Qarori 2019 — 2030-yillar davrida o‘zbekiston respublikasining “yashil” iqtisodiyotga


§ 1. Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari energiya samaradorligini oshirish



Yüklə 113,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix31.12.2021
ölçüsü113,3 Kb.
#49911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
PQ-4477-сон 04.10.2019. 2019-2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida

§ 1. Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari energiya samaradorligini oshirish

3. Elektr energetika sohasida:

bug‘-gazli  va  gaz  turbinali  qurilmalar  negizida  yuqori  samarali  texnologiyalarni  joriy  qilish

orqali  ishlab  turgan  elektr  stansiyalarining  energiya  ishlab  chiqarish  quvvatlarini  rekonstruksiya

qilish va modernizatsiyalash;

energiya  tizimi  barqarorligini  oshirish  uchun  magistral  elektr  tarmoqlari  konfiguratsiyasini

takomillashtirish va modernizatsiyalash;

tashkiliy-texnik  tadbirlarni  amalga  oshirish,  shu  jumladan  elektr  tarmoqlari  rejimlarini

maqbullashtirish, reaktiv quvvat va tarmoq sxemalarini kompensatsiya qilish;

texnologik  jarayonlarning  avtomatlashganlik  darajasini  oshirish,  tashish  va  taqsimlashga

sarflanadigan elektr energiyasi hajmini qisqartirish;



elektr energiyasi iste’moli tizimlarini avtomatik nazorat va hisobga olish asboblari bilan to‘liq

jihozlash.

4. Issiqlik energetikasi sohasida:

issiqlik  energiyasini  ishlab  chiqishning  yangi  texnologiyalari,  shu  jumladan  markaziy

qozonxonalarda kogeneratsiya texnologiyalari, bug‘ning o‘ta superkritik ko‘rsatkichlariga ega ko‘mir

bug‘-turbinali energiya bloklari texnologiyalarini joriy etish;

qozonxonalarning eskirgan asbob-uskunalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish;

turbokompressor qurilmalari chiqindi gazlari issiqligini utilizatsiya qilish;

issiqlik tarmoqlari joylashuvini maqbullashtirish va modernizatsiyalash;

issiqlik  tarmoqlarini  rekonstruksiya  qilish  va  modernizatsiyalashda  zamonaviy,  issiqlikni

o‘tkazmaydigan materiallardan foydalanish;

issiqlik  energiyasini  ishlab  chiqarish  va  tashish  tizimini  iste’molchilar  sonini  hisobga  olgan

holda avtomatlashtirish, dispetcherlash va maqbullashtirish;

iste’molchilarni zamonaviy hisoblagichlar bilan ta’minlash;

qozonxonalarda suvni isitish uchun geliokollektorlardan foydalanish.

5. Neft va gaz sanoati sohasida:

uglevodorod resurslari yo‘qotilishi nazoratining samarali texnologiyalari (SCADA)ni joriy qilgan

holda  kompressor  stansiyalar,  past  va  o‘rta  bosimli  gaz  taqsimlovchi  tarmoqlar,  shuningdek,  gaz-

transport  tizimini  modernizatsiyalash  hisobiga  tabiiy  gaz  qazib  olish,  uni  qayta  ishlash,  tashish  va

taqsimlashdagi yo‘qotishlarni kamaytirish;

gaz bilan ta’minlashni hisobga olish va uni taqsimlashning zamonaviy texnologiyalarini joriy

etish;


neft  va  neft  mahsulotlarini  qayta  ishlash  va  saqlashda  issiqxona  gazlarining  ajratmalarini

qisqartirish;

neftga  qo‘shilib  chiqadigan  gazlarni  utilizatsiya  qilish  va  chuqur  qayta  ishlash  jarayonlarini

joriy etish natijasida ularni yondirishdan hosil bo‘ladigan issiqxona gazlari ajratmalarini qisqartirish;

neft va gaz qazib chiqarish obyektlarida muqobil energiya manbalarini joriy etish;

elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun chiquvchi gazlar issiqligini utilizatsiya qilish.

6. Kimyo sanoati sohasida:

ammiak, azot kislotasi va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash va

energiya samaradorligi yuqori yangi quvvatlarni yaratish;

elektr  energiyasi  ishlab  chiqarish  uchun  energiya  sarfi  hajmi  katta  bo‘lgan  kimyoviy

jarayonlarning issiqligini utilizatsiya qilish texnologiyalaridan foydalanish;

yirik tonnajli texnogen chiqindilardan sanoatda foydalanishni joriy etish.




Yüklə 113,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin