Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə15/130
tarix04.10.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#152293
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   130
Dinshunoslik ma\'ruza matni talabaga 2023

YAHUDIYLIK- Yahudiylik dini eramizdan avvalgi 2000 yillarning oxirlarida Falastinda vujudga kelib, yakkaxudolik g‘oyasini targ‘ib qilgan dindir. Yahudiylik millat dini bo‘lib, faqatgina yahudiy xalqiga xos. Yahudiylikning kitobiy asoslari er. av. IV-III asrlarda shakllandi. Bu dinning ta'limotiga ko‘ra olamlarni yaratuvchi yagona xudo Yahve mavjud. U Tavrotni yahudiylarga berish bilan ular bilan ahd tuzgan. Go‘yoki yahudiylar Yahvening yer yuzidagi xalqlarning «eng mumtozi» va keyingi dunyoda berilajak in'omlarning eng haqlisi, Muso Yahvening elchisi, Tora (Tavrot) Yahve tomonidan Musoga Tur tog‘ida berilgan muqaddas kitob. Yahve olamlarni yaratishni yakshanbada boshlab, juma kuni tugatdi, shanba kuni esa dam oldi va yahudiylarga ham shu kuni dam olishni buyurdi. Shuning uchun yahudiylik diniga ko‘ra shanba kuni ulug‘ kun hisoblanib, hyech qanday mehnatga qo‘l urilmaydi.
Bundan tashqari yahudiylikda messiya - xaloskorning kelishi haqidagi ta'limot ham keng o‘rin olgan. Unga ko‘ra oxirzamonda Yahve yahudiylar orasidan bir xaloskorni chiqaradi va u quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) dunyoni qaytadan, isloh qilgan holda qurish; 2) butun yahudiylarni Sinion (Quddus yaqinidagi tepalik) atrofida to‘plash; 3) ularning barcha dushmanlarini jazolash.
Muso Tur tog‘ida Yahve bilan uchrashganda unga 10 ta lavhani tushirdi. Ularda ushbu din asosini tashkil qilgan 10 ta nasihat bor edi:
1. Yahvedan boshqani iloh deb ushlamaslik;
2. But, sanam va rasmlarga sig‘inmaslik;
3. Bekordan-bekorga Xudo nomi bilan qasam ichmaslik;
4. Shanba kunini hurmat qilish va uni Xudo uchun bag‘ishlash;
5. Ota-onani hurmat qilish;
6. Nohaq odam o‘ldirmaslik;
7. Zino qilmaslik;
8. O‘g‘irlik qilmaslik;
9. Yolg‘on guvohlik bermaslik;
10. Yaqinlarning narsalariga ko‘z olaytirmaslik.
Yahudiylikdagi oqimlar. Yahudiylikdagi oqimlar haqida gapirganda ularni qadimiy oqimlar va zamonaviy oqimlarga bo‘lishimiz mumkin. Qadimiy oqimlarga: SaduqiylarFarziylaryesseylar kiradi.
Saduqiy nomi podshoh Dovud payg‘ambar davrida yashagan ruhoniy Saduq nomi bilan bog‘liq. Ko‘plab mansabdor ruhoniylar saduqiy bo‘lganlar. Ular diniy ishlarda faqat Qonun (Musoning besh kitobi)ni tan olganlar. Qonunda ruhoniylar, qurbonliklar, ibodatlar haqida so‘z boradi, lekin oxirat va qiyomat haqida hyech narsa deyilmagan. Shuning uchun saduqiylar qiyomatda o‘lganlarning qayta tirilishini tan olmaganlar.
Farziy nomi qadimiy yahudiy tilidagi «tushuntirish», «ajratib ko‘rsatish» so‘zidan olingan bo‘lib, ular Musoning qonunini sharhlaganlar va oddiy odamlarga o‘rgatganlar. Farziylar Musoning zamonidan beri og‘zaki an'ana davom etib kelyapti deb hisoblaydilar. Ular har bir avlod o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun Qonunni sharhlay oladi deb bilganlar.
Ular muqaddas manba sifatida nafaqat Musoning qonunini, balki boshqa payg‘ambarlarning ham muqaddas yozuvlarini, hatto o‘zlarining urf-odatlarini ham qabul qilganlar va bularning hammasiga sinchkovlik bilan amal qilganlar. Shuning uchun ular ovqatga, kiyimga va boshqa narsalarga juda ehtiyot bo‘lganlar. Qo‘llari va badanlarining ozodaligiga katta e'tibor berganlar. Farziylar juda ko‘p payg‘ambarlar ta'kidlagan qiyomatga, o‘lganlarning qayta tirilishiga ishonganlar.
Yesseylar. Quddusdagi ko‘pgina ruhoniylar Xudo ulardan talab qilganidek yashamas edilar. Undan tashqari rimliklar ba'zi diniy mansablarga Musoning Qonuniga muvofiq munosib bo‘lmagan shaxslarni tayinlagan edilar. Buni ko‘rgan bir guruh ruhoniylar Quddusda ibodat qilish va qurbonlik qilish Qonunga to‘g‘ri kelmay qoldi, deb hisobladilar. Ular Quddusni tashlab, yahudiy sahrolariga chiqib ketdilar va o‘sha yerda o‘z jamoalarini tashkil qildilar. Ularni yesseylar deb atashdi. yesseylar Xudo tomonidan yuboriladigan xaloskor - Messiyaning kelishi va Quddusni tozalashini kutib, ibodat qilib yashar edilar.
Massonizmning ma'nosi «ozod quruvchilar» bo‘lib, yahudiylikdagi yashirin tashkilotdir. U milodiy 44 yili Rim imperatorlaridan Irod Akriba tomonidan o‘zining ikki yahudiy maslahatchisi: rais o‘rinbosari Hyeron Abyud va birinchi sekretar Muob Lomiy yordamida tashkil etilgan. Maqsadi – dunyoda yahudiylar hukmronligini o‘rnatishga erishish. U tashkil topgan davrda «maxfiy qudrat» deb atalardi. Keyinchalik massonizm deb ataldi.
Sionizm nomi Quddusdagi Sion tog‘i bilan bog‘liq. Bu oqim avstraliyalik yahudiy jurnalist T. Gerlsning «Yahudiylar davlati» risolasi asosida tuzilgan. Bu oqimning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi – yahudiylar o‘zlari yashab turgan turli o‘lkalardan chiqib, Falastinda «milliy birlashish»ga erishish. Sionizm «jahon yahudiy millati» - «oliy millat» kabi g‘oyalarni ilgari suradi. O‘z g‘oyasiga ko‘ra sionizm siyosiy oqim bo‘lib, maqsadiga erishish yo‘lida yahudiy dinidan foydalanadi.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin