§ 4. “Yashil” iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy mexanizmlarini
ishlab chiqish
16. “Yashil” texnologiyalarni joriy etishning institutsional asoslarini rivojlantirish:
texnologik ehtiyojlarni baholash, ustuvor vazifalarni belgilash va eng muhim texnologiyalarni
tanlash, ularni ishlab chiqish/transferga ko‘mak berish;
“yashil” texnologiyalarni tijoratlashtirish mexanizmlarini rivojlantirish, innovatsion faoliyatni
qo‘llab-quvvatlash uchun tashkiliy tuzilmalar — texnologiyalarni yetkazib berish agentliklari,
texnologik biznes-inkubatorlar, texnoparklar, klastyerlar yaratish.
17. “Yashil” iqtisodiyot sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish:
Strategiyaning
ustuvor
yo‘nalishlarini
qamrab
oluvchi
normativ-huquqiy
bazani
inventarizatsiya qilish, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
iqtisodiy choralar va vositalar ishlab chiqish, xususan, issiqxona gazlarining ajratmalarini
qisqartirganlik uchun haq to‘lashni joriy etish;
energiya samaradorligiga qo‘yiladigan majburiy talablarni ishlab chiqish va joriy etish.
18. Energiya samaradorligini tartibga solish va nazorat qilish mexanizmlarini rivojlantirish:
energiya tejash va energiya samaradorligi bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish
hamda ularning bajarilishini monitoring qilish, verifikatsiyalash va hisobotini yuritish tizimini joriy
etish;
energiya sarfi hajmi yuqori bo‘lgan korxonalarning energomenejmenti va auditini o‘tkazish;
barcha toifadagi iste’molchilar, shu jumladan sanoat va energetika obyektlari uchun elektr
energiyasi iste’molini hisobga olishning avtomatlashtirilgan davlat tizimini rivojlantirish.
19. “Yashil” iqtisodiyot tamoyillarini ta’lim va fanga integratsiya qilish:
“yashil” iqtisodiyot asoslari, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, “sof” transportni
rivojlantirish, energiya tejash va boshqa masalalarni e’tiborga olgan holda oliy va o‘rta maxsus
ta’limning tegishli yo‘nalishlari o‘quv dasturlarini takomillashtirish, shuningdek, umumiy o‘rta
ta’limning tegishli dasturlariga “yashil” iqtisodiyot asoslari bo‘yicha mavzular kiritish;
oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar, umumiy o‘rta ta’lim uchun tegishli o‘quv adabiyotlarini
(yo‘nalishlar bo‘yicha) tayyorlash yoki qayta nashr etish jarayonida ularga “yashil” iqtisodiyot asoslari
bo‘yicha mavzular kiritish;
pedagog va ilmiy xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturlariga “yashil”
iqtisodiyot asoslari, xususan, “Yashil texnologiyalar”, “Yashil mezonlarni hisobga olgan holda
ekologik me’yorlashtirish asoslari”, “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari texnologiyalari”, “Energiya
tejamkorligi va energiya samaradorligi muammolari” mavzularini joriy etish;
“yashil” texnologiyalar sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-
quvvatlash.
20. “Yashil” iqtisodiyotga o‘tish uchun salohiyatni oshirish va qulay muhit yaratish:
mamlakatimizning Parij bitimi bo‘yicha miqdoriy majburiyatlari bajarilishini uzluksiz kuzatish
uchun issiqxona gazlari ajratmalarini milliy sharoitlarni e’tiborga olgan holda monitoring qilish,
hisobini yuritish va verifikatsiyalash tizimini (MRV) yaratish hamda issiqxona gazlari ajratmalari
bo‘yicha hisobot berishni ta’minlash;
iqlim monitoringi tizimini rivojlantirish;
“yashil” texnologiyalarni ilgari surish uchun davlat-xususiy sheriklik salohiyatini rivojlantirish;
“yashil” innovatsiyalarni joriy etishda xususiy investorlarga, jumladan kichik biznesga ko‘mak
ko‘rsatish;
tovar (ish, xizmat)lar energiya-resurs samaradorligining turli hisoblagichlari, spetsifikatsiyalar
kataloglarini yaratish, shuningdek, tovar (ish, xizmat)lar energiya-resurs samaradorligini
sertifikatlashtirish tizimini joriy etish orqali davlat “yashil” xaridlarini rag‘batlantirish mexanizmlarini
ishlab chiqish;
kadrlar malakasini oshirish, energiya va resurslarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish
madaniyatini shakllantirish;
kasbiy ko‘nikmalarga “yashil” iqtisodiyotning rivojlanishi bilan qo‘yiladigan yangi talablarni
hisobga olgan holda tarmoqlar xodimlari, shu jumladan rahbar va muhandislar tarkibi xabardorligi
va malakasini oshirish;
kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash davlat ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda “yashil”
iqtisodiyot asoslarini hisobga olish;
ekoinnovatsion texnologiyalarni yanada samarali joriy etish uchun ilmiy-tadqiqot
muassasalarining kadrlar va texnik salohiyatini oshirish;
iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish masalalari bilan bog‘liq sohalarda
tadqiqotlarni rivojlantirish;
milliy va xorijiy ilmiy tashkilotlarning “yashil” texnologiyalarni ilgari surish sohasidagi
hamkorligini mustahkamlash.
21. “Yashil” investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash:
“yashil” kreditlash, venchur moliyalashtirish tizimini joriy etish;
“yashil” fondlar, energiya tejamkorligi maxsus fondlari va boshqa xuddi shunday mexanizmlar
yaratish;
“yashil” iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirishda xususiy sektorni
faollashtirish, shuningdek, “yashil” investitsiyalarga nisbatan bank tizimini rag‘batlantirish;
fiskal (xazinaga oid) siyosat orqali davlat tomonidan “yashil” iqtisodiyotning barqaror o‘sishini
qo‘llab-quvvatlash.
Dostları ilə paylaş: |