Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti fiziologiya kafedrasi


Ilova-1 Avvalgi mashg’ulotda o’tilgan mavzu “Bosh, gavda va bo’yin muskullari”



Yüklə 2,9 Mb.
səhifə104/191
tarix07.01.2024
ölçüsü2,9 Mb.
#205776
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   191
1-kurs Odam anatomiyasiUUM2023-2024

Ilova-1
Avvalgi mashg’ulotda o’tilgan mavzu “Bosh, gavda va bo’yin muskullari”
bo’yicha savollar:

  1. Chaynov muskullariga qanday muskullar kiradi?

  2. Mimika muskullarini ayting?

  3. Gavda muskullari joylashuviga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?

  4. Orqaning yuza muskullari

  5. Orqaning chuqur muskullariga qanday muskullar kiradi?

  6. Ko’krakning yuza muskullarini ayting

  7. Ko’krakning haqiqiy muskullariga qanday muskullar kiradi?

  8. Qorin muskullariga qanday muskullar kiradi?

Ilova-2
Ovqat hazm qilish a’zolarining tuzilishi” mavzusi bo’yicha ishni bajarish tartibi.
Ish-1 Og’iz bo’shlig’ining tuzilishi.
1. Og’iz bo’shligida tishlar, til va so’lak bezlarining kanalchalari joylashgan. Tishlar ikki xil bo’lib, sut tishlar 20 ta, doimiy tishlar 32 ta. Bola 1 yoshga to’lganda 8 ta, ikki yoshga to’lganda 20 ta sut tishi bo’ladi. Bolaning olti yoshidan 12 yoshigacha sut tishlari doimiy tishlar bilan almashinadi. Tishning ko’rinib turgan qismi koranka deb atalib, u oq emal bilan qoplangan. Tishning milkka birikkan joyi uning bo’yin qismi deb ataladi. Tishning ildiz qismi jag’ suyaklariga birkkan bo’ladi. Tish emali butunligini saqlashga harakat qilish kerak. Buning uchun tish bilan qattiq narsalarni chaqmaslik, issiq ovqat ustidan sovuq ichimlik iste‘mol qilmaslik shuningdek piyoz, sarimsoq, shivit (ko’katlar) sabzavot va mevalarni iste‘mol qilib turish lozim.
2. Og’iz bo’shlig’ini tuzilishi tasvirlangan tablitsa, plakatlar ko’rsatiladi, tushuntiriladi.
3. Talabalar og’iz bo’shlig’ini tuzilishi rasmini daftarlariga chizadilar.
Ish-2. Qizilo`ngach va me‘daning tuzilishi.
1. Qizilo`ngach naysimon shakldagi hazm yo’li bo’lib, uzunligi 23-25 sm, devori uch qavatdan tashkil topgan ichki shilliq, o’rta muskul, tashqi siyrak tolali biriktiruvchi to’qima. U to’sh suyagining orqasida joylashgan bo`lib, ovqatni halqumdan me‘daga o’tkazish vazifasini bajaradi.
2. Me‘da qorin bo’shlig’ining yuqori qismida diafragma ostida joylashgan. U to’rt qismdan iborat (kirish, tubi, tanasi va pilorik (chiqish) qismlardan). Katta odamlarda uning hajmi o’rtacha 2,5 litr atrofida bo’ladi.
Me‘daning shilliq pardasi ostida 14 mlnga yaqin mayda bezlar joylashgan bo’lib, ular pepsin, lipaza fermentlari va xlorid kislota ajratadi. Bu bezlardan sutka davomida 3 l ga yaqin me’da shirasi ajraladi. Pepsin oqsillarni, lipaza yog’larni parchalaydi,xlorid kislota esa pepsinning faolligini oshiradi. Me‘dada aralash ovqatlar 3-4 soat, yog’li ovqatlar 5-6 soatgacha saqlanishi mumkin.
Me‘daning devori 3 qavatdan tashkil topgan (shilliq, shilliq osti, muskul va seroz qavatlar. Shilliq va muskul qavatlar orasi shilliq osti qavat deb atalib unda 14 mlnga yaqin mayda bezlar joylashgan).
3. Qizilo`ngach va me‘daning tuzilishi tasvirlangan tablitsa, plakatlar ko’rsatiladi va tushuntiriladi.
4. Mustaqil ish bajarish jarayonida qizilo`ngach va me‘daning tuzilishi rasmini talabalar daftarlariga chizadilar.

Yüklə 2,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin