O’t o’chiruvchilarni chaqirmay yong’in bilan mustaqil kurashish;
Elektr asboblarini tokdan o’chirmay suv bilan o’chirish (tok urib olishi mumkin);
Tutunni chiqarib yuborish uchun deraza va eshiklarni ochish (yong’in toza havo kirishi natijasida kuchayadi);
Katta maydon yong’in ostida qolgan vaqtda liftdan foydalanish (odam liftda qamalib va tutundan bo’g’ilib qolishi mumkin);
Tutunli yo’lak yoki zinapoya orqali chiqishga harakat qilish (tutun zaharli, issiq havo esa o’pkani kuydirishi mumkin);
Tarnov quvurlaridan, arqon va boshqa narsalarga osilib tushish (qulab tushish ehtimoli katta);
Derazalardan sakrash (3 qavat va undan yuqorisidan sakrashning har ikkinchisi o’lim bilan tugaydi).
Birlamchi o`t o`chirish vositalari
Uglekislotali o’t o’chirgich
Kukunli o’t o’chirgich
Uglekislotali o’t o’chirish vositalari O’t o’chirish vositasi havo kirmasa ham yonadigan moddalarni o’chirish uchun mo’ljallangan. Elektr yurgizgichlarni, elektr asbob uskunalarni, kimyoviy labaratoriyalarda, arxivlarda va muzeylarda yong’in o’chirishda tengi yo’q. Past haroratdan qo’rqmaydi.
Uglekislotali o’t o’chirish vositasini ishlatish tartibi 1. Plombasini buz va mixini chiqarib yuboring.
2. Olovga o’t o’chiruvchi modda chiqish jo’mragini yo’naltiring.
3. Richagni bosing.