Yong‘in xavfsizligi qoidalari I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Qoidalarni qo‘llash sohasi 1. Ushbu Yong‘in xavfsizligi qoidalari (keyingi o‘rinlarda — Qoidalar) “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq odamlarning hayoti va sog‘lig‘ini, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni yong‘inlardan himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududida umumiy yong‘in xavfsizligi talablarini belgilaydi.
Qoidalar davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar boshqa tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — tashkilotlar), ularning xodimlari, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar va fuqarolar uchun majburiydir.
2. Yong‘in xavfsizligini ta’minlashda ushbu Qoidalar bilan birga “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan yong‘in xavfsizligi talablarini o‘z ichiga olgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga amal qilish lozim.
3. Yong‘in xavfsizligi sohasiga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda idoraviy hujjatlar talablari ushbu Qoidalarda belgilangan talablardan past bo‘lmasligi kerak.
4. Ushbu Qoidalar:
o‘rmon xo‘jaligi hududlarida;
kon qazilma va shaxta inshootlarida;
portlovchi materiallar ishlab chiqarilayotganda, tashilayotganda, saqlanayotganda, ulardan foydalanilayotganda va ular utilizatsiya qilinayotganda;
sanoat uchun mo‘ljallangan portlovchi materiallardan foydalanilgan holda portlatish ishlarini olib boruvchi tashkilotlarda;
havo, suv, temir yo‘l, avtomobil transporti hamda elektr transportida yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablarni belgilamaydi.
Oldingi tahrirga qarang. 41. “Litsenziya” axborot tizimi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi, “Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimi, shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bino (inshoot) va xonalarning yongin xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa ushbu Qoidalar va yongin xavfsizligi talablari belgilangan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga asosan beriladi.
Bunda mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan axborot tizimlari orqali bino (inshoot) va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa 10 ish kuni ichida beriladi.
Bino (inshoot) va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablari ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmaganda, xulosa berish rad etiladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-apreldagi 142-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2023-y., 09/23/142/0197-son)