Ko‘krak qafasi yon tomondan 12 juft qovurg‘alar oldindan ularning to‘sh suyagi bilan, orqadan esa ko‘krak umurtqasi bilan birikishidan hosil bo`ladi. U tayanch, odam hayoti uchun muhim bo`lgan a’zolarini himoyalash, o‘z ichida saqlab turish va nafas olishda faol qatnashadi (qovurg‘a qismi) vazifasini bajaradi. Ko‘krak qafasi ayollarda, erkaklarda, yosh bolalarda shakli va hajmi bilan farq qiladi. Shuningdek, u qomat tuzilishiga qarab ham har xil shakl va hajmga ega bo‘lishi mumkin.
Qovurg`alarning 12 jufti ham orqa tomondan ko`krak umurtqalariga birikadi. Ulardan 7 jufti to`sh suyagiga tog`aylar yordamida birikadi va haqiqiy (chin) qovurg`alar dеyiladi. Ulardan pastki 3 jufti bir-biri bilan tog`aylar yordamida o`zaro birikib, so`ngra 7-juft qovurg`aning tog`ayiga birikadi va soxta qovurg`alar dеyiladi.11-12- juft qovurg`alar old tomondan to`sh suyagiga birikmay qorin muskullari orasida joylashadi va yеtim qovurg`alar yoki (erkin) qovurg`alar dеyiladi.
To’sh suyagi g’ovak suyak bo’lib, uch qismdan iborat: yuqorigi - dasta, o’rta - tana qismi va pastki - qilichsimon o’simtadan iborat.
Gavda skеlеtining tuzilishi ko`rgazmali vositalar (skеlеt, odam anatomiyasi kitobi va atlas, jadvallar, plakatlar)dan foydalanib o`rganiladi.
Talabalar gavda skеlеtining tuzilishini daftarga chizib olishadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Xudoyberdiev R.E., Ahmedov N.K., Zohidov X.Z. «Odam anatomiyasi» Tibbiyot oliygohlari uchun darslik. Т., Ibn Sino nashriyoti 1993 y.
2. Baxodirov F.N. «Odam anatomiyasi» Toshkent «O'zbekiston» 2006 у
3. Qodirov E. «Odam anatomiyasi», Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirfigi. T.2003
4. Axmedov A.. «Odam anatomiyasi» Tibbiyot oliygohlari uchun darslik. T .«Iqtisodiy-moliya». 2007 y.
Amaliy mashg’ulot - 4
Mavzu: Qo’l-oyoqlar skeleti
Mashg`ulot turi: Amaliy
Mashg`ulot vaqti: 2 akademik soat
Mashg`ulot o`tish joyi: Amaliymashg`uloti xonasi.
Dostları ilə paylaş: |