Amaliy mashg`uloti xronokartasi. 1.Tashkiliy qism-5 daqiqa.
2. Avvalgi mashg`ulotda o`tilgan og’iz bo’shlig’i, qizilo’ngach, me‘da,ichaklar,jigar va me‘da osti bezining tuzilishi haqida talabalar olgan bilimini aniqlash va nazorat (joriy nazorat) – 20 daqiqa.(1-ilovadagi savollarga qaralsin).
3.Yangi mavzuning maqsadi bilan tanishtirish va amalda bajarish – 45 daqiqa.
a)Yangi mavzuning ahamiyatini qisqacha tushuntirish – 5 daqiqa.
b)Mashg`ulotni bajarish tartibini tushuntirish va ko`rsatish – 20 daqiqa.
(2-ilovadagi ishni bajarish tartibiga qaralsin).
d)Mashg`ulotni bajarish tartibi-20 daqiqa.
- mashg`ulotni mustaqil bajarish (Burun bo`shlig`i, burun halqum,hiqildoq,kekirdak va bronxlarning tuzilishi daftarga chiziladi);
- talabalar mustaqil ravishda ishni bajaradi;
- bajargan ish natijasini nazorat qilish;
4.Mavzuni mustahkamlash-5 daqiqa.
5.Uyga vazifa – 5 daqiqa.
a)O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
b)Kelgusi mashg`ulot mavzusiga tayyorgarlik ko`rish.
Ilova-1 Avvalgi mashg’ulotda o’tilgan mavzu “Og’iz bo’shlig’i, qizilo’ngach, me‘daning tuzilishi. Ichaklar. Jigar va me‘da osti bezining tuzilishi.” bo’yicha savollar 1. Og`iz bo`shlig`ida nimalar joylashgan?
2. Til qanday funksiyani bajaradi?
3. Qizilo`ngachning uzunligi qancha?
4. Me`daning qanday qismlari bor?
5. Ingichka ichakda qanday qismlar bor?
6. Yo`g`on ichakda qanday qismlar bor?
7. Jigarning joylashuvini ayting.
8.Me`da oati bezining tuzilishini ta`riflani.
Ilova-2 “Nafas olish a’zolarining tuzilishi” mavzusi bo`yicha ishni bajarish tartibi 1-ish. Burun bo`shlig`i, burun halqumning tuzilishini o`rganish. Burun bo`shlig`i yuqori, pastki va ikkita yon devordan tashkil topgan. Burun bo`shlig`I o`rtasidan ikkiga bo`lingan.Uning ichki yuzasi shilliq qavat bilan qoplangan.Bu qavatda juda ko`p mayday bezchalar bo`lib,ulardan shilimshiq suyuqlik ajraladi. Shilliq qavat mayday qon tomirlari va nerv tolalariga boy. Burun bo`shlig`ining oldingi qismida mayday tukchalar bo`ladi.Ular nafas oladigan havo tarkibidagi chng zarralarini tutib qolib,organizmni himoya qilish vazifasini bajaradi.
Nafas olganda tashqi muhitdan kirgan havo burun bo`shlig`i orqali o`tganda iliydi,namlanadi va chang zarralaridan tozalanadi.Burun bo`shlig`ining orqa qismida halqumning yuqori qismi jo`lashadi.Halqum esa burun,og`iz va hiqildoq boshliqlari bilan tutashgan bo`lib ucta nom bilan ataladi.Burun halqum,og`iz va huqildoq qismlari. Burun halqum qismiga burunning burunning orqa teshiklari xoanalardan tashqari halqum bo`shlig`ini o`rta quloq bo`shlig`i bilan tutashtirib turuvchi eshitish naylari ham ochiladi.Nafas havosi burun halqumdan halqumning og`z bo`shlig`iga,co`ng hiqildoqqa o`tadi.