3. Elektr energetika sohasida:
bug‘-gazli va gaz turbinali qurilmalar negizida yuqori samarali texnologiyalarni joriy qilish
orqali ishlab turgan elektr stansiyalarining energiya ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya
energiya tizimi barqarorligini oshirish uchun magistral elektr tarmoqlari konfiguratsiyasini
tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan elektr tarmoqlari rejimlarini
texnologik jarayonlarning avtomatlashganlik darajasini oshirish, tashish va taqsimlashga
elektr energiyasi iste’moli tizimlarini avtomatik nazorat va hisobga olish asboblari bilan to‘liq
jihozlash.
4. Issiqlik energetikasi sohasida:
issiqlik energiyasini ishlab chiqishning yangi texnologiyalari, shu jumladan markaziy
qozonxonalarda kogeneratsiya texnologiyalari, bug‘ning o‘ta superkritik ko‘rsatkichlariga ega ko‘mir
bug‘-turbinali energiya bloklari texnologiyalarini joriy etish;
qozonxonalarning eskirgan asbob-uskunalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish;
turbokompressor qurilmalari chiqindi gazlari issiqligini utilizatsiya qilish;
issiqlik tarmoqlari joylashuvini maqbullashtirish va modernizatsiyalash;
issiqlik tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalashda zamonaviy, issiqlikni
o‘tkazmaydigan materiallardan foydalanish;
issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va tashish tizimini iste’molchilar sonini hisobga olgan
holda avtomatlashtirish, dispetcherlash va maqbullashtirish;
iste’molchilarni zamonaviy hisoblagichlar bilan ta’minlash;
qozonxonalarda suvni isitish uchun geliokollektorlardan foydalanish.
5. Neft va gaz sanoati sohasida:
uglevodorod resurslari yo‘qotilishi nazoratining samarali texnologiyalari (SCADA)ni joriy qilgan
holda kompressor stansiyalar, past va o‘rta bosimli gaz taqsimlovchi tarmoqlar, shuningdek, gaz-
transport tizimini modernizatsiyalash hisobiga tabiiy gaz qazib olish, uni qayta ishlash, tashish va
taqsimlashdagi yo‘qotishlarni kamaytirish;
gaz bilan ta’minlashni hisobga olish va uni taqsimlashning zamonaviy texnologiyalarini joriy
etish;
neft va neft mahsulotlarini qayta ishlash va saqlashda issiqxona gazlarining ajratmalarini
qisqartirish;
neftga qo‘shilib chiqadigan gazlarni utilizatsiya qilish va chuqur qayta ishlash jarayonlarini
joriy etish natijasida ularni yondirishdan hosil bo‘ladigan issiqxona gazlari ajratmalarini qisqartirish;
neft va gaz qazib chiqarish obyektlarida muqobil energiya manbalarini joriy etish;
elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun chiquvchi gazlar issiqligini utilizatsiya qilish.
6. Kimyo sanoati sohasida:
ammiak, azot kislotasi va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash va
energiya samaradorligi yuqori yangi quvvatlarni yaratish;
elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun energiya sarfi hajmi katta bo‘lgan kimyoviy
jarayonlarning issiqligini utilizatsiya qilish texnologiyalaridan foydalanish;
yirik tonnajli texnogen chiqindilardan sanoatda foydalanishni joriy etish.
Dostları ilə paylaş: