5-ish. O’pkaning tuzilishi
O’pka bir juft bo`lib konussimon tuzilgan.O‘pkalar ko‘krak bo‘shlig‘ining ikki tomonida joylashgan. O`ng va chap o’pkalar o`rtasida kekirdak, qizilo`ngach, qon tomirlari, ayrisimon bez, nerv tolalari, limfa tomirlari va tugunlari hamda yurak joylashgan. O‘ng o‘pka chap o‘pkadan biroz kattaroq bo‘lib, uch bo‘lakdan, chap o‘pka esa ikki bo‘lakdan iboratdir. O`pkalar pastki tomondan diafragma, orqa tomondan umurtqa pog`onasi, oldingi tomondan to`sh suyagi va atrof tomondan qovurg`alar bilan chegaralangan. O`pka to`qimasi daraxtsimon shakldagi o`rtacha, mayda va eng mayda bronxchalardan hamda pufakchasimon alveolalardan tashkil topgan. Bronxiola (mayda bronxchalar), pufakchalar alveola birgalikda uzum shingili shaklidagi atsinusni hosil qiladi. Atsinus o`pkaning tuzilish va funksional birligi hisoblanadi. Ikkala o`pkada 20 mingga yaqin atsinuslar uchraydi. Atsinuslardan 12-18 tasi birgalikda o`pka bo`lakchasini, bir necha bo`lakchalar yig`indisi o`pka segmentini, ularning yig`indisi o`pka bo`lagini, bo`laklar yig`indisi o`pkalarni tashkil etadi. O`pka alveolalarida gaz almashinuvi jarayoni kechadi. Alveolalar devori bir qavatli epiteliy to`qimasidan iborat bo`lib, atrofi mayda qon tomirlari-kapillayarlar bilan to`rsimon shaklda o`ralgan. Alveolalarning soni ikkala o`pkada 750 mln atrofida bo`ladi. Alveolalarning umumiy sathi 100 m2 ni tashkil qiladi. Ular yuzasining bunday katta sathga ega bo`lishi o`pka bilan tashqi muhit o`rtasida hamda alveolalar bilan qon o`rtasida gazlar almashinuvi tezlashuvini ta`minlaydi. O‘pkalarni tashqi tomondan plevra pardasi o‘rab turadi. U ikki qavatdan iborat bo‘lib, ular o‘rtasida torgina plevra bo‘shlig‘i bo‘ladi. Undagi bosim atmosfera bosimidan past bo‘lgani uchun nafas olgan paytda o‘pkalarning kengayishini, nafas chiqargan paytda torayishini qulaylashtiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Xudoyberdiev R.E., Ahmedov N.K., Zohidov X.Z. «Odam anatomiyasi» Tibbiyot oliygohlari uchun darslik. Т., Ibn Sino nashriyoti 1993 y.
2. Baxodirov F.N. «Odam anatomiyasi» Toshkent «O'zbekiston» 2006 у
3. Qodirov E. «Odam anatomiyasi», Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirfigi. T.2003
4. Axmedov A.. «Odam anatomiyasi» Tibbiyot oliygohlari uchun darslik. T .«Iqtisodiy-moliya». 2007 y.
Dostları ilə paylaş: |