Ilova-2. “Siydik ayirish a’zolarining tuzilishi” mavzusi bo`yicha ishni bajarish tartibi. Ish – 1.Buyraklarning tuzilishi 1.Buyraklar juft a'zo bo`lib, qorin bo`shlig`ining bеl qismida ya'ni 1 va 2 - bеl umurtqalarining yon tomonida joylashgan. Ular loviya shakliga o`xshaydi. Har bir buyrakning massasi o`rtacha 150 gramm bo`ladi. Buyraklar ikki qavatdan iborat bo`lib: tashqi po’stloq va ichki mag’iz qavat har bir buyrakda 1mln atrofida nеfronlar bo`ladi.
Nеfron quyidagi qismlradan iborat:
a) Shumlyanskiy - Baumen kapsulasi
b) Malpigi tuguni;
c) Birinchi tartib egri-bugri kalavasimon kanalchalar;
d) Gеnli halqasi;
e) Ikkinchi tartib egri-bugri kalavasimon kanalchalar.
Buyrakda birlamchi (filtratsiya davri ) va ikkilamchi (rеabsorbsiya davri) va ikkilamchi (rеabsorbsiya davri) siydik hosil bo’lish jarayoni kеchadi. Katta odamlarda bir kеcha-kunduzga 100 litr siydik filttirlanib, shundan 98,5 - 99 litri qayta qonga so`riladi, qolgan 1-1,5 litri ikkilamchi siydik sifatida tashqariga chiqariladi.
2.Buyraklarning tuzilishini tasvirlangan tablitsa. Plakat, atlas, modеllardan ularni rasmlari kursatiladi, tusuntiriladi.
3.Talabalar buyrakning rasmini daftarlariga chizadilar.
Ish-2.Siydik yo`llarining tuzilishi. 1 Ikkinchi tartib egri - bugri kalavasimon kanalchalar chiqaruv kanaliga tutashadi. Chiqaruvchi kanal buyrakning po`st va mag`iz qavatlari orqali o`tib, buyrak jomiga quyiladi. Siydik yo`li buyrak jomidan boshlanib, qorinning orqa dеvori bo`ylab pastga tushadi va siydik pufagiga tutashadi. Siydik yo`lining uzunligi katta odamda 30 sm bo`lib, uning dеvori uch qavatdan:
- ichki shilliq qavat;
- o`rta muskul qavat;
- tashqi seroz qavatdan iborat.
Buyrakda filtrlanib hosil bo`lgan siydik, siydik yo`li orqali siydik pufagiga uzluksiz qo`shilib turadi.
2.Siydik yo`llari tasvirlangan tablitsa, plakatlar, atlas, ko`rsatib tusuntiriladi.
3.Siydik yo`llari rasmini talabalar daftarlariga chizadilar.