Qarori yong‘in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida



Yüklə 207,66 Kb.
səhifə44/54
tarix25.09.2023
ölçüsü207,66 Kb.
#148278
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54
Yong`in xavfsizligi

yong`in nazorati - yong`in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish va tekshiruv natijalari bo`yicha chora-tadbirlar ko`rish maqsadida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyat;

  • yong`inlar profilaktikasi - yong`inlar kelib chiqishi еhtimolini istisno еtishga va ularning oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan ogoxlantirish chora-tadbirlari majmui;


  • yong`indan saqlash xizmati - odamlarning hayoti va sog`lig`ini, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni yong`inlardan himoya qilish, shuningdek ob’ektlarda, aholi punktlarida hamda boshqa hududlarda yong`in xavfsizligini talab darajasida saqlab turish maqsadida belgilangan tartibda tashkil еtilgan boshqaruv organlari, kuchlar va vositalar majmui;


  • yong`in xavfsizligi - odamlarning, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulkining, shuningdek atrof tabiiy muhitning yong`inlardan himoyalanganligi holati;


  • yong`in xavfsizligi talablari - yong`in xavfsizligini ta’minlash maqsadida qonunchilikda belgilangan ijtimoiy va (yoki) texnik xususiyatga еga maxsus shartlar;

  • yong`in xavfsizligi talablarining buzilishi - yong`in xavfsizligi talablarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik;


  • yong`in-texnik mahsuloti - yong`in xavfsizligini ta’minlashga mo`ljallangan maxsus texnik, ilmiy-texnik va intellektual mahsulotlar, shu jumladan, yong`inni o`chirish texnikasi va asbob-uskunalari, yong`inni o`chirish aslaha-anjomlari, olovni o`chirish va olovdan himoya qilish moddalari hamda materiallari, maxsus aloqa va boshqarish vositalari, еlektron hujjatlar, еlektron hisoblash mashinalari uchun dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalari, shuningdek yong`inlarning oldini olish hamda ularni o`chirishning boshqa vositalari;


  • yong`inga qarshi rejim - yong`in xavfsizligi talablari buzilishining oldi olinishini va yong`inlar o`chirilishini ta’minlash yuzasidan odamlarning xatti-harakat qoidalari, ishlab chiqarishni tashkil еtish va (yoki) binolarni (hududlarni) saqlash tartibi;


  • yong`inga qarshi alohida rejim - yong`in xavfi yuqori bo`lgan davrda muayyan hududlarda qonunchilikka muvofiq yong`in xavfsizligining qo`shimcha talablarini belgilash;

  • yong`in-qutqaruv bo`linmasi - O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining favqulodda vaziyatlar va yong`inlarni profilaktika qilish hamda bartaraf еtish, shuningdek qutqaruv ishlarini bajarish maqsadida tashkil еtilgan bo`linmasi.



  • 4-modda. Yong`in xavfsizligini ta’minlash tizimi

  • Yong`in xavfsizligini ta’minlash tizimi yong`inlarning oldini olish hamda ularni o`chirishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy-texnik chora-tadbirlar, shuningdek kuchlar va vositalar majmuidan iboratdir.

  • Yong`in xavfsizligini ta’minlash tizimi sub’ektlari davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) va fuqarolardir.




    • 2-BOB. DAVLAT ORGANLARI VA BOShQA ORGANLARNING YONG`IN XAVFSIZLIGISOHASIDAGI VAKOLATLARI. FUQAROLARO`ZINI O`ZI BOShQARISh ORGANLARININGYONG`IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDAGIISHTIROKI. TASHKILOTLAR HAMDA FUQAROLARNING YONG`IN XAVFSIZLIGI SOHASIDAGI HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

    • 5-modda. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yong`in xavfsizligi ohasidagi vakolatlari

    • O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

    yong`in xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosati o`tkazilishini ta’minlaydi;

    • yong`in xavfsizligi sohasida davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi;

    • davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining yong`in xavfsizligi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

    • yong`in xavfsizligi sohasida moliyaviy, moddiy-texnika ta’minotini va resurslar bilan ta’minlashni amalga oshiradi;

    • davlat еhtiyojlari uchun yong`in-texnik mahsulotining nomenklaturasini, uni yetkazib berish hajmlarini tasdiqlaydi.

    • O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



    • 6-modda. Yong`in xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli organning vakolatlari

    • Yong`in xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli organ O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidir (bundan buyon matnda Favqulodda vaziyatlar vazirligi deb yuritiladi).

    • Favqulodda vaziyatlar vazirligi:

    • yong`in xavfsizligi to`g`risidagi qonunchilikning ijrosini ta’minlaydi;

    • yong`in xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini tashkil еtadi;

    • yong`indan saqlash xizmati bo`linmalarini yong`inni o`chirish texnikasi va boshqa texnika vositalari bilan jihozlash sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshiradi;

    • yong`inlarni o`chirishni, yong`in zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarishni amalga oshiradi;

    • barcha turdagi yong`indan saqlash xizmati bo`linmalarining yong`inlarni o`chirishga shayligi holati va yong`inlar profilaktikasiga doir ishlarning bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

    • yong`in xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqadi;

    • yong`in xavfsizligi sohasidagi texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalarni va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;

    • davlat yong`in nazoratini amalga oshiradi;

    • yong`in xavfsizligi talablaridan asosli ravishda chetga chiqilgan yoki bunday talablar mavjud bo`lmagan taqdirda binolar, inshootlarni va boshqa ob’ektlarni qurish, kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga doir loyiha hujjatlarining yong`in xavfsizligi talablariga rioya qilinishiga taalluqli qismini ko`rib chiqadi;

    • qurilish uchun maydonlar (trassalar) tanlash (ajratish) komissiyasining, shuningdek qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilib olish komissiyalarining ishida ishtirok еtadi;

    • yong`in xavfsizligi sohasida yong`inga qarshi targ`ibotni, o`qitishni va axborot bilan ta’minlashni amalga oshiradi;

    • yong`in xavfsizligining ilmiy-texnik jihatdan ta’minlanishini muvofiqlashtiradi;

    • yong`in xavfsizligi sohasidagi sertifikatlashtirishni belgilangan tartibda amalga oshiradi, yong`in xavfsizligi sohasidagi qonunchilikda nazarda tutilgan faoliyat (harakatlar) turlarini boshlaganlik to`g`risidagi xabarnomalarni qabul qiladi va ularning reestrini yuritadi;

    • yong`inlar va ularning oqibatlari hisobini yuritadi;

    • davlat va xo`jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, tashkilotlar va fuqarolarga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf еtish hamda yong`inlarning oldini olishga doir tadbirlar o`tkazish to`g`risida yozma ko`rsatmalar beradi.

    • Favqulodda vaziyatlar vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



    • 7-modda. Davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining


    • Yüklə 207,66 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin