25. Strategiyani amalga oshirish natijasida 2030-yilga borib quyidagilarga erishish kutiladi:
issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010-
ikki karra energiya samaradorligi ko‘rsatkichini oshirish va yalpi ichki mahsulot uglerod sarfi
qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yanada rivojlantirish va ularning ulushini elektr
energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 25 foizidan ko‘prog‘iga yetkazish;
100 foizgacha aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini zamonaviy, arzon va ishonchli energiyadan
sanoat korxonalari infratuzilmasini modernizatsiyalash, energiya samaradorligini 20 foizdan
kam bo‘lmagan miqdorga oshirish hamda sof va ekologik xavfsiz texnologiyalar va sanoat
jarayonlaridan yanada keng foydalanish hisobiga ularning barqarorligini ta’minlash;
energiya samaradorlik va ekologik jihatdan yaxshilangan tavsiflarga ega motor yonilg‘isi va
avtotransport vositalari ishlab chiqarishni hamda ulardan foydalanishni kengaytirish, shuningdek,
elektr transportni rivojlantirish;
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada
oshirish, 1 million gektargacha maydonda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish va ularda
yetishtiriladigan ekinlar hosildorligini 20 — 40 foizgacha oshirish;
yerlarning tanazzulga uchrashi bo‘yicha neytral balansga erishish;
asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘rtacha
hosildorligini 20 — 25 foizgacha oshirish.
26. Strategiyani amalga oshirish iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish sohasida
boshqaruvni yaxshilashga, tabiiy resurslarni saqlash va ulardan oqilona foydalanishga, issiqxona
gazlarining ajratmalarini kamaytirishga, “yashil” energiyadan foydalanishni ta’minlashga, “yashil” ish
o‘rinlari yaratishga va iqlim barqarorligiga erishishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi
PQ-4477-son
qaroriga
2-ILOVA
Dostları ilə paylaş: