Qarori 2019 — 2030-yillar davrida o‘zbekiston respublikasining “yashil” iqtisodiyotga


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV



Yüklə 113,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix31.12.2021
ölçüsü113,3 Kb.
#49911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
PQ-4477-сон 04.10.2019. 2019-2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 4-oktabr,

PQ-4477-son

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi

PQ-4477-son 

qaroriga


 

1-ILOVA


2019 — 2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish

STRATEGIYASI



1-bob. Umumiy qoidalar

2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Parij bitimini (Parij, 2015-yil 12-dekabr) ratifikatsiya qildi va

uni  amalga  oshirish  yuzasidan  milliy  miqyosda  belgilanadigan  hissa  bo‘yicha  —  2030-yilga  qadar

issiqxona  gazlarining  yalpi  ichki  mahsulot  birligiga  nisbatan  solishtirma  ajratmalarini  2010-yildagi

darajadan 10 foizga qisqartirish miqdoriy majburiyatini qabul qildi.

Parij  bitimi  majburiyatlarini  bajarish  doirasida  issiqxona  gazlari  ajratmalarini  qisqartirish

bo‘yicha  o‘rta  muddatli  ustuvor  vazifalar  mamlakatda  iqtisodiyotning  energiya  va  resurs  sarfi

hajmini  kamaytirish,  ishlab  chiqarishda  energiya  tejamkor  texnologiyalarni  keng  joriy  qilish,  qayta

tiklanuvchi  energiya  manbalaridan  foydalanishni  kengaytirish,  Orolbo‘yida  ekologik  tanglik

oqibatlarini  bartaraf  etishni  nazarda  tutadigan  qator  strategik  va  tarmoq  rejalari,  dasturlari,

shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar orqali amalga oshirilmoqda.

Shu  bilan  birga,  iqtisodiyotning  energiya  samaradorligi  yetarli  darajada  emasligi,  tabiiy

resurslardan  oqilona  foydalanmaslik,  texnologiyalar  yangilanishining  sustligi,  “yashil”  iqtisodiyotni

rivojlantirish  uchun  innovatsion  yechimlarni  joriy  etishda  kichik  biznesning  faol  ishtirok

etmayotgani  milliy  iqtisodiyotni  barqaror  rivojlantirishning  ustuvor  maqsadlariga  erishishga

to‘sqinlik qilmoqda.

Mavjud  muammolarni  hal  etish  uchun  iqtisodiy  rivojlanish  jarayonlariga  iqtisodiyotning

barcha  tarmoqlarida  kam  uglerod  sarflagan  holda  rivojlanish  va  resurslarni  tejash,  samarali  va

ekologik  toza  texnologiyalarni  joriy  etish,  shuningdek,  barqaror  qishloq  xo‘jaligiga  yo‘naltirilgan



“yashil” iqtisodiyot tamoyillarini integratsiya qilish orqali tabiiy va energiya resurslaridan foydalanish

usullarini tubdan o‘zgartirish talab etiladi.

Bunda  uzoq  muddatli  istiqbolda  “yashil”  iqtisodiyotga  o‘tish  quyidagi  asosiy  tamoyillarga

asoslanishi kerak:

barqaror rivojlanish sohasida Milliy maqsad va vazifalarga muvofiqlik;

resurslardan oqilona foydalanish, barqaror iste’mol va ishlab chiqarish;

iqtisodiy hisob tizimiga ekologik va ijtimoiy mezonlarni kiritish;

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlariga erishish uchun “yashil” vositalar va yondashuvlarni

qo‘llash ustuvorligi;

eng  muhim  tarmoqlarda  raqobatbardoshlikni  oshirish  va  ko‘rsatkichlarni  yaxshilash,  “yashil”

ish  o‘rinlarini  yaratish,  aholining  farovonligini  oshirish  orqali  mavjud  makroiqtisodiy  maqsadlarga

erishish;

resurslardan samarali foydalanish tadbirlarining investitsion jozibadorligini ta’minlash.

Shu  munosabat  bilan  iqlim  o‘zgarishi  masalalarini  milliy  iqtisodiyotning  barqaror

rivojlanishiga  integratsiya  qilishga  yo‘naltirilgan  2019  —  2030-yillar  davrida  O‘zbekiston

Respublikasining  “yashil”  iqtisodiyotga  o‘tish  strategiyasini  (keyingi  o‘rinlarda  —  Strategiya)  ishlab

chiqish alohida ahamiyat kasb etadi.


Yüklə 113,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin