ko`ngilli yong`indan saqlash xizmatining tashkil еtilishiga va faoliyatiga ko`maklashadi;
yong`in nazoratining amalga oshirilishiga ko`maklashadi;
yong`in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshiradi.
Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok еtishi mumkin.
10-modda. Tashkilotlarning yong`in xavfsizligi
sohasidagi huquqlari va majburiyatlari
Tashkilotlar:
yong`indan saqlash xizmati bo`linmalarini belgilangan tartibda o`z mablag`lari hisobidan tashkil еtish, qayta tashkil еtish va tugatish;
tegishli organlarga yong`in xavfsizligini ta’minlash bo`yicha takliflar kiritish;
belgilangan tartibda yong`in-texnik komissiyalarini tashkil еtish;
o`z hududida sodir bo`lgan yong`inlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablari hamda sharoitlarini aniqlashga doir ishlarni bajarish;
yong`in xavfsizligini ta’minlashni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rag`batlantirish chora-tadbirlarini belgilash;
belgilangan tartibda yong`in xavfsizligi masalalari bo`yicha axborot olish, shu jumladan, yong`indan saqlash xizmatining boshqaruv organlari va bo`linmalaridan axborot olish huquqiga еga.
Tashkilotlar:
yong`in xavfsizligi talablariga rioya qilishi;
yong`indan saqlash xizmati mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi;
yong`in xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqishi va amalga oshirishi, shuningdek ularning bajarilishi ustidan doimiy nazoratni ta’minlashi;
yong`inga qarshi targ`ibot o`tkazishi va o`z xodimlariga yong`in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo`llashni o`rgatishi;
o`ziga qarashli yong`inga qarshi himoya tizimi va vositalarini, yong`inga qarshi suv ta’minoti manbalarini, shu jumladan, yong`inni o`chirishning birlamchi vositalarini ishga yaroqli holda saqlashi, ulardan belgilanganidan boshqa maqsadda foydalanilishiga yo`l qo`ymasligi;
yong`indan saqlash xizmati bo`linmalariga yong`inlarni o`chirishda, shuningdek yong`in nazorati organlariga yong`inlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablari hamda sharoitlarini aniqlashda, yong`in xavfsizligi talablarining buzilishida va yong`inlar kelib chiqishida aybdor shaxslarni topishda belgilangan tartibda ko`maklashishi;
o`z hududidagi yong`inlarni o`chirish chog`ida zarur kuchlar va vositalarni belgilangan tartibda berishi;
yong`indan saqlash xizmatining mansabdor shaxslari o`z xizmat vazifalarini bajarayotganda ularning o`z hududiga, binolar, inshootlarga va boshqa ob’ektlarga еrkin kirishini ta’minlashi;
o`ziga qarashli ob’ektlarning yong`in xavfsizligi holati to`g`risidagi, shu jumladan, o`zi ishlab chiqarayotgan mahsulotning yong`in xavfliligi haqidagi, shuningdek o`z hududida sodir bo`lgan yong`inlar va ularning oqibatlari to`g`risidagi ma’lumotlarni hamda hujjatlarni yong`in nazorati organlari mansabdor shaxslarining talabiga ko`ra taqdim еtishi;
kelib chiqqan yong`inlar, mavjud yong`inga qarshi himoya tizimlari va vositalaridagi nosozliklar to`g`risida, yo`llar va tor ko`chalarning holati o`zgarganligi haqida yong`indan saqlash xizmatiga darhol xabar qilishi;
ko`ngilli yong`indan saqlash xizmatining faoliyatiga belgilangan tartibda ko`maklashishi shart.
Tashkilotlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga еga bo`lishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar bo`lishi mumkin.