Qarori 2019 — 2030-yillar davrida o‘zbekiston respublikasining “yashil” iqtisodiyotga


§ 3. Iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish va ularni yumshatish, tabiiy resurslardan



Yüklə 113,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix31.12.2021
ölçüsü113,3 Kb.
#49911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
PQ-4477-сон 04.10.2019. 2019-2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida

§ 3. Iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish va ularni yumshatish, tabiiy resurslardan

foydalanish samaradorligini oshirish va tabiiy ekotizimlarni asrash

11. Suv xo‘jaligi sohasida:

suv  resurslaridan  foydalanish  samaradorligini  oshirish,  yerlar  sho‘rlanishi  va  sifat  jihatidan

yomonlashuvi davom etishining oldini olish;

gidrotexnik  inshootlar,  nasos  stansiyalari  va  suv  omborlari  qurish  va  mavjudlarini

rekonstruksiya qilish;

suv xo‘jaligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalardan keng foydalanish;

suv xo‘jaligi inshootlarini yangilash, modernizatsiyalash va avtomatlashtirish;




qishloq  xo‘jaligi  ekinlarini  sug‘orishning  energiya  samarador  va  suvni  tejaydigan

texnologiyalarini keng qo‘llash, suvni tejashni rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish;

suv resurslarini barqaror boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish.

12. Qishloq xo‘jaligi sohasida:

tanazzulga  uchragan  yaylovlarni  tiklash  va  yaylovlarni  barqaror  boshqarish  mexanizmlarini

joriy etish;

organik qishloq xo‘jaligi uslublarini joriy etish;

haydaladigan  yer  maydonlari  yuzasining  doimiy  qoplanib  turishini  ta’minlash  maqsadida

ekinlarni takror ekish;

ekinlarni diversifikatsiya qilish (ko‘p yillik daraxtlar va ko‘p yillik o‘tlar ekilishini kengaytirish);

ishlab chiqarish va qayta ishlashga investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va

oziq-ovqat mahsulotlarining qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish;

chorvachilikning organik chiqindilarini to‘g‘ri saqlash/qayta ishlash;

suv manbalarining qishloq xo‘jaligi chiqindilari bilan ifloslanishining oldini olish;

sho‘rlanish, qurg‘oqchilik va boshqa xavfli hodisalar va xatarlarga bardoshli yuqori mahsuldor

chorva  mol  va  o‘simlik  turlari  (navlari)ni  yetishtirish,  mahalliy  chorva  turlari  va  o‘simlik  navlari

genofondini, shuningdek, madaniy o‘simliklarning yovvoyi ajdodlari genofondini saqlash.

13. O‘rmon xo‘jaligi sohasida:

mamlakatning  barcha  tabiiy  zonalarida  o‘rmonlarni  tiklash  va  tabiiy  o‘simlik  qoplamini

saqlash;


mamlakatning  tog‘li,  tog‘oldi  va  cho‘l  zonalarida  o‘rmon  maydonlarini  kengaytirish,

shuningdek, ularni saqlash, muhofaza qilish va barqaror rivojlanishini ta’minlash;

tez o‘sadigan mahalliy daraxt turlari plantatsiyalarini kengaytirish;

tuproqni himoyalovchi ixota daraxtzorlarini yaratish, tanazzulga uchragan yerlarda o‘rmonlar

barpo qilish (agroo‘rmon melioratsiyasi);

o‘rmonlarni  ko‘paytirish  va  ko‘kalamzorlashtirish  jarayonida  sho‘rlanish,  qurg‘oqchilik  va

boshqa xavfli hodisa va xatarlarga bardoshli mahalliy o‘simlik turlari va navlaridan foydalanish;

o‘rmon  xo‘jaligini  zamonaviy  yuqori  ishlab  chiqarish  texnologiyalarini  qo‘llagan  holda

takomillashtirish;

o‘rmon xo‘jaligida geoaxborot texnologiyalari va innovatsiyalardan keng foydalanish;

aholi o‘rtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali o‘rmonlarni muhofaza qilish va

tiklash masalalari bo‘yicha keng axborot kampaniyalarini tashkil qilish.

14.  Qattiq  maishiy  chiqindilar  (keyingi  o‘rinlarda  —  QMCh)  bilan  bog‘liq  ishlarni  amalga


Yüklə 113,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin