Ilova-2 “Qo’l va oyoqlar skeleti” mavzusi bo’yicha ishni bajarish tartibi Ish-1. Qo’l skeleti 1. Qo’l suyaklari ikki qismga bo`lib o`rganiladi: yelka kamari va qo’lning erkin suyaklari. Yelka kamari suyaklariga kurak va o’mrov suyaklari kiradi. Kurak uchburchak shaklidagi yassi suyak bo’lib, ichki botiq yuzasi bilan 2-7 qovurg’alar ustiga yopishgan bo’ladi. Kurakning tashqi burchagida bo’g’im yuzasi bo’lib, u yelka suyagi bilan birikishga moslashgan. O’mrov suyagi ichki tomondan to’sh suyagiga, tashqi tomonidan kurak suyagiga birikadi.
Qo’lning erkin suyaklariga yelka, bilak-tirsak, kaft va panja suyaklari kiradi:
a) Yelka suyagi uzun naysimon suyak bo’lib, yuqorigi uchi kurak suyagi bilan birikib elka bo’g’imini, pastki qismi esa bilak-tirsak suyaklari bilan birikib, tirsak bo’g’imini hosil qiladi.
b) Bilak-tirsak suyaklari naysimon suyak bo’lib, bilak suyagi qo’lni tashqi, tirsak suyagi ichki tomonida joylashgan. Bu suyaklarning pastki qismi kaft usti suyalari bilan birikadi.
d) Qo’l panja suyaklari uch qismdan iborat: kaft usti suyaklari – 8 ta bo’lib, ular 4 tadan ikki qator bo’lib joylashgan. Kaft suyaklari –5 ta bo’ladi. Barmoq suyaklari – bosh barmoqda 2 tadan, qolganlarida 3 tadan,jami 14 ta bo’ladi.
4. Qo’l suyaklari tasvirlangan tablitsa, plakat, atlas, skeletdan foydalanib qo’l suyaklari ko’rsatiladi va tushuntiriladi.
Ish-2 Oyoq skeleti Oyoq suyaklari ikki qismga bolib o`rganiladi: Oyoq kamari (chanoq) suyaklari va oyoqning erkin suyaklari.Ular birgalikda harakat, himoya, tayanch vazifalarini bajaradi.
Chanoq suyagi uchta suyakning birikishidan tashkil topgan: yonbosh, quymich (o’tirg’ich) va qov suyaklari. Chanoq suyagining yuqori qismi kengaygan bo’lib, katta chanoq deb ataladi.
Pastki qismi toraygan bo’lib, kichik chanoq deb ataladi, unda to’g’ri ichak, siydik pufagi qon tomirlari, limfa tomirlari, nerv tolalari, jinsiy a‘zolar joylashgan. Chanoq suyagining tashqi-yon tomonida quymich kosasi deb ataluvchi chuqurchasi bo’lib, unga son suyagining boshchasi birikib, chanoq-son bo’g’imini hosil qiladi.
Oyoqning erkin suyaklariga son, boldir va oyoq panja suyaklari kiradi.
Son suyagi baquvvat naysimon suyak bo’lib, 1500 kg gacha bo’lgan yukni ko’tarishi mumkin. Bu suyaknig yuqori qismi chanoq-son bo’g’imini, pastki qismi esa katta boldir bilan birikib tizza bo’g’imini tashkil etadi. Boldir suyaklari katta va kichik ikkita naysimon suyakdan iborat. Katta boldir yuqoridan son suyagi bilan birikadi, pastki uchi yumaloqlashib, ichki to’piqni hosil qiladi. Kichik boldir tashqi tomonda joylashgan, yuqori uchi katta boldirga birikkan, pastki qismi esa tashqi to’piqni hosil qiladi.
Oyoq panja suyaklari har xil kattalikdagi 27 ta suyakdan iborat bo’lib, ular uch guruxga bo’linadi: tovon suyaklari – 8 ta, oyoq-kaft suyaklari – 5 ta, barmoq suyaklari – 14 ta.
3. Oyoq suyaklari aks etgan tablitsa, plakat va skeletdan ushbu suyaklarni ko’rsatib tushuntiriladi.
4. Mustaqil ish bajarish jarayonida talabalar oyoq suyaklari rasmini daftarlariga chizadilar.
Ish-3. Suyaklarning birikishi. 1.Odam tanasidagi 200 dan ortiq suyaklarning hammasi bir-biri bilan ikki xil: harakatsiz va harakatli birikadi.
Suyaklarning harakatsiz birikishiga bosh, umurtqa va chanoq suyaklarning bir-biri bilan tutashuvi misol bo’ladi. Ular boylamlar, tog’aylar, suyak choklari yordamida bir-biriga birikadi.
Harakatli ya‘ni bo’g’im hosil qilib birikishiga qo’l va oyoq suyaklari kiradi.
Bo’g’im uch qismdan: bo’g’im xaltachasi, suyaklarning birikish yuzasi va bo’g’im bo’shlig’idan iborat.
2.Suyaklarning bir-biri bilan birikishi tasvirlangan tablitsa va plakatlar ko’rsatiladi, tushuntiradi.
3.Talabalar mustaqil ish bajarish davrida suyaklarning birikishi tasvirlangan rasmni daftarlariga chizadilar.
Talabalar tanadagi ayrim muhim muskullarni rasm daftarlariga chizadilar.