’tiborga  olgan  holda  ularning  joylashuvini

belgilash;

tarif  siyosatini  takomillashtirish  va  mazkur  sohada  qulay  raqobat  muhitini  rag‘batlantirish

maqsadida yangidan ishga tushiriladigan qayta tiklanuvchi energiya manbalari obyektlari, xususan

quyosh,  shamol  va  biogaz  stansiyalarida  ishlab  chiqariladigan  elektr  energiyasini  xarid  qilishning

chegaralangan (maksimal darajada yo‘l qo‘yiladigan) tariflarini tasdiqlash;

qayta tiklanuvchi energiya manbalari loyihalarini amalga oshirish doirasida elektr energetikasi

bozoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va mustaqil elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar



kirishini  rag‘batlantiruvchi  auksion  savdolarini  joriy  etish  orqali  salohiyatli  investorlarni  raqobat

asosida tanlashning zamonaviy va shaffof uslublarini shakllantirish;

qayta  tiklanuvchi  energiya  manbalari  sohasida  amaldagi  standartlarni  tahlil  qilish  va  milliy

standartlarni ushbu sohadagi xalqaro me’yorlar bilan uyg‘unlashtirish;

energetika balansi tuzilmasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini oshirish uchun

yirik,  o‘rta,  kichik  va  mikroGESlar,  shamol  generatorlari  va  geliostansiyalarni  loyihalashtirish  va

qurishda zamonaviy asoslangan ilmiy-texnik yechimlarni joriy etish;

elektr  tarmoqlarining  energiya  samaradorligi  va  ishonchliligini  oshirish,  avariya  holatlarining

oldini  olish  va  elektr  quvvatiga  talab  kuchayganda  zaxira  quvvatlarni  o‘z  vaqtida  ishga  tushirish

maqsadida  qayta  tiklanuvchi  energiya  manbalari  asosida  elektr  energiya  ishlab  chiqarishning

nomarkazlashtirilgan  tizimlarini  joriy  etish  orqali  elektr  ta’minoti  tizimlarini  modernizatsiyalash  va

qayta qurish;

elektr  energiyasini  ishlab  chiqish  va  taqsimlash  balansini  qayta  tiklanuvchi  energiya

manbalarini alohida ajratgan holda monitoring qilish;

energiya  tizimlariga  ulanish  orqali  ishlab  chiqarilgan  energiyani  to‘plash  texnologiyalarini

rivojlantirish;

qayta  tiklanuvchi  energiya  manbalaridan  energiya  olish  uchun  uskunalar  ishlab  chiqarishni

mahalliylashtirish;

mavjud GESlarning energiya ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash;

kichik derivatsion GESlar va ularning infratuzilmalarini qurish;

respublikaning  qishloq  joylari  va  uzoq  hududlarida  elektr  va  issiqlik  energiyasini  ishlab

chiqarish uchun quyosh batareyalarini joriy etish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish;

qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha namoyish markazlarini yaratish

va qo‘llab-quvvatlash;

qayta  tiklanuvchi  energiya  manbalari  va  energiya  samaradorligi  masalalari  bo‘yicha  aholini

keng xabardor qilish.

8. Binolarni qurish va ulardan foydalanish sohasida:

binolarning energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha davlat dasturlarini amalga oshirish, shu

jumladan ko‘p qavatli uy-joy va shaxsiy uy-joy fondini rekonstruksiya qilish;

qurilish  me’yorlari  va  qoidalarini  qurilish  va  rekonstruksiyani  amalga  oshirishda  energiya

samaradorligi talablarini kuchaytirish yuzasidan har 5 yilda kamida bir marta qayta ko‘rib chiqish;

binolarni  qurish  va  ulardan  foydalanishda  qurilish  me’yorlariga  rioya  qilishni

nazorat/monitoring qilish tizimini yaratish;

binolarni qurish va rekonstruksiya qilishda energiya samaradorligini oshirishni hisobga olgan

holda arxitektura-rejalashtirish yechimlariga bo‘lgan yondashuvlarni takomillashtirish;

binolarni energetik sertifikatlashtirish tizimini yaratish;

issiqni  saqlovchi  qurilish  materiallari  uchun  amaldagi  me’yor  va  standartlarni  qayta  ko‘rib

chiqish va yangilarini qabul qilish;

energiya samarador shaklda ta’mirlash uchun ipoteka kreditlari tizimini rivojlantirish, xususan

“yashil” ipoteka kreditlaridan foydalanish;

xususiy  uy-joy  mulkdorlari  shirkatlarida  ko‘p  qavatli  binolarni  energiya  samarador  shaklda

ta’mirlash uchun maqsadli fondlar yaratish;

energiyani tejashni rag‘batlantirish uchun tabaqalashtirilgan tariflar tizimini rivojlantirish;

binolarni  zamonaviy  issiq  saqlovchi  materiallar,  steklopaketlardan  foydalangan  holda  qurish,

rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash texnologiyalarini takomillashtirish;

muhandislik uskunalari, issiq saqlovchi materiallar, isitish va sovitish tizimlarini ishlab chiqish

texnologiyalarini “yashil” standartlar asosida rivojlantirish va modernizatsiyalash;

markaziy isitishda issiqlik ta’minotining “yopiq” tizimini keng joriy etish;




shaharlar  va  qishloqlardagi  jamoat  binolari,  ko‘p  qavatli  turar  joylar  va  shaxsiy  uy-joy  fondini

isitish  va  issiq  suv  bilan  ta’minlash  uchun  yuqori  samarali  avtomatlashtirilgan  tizimli  mahalliy

qozonxonalardan foydalanish;

parallel  ishlaydigan  iste’molchilar  tizimiga  issiqlikni  bir  tekis  yetkazish  maqsadida  issiqlik

bo‘g‘inlari tartibotini boshqarish uchun smart-tizimlar ishlab chiqish va joriy etish;

alohida  binolar  ehtiyojlarini  hisobga  oluvchi  yuqori  texnologiyali  sovitish  va  ventilatsiya

tizimlaridan, masalan, issiqlik nasosi funksiyasi bo‘lgan split-konditsionyerlardan foydalanish;

maishiy uskunalar uchun energiya samarador standartlarni joriy etish;

energiya ta’minoti manbai sifatida fotoelektrik panellarni joriy etish;

binolarni  yoritish  uchun  smart-tizimlarni  ishlab  chiqish  va  zamonaviy  energiya  samarali

lampalardan keng foydalanish;

aholi  o‘rtasida,  shu  jumladan  ommaviy  axborot  vositalari  orqali  binolarning  energiya

samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha keng axborot kampaniyalarini o‘tkazish.

9. Transport sohasida:

transport  xarajatlarini  qisqartirish  va  transport  sohasining  samarali  faoliyatini  ta’minlashga

qaratilgan  yagona  kompleks  rivojlanish  siyosatini  shakllantirish,  shaharni  uzoq  muddatli

rivojlantirish rejalari va ekologik xavfsizlik choralariga muvofiq “yashil” transportni rivojlantirish;

Yevro-4  va  undan  yuqori  standartlarga  mos  keluvchi  energiya  samaradorligi  va  ekologik

tavsiflari yaxshilangan avtotransport vositalari, elektromobillar, gibrid dvigatelli avtomobillar va gaz

yoqilg‘isida ishlaydigan avtomobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni kengaytirish;

yaxshilangan tavsifga ega motor yonilg‘ilarini ishlab chiqarish;

avtotransport parkini yangilashda davom etish, eski avtomobillarni utilizatsiya qilish va yangi,

yanada ekologik avtomobillarni sotib olishni rag‘batlantiruvchi dasturlarni ishlab chiqish;

jamoat transportining samarali tizimlarini yaratish va takomillashtirish (yaxshilangan tavsifga

ega jamoat transporti ulushini oshirish);

yangi transport-logistika tizimlarini yaratish va rivojlantirish, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish;

foydalanilayotgan  transport  vositalarining  ekologik  holati  ustidan  davlat  nazoratini

kuchaytirish.

10. Qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida:

qurilish  materiallari  ishlab  chiqarishda  ikkilamchi  resurslar  va  sanoat  tarmoqlari  (energetika,

metallurgiya,  kimyo  sanoati)ning  yirik  tonnajli  texnogen  chiqindilaridan  foydalanish  hajmlarini

oshirish;

quyidagi  qurilish  materiallari:  sement,  g‘isht,  ohak,  avtoklav  usulidan  foydalangan  holda

gazobetondan  tayyorlangan  buyumlar  ishlab  chiqarish,  issiq  saqlovchi  materiallar,  tom  yopish

materiallari,  yog‘och-qirindili  plitalarni  ishlab  chiqarish  bo‘yicha  innovatsion  energiya  samarador

texnologiyalarni joriy etish;

issiqlikni  utilizatsiya  qilish  texnologiyalari  hamda  elektr  energiyasini  ishlab  chiqaruvchi

texnologik  jarayonlarni  qo‘llagan  holda  sement  ishlab  chiqarishning  rivojlangan  texnologiyalarini

(quruq usul) joriy etish.


Yüklə 113,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin