Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti fiziologiya kafedrasi


Avvalgi mavzuda o’tilgan “Qonning tarkibi. Qon tomirlarining tuzilishi.” mavzusi bo’yicha savollar



Yüklə 2,9 Mb.
səhifə116/191
tarix07.01.2024
ölçüsü2,9 Mb.
#205776
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   191
1-kurs Odam anatomiyasiUUM2023-2024

Avvalgi mavzuda o’tilgan “Qonning tarkibi. Qon tomirlarining tuzilishi.” mavzusi bo’yicha savollar.

  1. Organizmning ichki muhitini qanday tushunasiz?

  2. Qon qanday funksiyalarni bajaradi?

  3. Qon qanday tarkibiy qismlardan iborat?

  4. Qon plazmasi tarkibiga qanday moddalar kiradi?

  5. Qonning shaklli elementlariga nimalar kiradi?

  6. Eritrotsitlarning tuzilishi va vazifalarini ayting.

  7. Leykotsitlarning turlari va vazifalarini tushuntiring

  8. Trombotsitlar qanday vazifani bajaradi?

  9. Qon nimalarga asosan guruhlarga bo’linadi?

  10. Arteriyalar deb nimaga aytiladi.

  11. Venalar deb nimaga aytiladi.

Ilova-2
Yurakning tuzilishi. Qon aylanish doiralari” mavzusi bo’yicha
ishni bajarish tartibi:
Ish-1. Yurakning tuzilishi.
1. Yurak qon aylanish sistemasining markaziy qismi bo’lib, muskullardan tashkil topgan kovak organdir. Yurakning massasi erkaklarda 220-300 gramm, ayollarda esa 180-220 grammgacha bo`ladi. Yurak ko`krak qafasida to’sh suyagining orqasida joylashgan bo’lib, uning ko’proq qismi ko’krak bo’shlig’ining chap tomonida turadi. U orqa tomondan qizilo’ngach va aorta qon tomirining pastga tusuvchi qismi orqali umurtqa pog’onasidan, pastki tomondan diafrasma orqali qorin bo’shlig’idan ajralib turadi.
Yurak devori uch qavatdan: ichki endokard, o’rta muskul, ya‘ni miokard va tashqi perikarddan iborat. Perikard ikki qavat bo’lib ichki qavati yurak muskuliga yopishib turadi, uni epikard deyiladi. Yurak 4 kameradan tashkil topgan. O’ng va chap bo’lmachalar, o’ng va chap qorinchalar. Yurakda 4 ta klapan (qopqoq) bo’lib, chap bo’lma va chap qorincha o’rtasida ikki tavaqali, o’ng bo’lma va o’ng qornicha o’rtasida uch tavaqali, chap qorincha bilan aorta qon tomiri o’rtasida hamda o’ng qorincha bilan o’pka arteriyalari o’rtasida yarimoysimon klapanlar bo’ladi. Klapanlarning vazifasi qonni faqat oldinga harakatlantirishdan iborat.
Yurak nasos singari tomirlardan qonni to’xtovsiz harakatlantiradi va tananing hamma organlari, to’qimalari hujayralarini oziq moddalar va kislorod bilan ta‘minlaydi. Uning kameralari orqali bir daqiqada katta odamda 5 litr qon o’tadi, lekin bu qonning bir tomchisidan ham yurak o’z ehtiyoji uchun foydalanilmaydi. Yurak muskullari ikkita maxsus tojsimon arteriya orqali qon bilan ta‘minlanadi. Bu tomirlar aortaning boshlang’ich qismidan ajralib, yurak muskullari orasiga kiradi. Arteriya tomirlaridagi qon yurak muskullarini oziq moddalar va kislorod bilan ta‘minlab, vena qoniga aylanadi, ikkita yurak venasini hosil qilib yurakning o’ng bo’lmachasiga quyiladi. Katta yoshli odamda tinch holatda yurakning tojsimon arteriyasi orqali bir daqiqada 200-250 ml qon yurak muskullariga boradi. Jismoniy mashq bajarganda esa bu qonning miqdori 800-1000 ml gacha ortadi. Bir kecha-kunduzda tojsimon arteriyalar orqali 500 l qon yurak muskullaridan oqib o’tadi.

Yüklə 2,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin