Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja


«Aum Sinrikyo». Sektaning paydo bo'lishi



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə75/130
tarix04.10.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#152293
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   130
Dinshunoslik ma\'ruza matni talabaga 2023

«Aum Sinrikyo». Sektaning paydo bo'lishi. Asaxara 1955 yilda Kyusyu orolida tug'ilgan. U 1984 yilda «Aum Shinsen-no-kay» («Ma`nan yetuk va g'ayritabiiy kuchga ega insonlar jamiyati») diniy tashkilotiga asos solgan. Tashkilot keyinchalik «Aum Sinrikyo» deb nomlangan. To'rt yildan so'ng uning izdoshlari soni 3-4 ming kishiga yetgan.
Uning muridlari nafaqat Yaponiya, balki AQSh va Rossiyada ham bor edi.
U tarafdorlarini hindlar ma`budi Shivaning qayta tug'ilgan qiyofasi ekanligiga ishontirgan (Asaxara o'zini «Tokio Isosi» va «Muqaddas papa» deb ham atagan) va ulardan barcha mol-mulklarini unga berishni talab qilgan. Asaxara o'z ta`limotini barcha dinlarning umumlashmasi deb e`lon qilgan.
Aytishlaricha, uning izdoshlari aksariyat vaqt davomida ovqatlanish, uxlash va yaqinlari bilan suhbatlashishdan voz kechishgan. Natijada ular muntazam ravishda yarim gipnoz holatida yurishgan, irodalari sustlashgan.

«Aum Sinrikyo» safida shifokor va olimlardan iborat oliy ma`lumotli kishilar ham bo'lishgan va ularning ayrimlari jinoyatlarda ishtirok etishgan.
Sekta a`zolari televideniye orqali tez-tez chiqishlar qilib, o'z tashkilotlari haqida so'zlab berishgan. OAV ularga odamlar ongiga ta`sir ko'rsatishlarida yordam bergan.
Sud stenogrammalariga ko'ra, Asaxara qiyomatdan qochib qutulib bo'lmasligini, u o'ldirgan insonlar esa jannatga tushishini ta`kidlagan.
Shafqatsiz qotilliklar
1989 yil noyabrida advokat Tsutsumi Sakamoto butun oilasi bilan o'ldiriladi. Yurist bir necha kishiga farzandlarining Asaxara ta`siridan qutulishiga yordam bergandi. Uni xotini va bir yoshli o'g'li bilan birgalikda bo'g'ib o'ldirishadi.
1990 yilda Asaxara va uning 24 sherigi vakillar palatasiga saylovlarda mag'lub bo'lishgach, sekta asoschisi qasos rejasini tuzdi.
Fudziyama tog'i etagidagi qishloqlardan birida «Aum Sinrikyo» zaharli zarin gazi va o'tochar qurollar ishlab chiqarish bilan shug'ullana boshladi.
1994 yilda guruh a`zolari bu gazdan Matsumoto shahridagi tumanlardan birida foydalanishdi. Sektaga qarshi da`voni ko'rayotgan sudya hujumga uchradi. Bundan tashqari, tashkilot o'zi ishlab chiqargan qurolni tekshirib ko'rmoqchi edi. Oqibatda sakkiz kishi halok bo'ldi, 600 kishi jarohatlandi.
Keyingi yili zarin Tokio metrosida qo'llanildi – tashkilotning 15 a`zosi gazli paketlarni beshta turli poyezd vagonida odam gavjum bo'lgan vaqtda teshib qo'yishdi. Natijada 6 mingdan ortiq kishi zaharlandi, 13 kishi qurbon bo'ldi.
Tez orada Asaxara hibsga olindi va 1996 yilda sud eshituvlari boshlandi.
Nihoyat, 6 iyul kuni sekta asoschisi qatl etilganidan so'ng «Aum Sinrikyo» faoliyatidan jabrlanganlar yengil nafas olishdi. Ammo bu hali hammasi tugadi degani emas – tashkilot 2000 yilda «Alef» nomi bilan qayta faoliyat boshlagan deb hisoblanadi.
Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga «Alef» a`zolari politsiyaning qat`iy kuzatuvida ekanligini bildirdi. 
Darvoqe, «Aum Sinrikyo» bilan aloqador yana bir guruh mavjud. Uni 2007 yilda Asaxaraning sobiq tarafdori Fumixiro Joyu tashkil etgan. 
Mahalliy huquq organlari ma`lumotlariga ko'ra, «Aum Sinrikyo» bilan aloqador guruhlar tarafdorlari Yaponiyada 1650ga yaqin kishini, Rossiyada 460 kishini tashkil etadi. Ularning mablag'i 1 mlrd iyen ($9 mln)dan oshadi.
«Aum Sinrikyo»ning tarafdorlari necha kishi ekanligini esa aytish qiyin. Ayni paytda ularning soni 60 mingga yetganligi taxmin qilinadi.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin