Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti fiziologiya kafedrasi


Ish uchun zarur asboblar va materiallar



Yüklə 2,9 Mb.
səhifə118/191
tarix07.01.2024
ölçüsü2,9 Mb.
#205776
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   191
1-kurs Odam anatomiyasiUUM2023-2024

Ish uchun zarur asboblar va materiallar:
1. Spirometr.
2. Sekundometrli soat
3. Paxta, shisha banka,suv.
Ishni bajarish tartibi:
1.Talabalar 3 kishidan iborat kichik guruhlarga bo’linadi.
2.Har qaysi kichik guruh tajriba natijalarini yozish uchun karta tayyorlaydi (forma ilovada).
3.Kichik guruh talabalari bir birovlarini tinch holatdagi o’pka tiriklik sig’imini (O’TS) o’lchab kartaga yozadi.
Buning uchun:
a) tekshiriluvchi spirometrga yaqin borib, tikka turadi;
b) ikki marta chuqur nafas olib, nafas chiqaradi;
c) uchinchi marta chuqur nafas olib, burnini barmoqlari yoki qisqich bilan qisib o’pkasidagi havoni sekinlik bilan spirometr trubkasiga bor kuchi bilan puflaydi.
d) shu payt tekshiruvchi talaba spirometr strelkasi yoki chizig’i orqali raqamlarga qarab tekshiriluvchining o’pkasini tiriklik sig’imini aniqlab kartaga yozadi.
Izoh: normada o’pkaning tiriklik sig’imi erkaklarda 3 – 3,5 litr, ayollarda – 2,5 – 3 litr, o’smir o’g’il bolalarda (15 yosh)- 2,5 – 3 litr, o’smir qiz bolalarda (15 yosh) 2 – 2,5 litr, chiniqqan sportchilarda – 5 – 8 litr bo’ladi.
4. Shundan keyin tekshiriluvchi 2 minut dam oladi. SHu vaqtda u hamrohini o’pkasining tiriklik sig’imini o’lchaydi.
5.Tinch holatda o’pkaning tiriklik sig’imi kichik guruhning hamma talabalarida aniqlangandan so’ng, funksional tajribalar yordamida tashqi nafasni o’zgarishi aniqlanadi. Buning uchun Rozental tajribasi o’tkaziladi: tekshiruvchi har 15 sekundda chuqur nafas olib spirometr nayiga 5 marta ketma–ket puflaydi. Tekshiruvchi эsа spirometrdagi raqamlarni (natijalarni) kartaga yozib boradi.


Izoh: Sog’ligi yaxshi va chiniqqan kishilarda 5 marta ketma – ket o’lchaganda o’pkaning tiriklik sig’imi oshib boradi yoki bir xilda turadi. Sog’ligi ojiz va chiniqmagan kishilarda bu ko’rsatgich asta – sekin kamayib boradi.
6. Shundan keyin tekshiriluvchi 3 minut davomida dam oladi. Shu vaqtda ikkinchi talabada Rozental tajribasi o’tkaziladi.
7. Uch minutlik dam olishdan keyin Shtanga tajribasi o’tkaziladi: bunda tekshiriluvchi 2–3 marta nafas olib chiqaradi, so’ng chuqur nafas olib, nafas chiqaradi va burnini barmoqlari bilan qisib nafas olmay turadi. Tekshiruvchi esа soat sekundomeriga qarab turadi. Nafas olmasdan qancha uzoq vaqt tura olsa, uning yurak va nafas olish organlari shuncha sog’lom va chiniqqan bo’ladi.
Izoh: Normada erkaklarda bu ko’rsatgich 40–60 sekund, ayollarda 30–40 sekund, chiniqqan erkaklarda 100–120 sekund, chiniqqan ayollarda 80–100 sekund, olti yoshli bolalarda 15–20 sekund.
8. Shundan keyin tekshiriluvchi 3–5 minut dam oladi. Shu vaqtda ikkinchi talabada SHtanga tajribasi o’tkaziladi.
9. Uch – besh minutlik dam olishdan keyin Gench tajribasi o’tkaziladi: tekshiriluvchi 2–3 marta nafas olib chiqaradi, so’ng chuqur nafas olib, burnini barmoqlari bilan qisadida nafas chiqarmay turadi. Tekshiruvchi soat sekundomeriga qarab vaqtni belgilaydi.

Yüklə 2,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin