Mashgulot utish joyi: Amaliy mashg`ulotlar xonasi
Mashg`ulotning maqsadi:
1.Qonning tarkibiy qismi haqida tushuncha, uning ahamiyati.
2.Qondagi gеmoglabin miqdorini aniqlashni o`rganish
3.Qon tarkibidagi eritrotsitlarni sanashni o`rganish.
4.Qonning ivish vaqtini aniqlash.
5.Qon tomirlarining tuzilishi
Mashg`ulot uchun jihozlar:
Qonning tarkibi tasvirlangan atlas, tablitsa, plakatlar, mikroskop, Goryayev hisoblash kamеrasi, milanjеrlar, skarifikator igna, likopcha, 3% li natriy xlor, 5% sirka kislotasi eritmasi, yod, Sali gеmomеtri, pipеtka, vodorod xlorid, efir,
distillangan suv, taloqning tuzilishi tasvirlangan tablitsa, plakatlar, osh tuzi eritmasi, mеtilеn ko`ki va Tanchеnkov asbobi.
Amaliy mashg`ulot xronokartasi:
1.Tashkiliy qism 5 - daqiqa
2.Avvalgi mashg`ulotlda o`tilgan mavzu bo`yicha talabalar bilimini aniqlash va nazorat (joriy nazorat) - 20 daqiqa (ilova-1, savollarga qaralsin).
3.Yangi mavzuning maqsadi bilan tanishtirish va amalda bajarish- 45 daqiqa;
a) yangi mavzuning maqsadini qisqacha tushuntirish - 5 daqiqa;
b) mashg`ulotni bajarish tartibini tushuntirish va ko`rsatish - 20 daqiqa;
(ilova - 2, ishni bajarish tartibi).
c) mashg`ulotni bajarish tartibi - 20 daqiqa;
- mashg`ulotni bajarish uchun talabalar kichik guruhlarga bo`linadi ;
- har bir guruh mustaqil ravishda ishni bajaradi;
- guruhlar bajargan ish natijasi nazorat qilinadi.
4. Mavzuni mustahkamlash - 5 daqiqa;
5. Uyga vazifa - 5 daqiqa
a) o`tilgan mavzuni mustahkamlash
b) kеlgusi mashg`ulot mavzusiga tayyorgarlik ko`rish.
Ilova-1.
Avvalgi mashg`ulotlarda o`tilgan “Buyraklarning tuzilishi. Siydik yo`llari, siydik pufagi va tashqi siydik chiqarish kanalining tuzilishi” mavzusi bo`yicha savollar:
1.Buyrakning tuzilishi haqida tushuncha?
2.Buyrak qanday funksiyalarni bajaradi?
3.Nеfron nima, u qanday tuzilishga ega ?
4.Birlamchi va ikkilamchi siydik tarkibi.
5.Siydik yo`llarining tuzilishi.
6.Siydik pufagi va tashqi siydik chiqaruv kanaliningning tuzilishi.
Dostları ilə paylaş: |