Foydalanilgan adabiyotlar
1. Xudoyberdiev R.E., Ahmedov N.K., Zohidov X.Z. «Odam anatomiyasi» Tibbiyot oliygohlari uchun darslik. Т., Ibn Sino nashriyoti 1993 y.
2. Baxodirov F.N. «Odam anatomiyasi» Toshkent «O'zbekiston» 2006 у
3. Qodirov E. «Odam anatomiyasi», Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirfigi. T.2003
4. Axmedov A.. «Odam anatomiyasi» Tibbiyot oliygohlari uchun darslik. T .«Iqtisodiy-moliya». 2007 y.
Amaliy mashg’ulot - 13
Mavzu: Orqa miyaning tuzilishi.
Mashg`ulot turi: Amaliy
Mashg`ulot vaqti: 2 akademik soat
Mashg`ulot o`tish joyi: Amaliy mashg`uloti xonasi.
Mashg`ulot maqsadi:
1.Talabalarga nerv tizimining ahamiyatini tushuntirish.
2.Orqa miyaning tuzilishini o`rgatish.
3.Tizza refleksi bilan talabalarni tanishtirish
4.Talabalar mashg`ulot mavzusiga oid jadval, plakat, rasmlardan foydalanib daftarga chizib o`rganish.
Mashg`ulot uchun jihozlar:
Neyron,neyrogliya,nerv tolalari,orqa miyaning tuzilishi tasvirlangan tablitsa, jadvallar, atlas, mulyaj, pay reflekslari tekshiriladigan bolg`acha.
Amaliy mashg`uloti xronokartasi.
1.Tashkiliy qism-5 daqiqa.
2. Avvalgi mashg`ulotda o`tilgan ichki sekretsiya bezlari haqida talabalar olgan bilimini aniqlash va nazorat (joriy nazorat) – 20 daqiqa.(1-ilovadagi savollarga qaralsin).
3.Yangi mavzuning maqsadi bilan tanishtirish va amalda bajarish – 45 daqiqa.
a)Yangi mavzuning ahamiyatini qisqacha tushuntirish – 5 daqiqa.
b)Mashg`ulotni bajarish tartibini tushuntirish va ko`rsatish – 20 daqiqa.
(2-ilovadagi ishni bajarish tartibiga qaralsin).
d)Mashg`ulotni bajarish tartibi-20 daqiqa.
- mashg`ulotni mustaqil bajarish (nerv hujayrasi,neyron,neyrogliya nerv tolalari,orqa miyaning tuzilishi, daftarga chiziladi);
- talabalar mustaqil ravishda ishni bajaradi;
- bajargan ish natijasini nazorat qilish;
4.Mavzuni mustahkamlash-5 daqiqa.
5.Uyga vazifa – 5 daqiqa.
a)O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
b)Kelgusi mashg`ulot mavzusiga tayyorgarlik ko`rish.
Ilova – 1
Avvalgi mashg’ulotda o’tilgan“ Ichki sekresiya bezlarining tuzilishi ” mavzusi bo’yicha savollar.
Odam organizimida qanday bezlar bo’ladi ?
Ichki sekresiya bezlarining qanday ahamiyati bor ?
Gipofiz bezi qaerda joylashgan?
Gipofiz bezi necha bo’lakdan iborat ?
Gipofizning oldingi bo’lagida qanday gormonlar ajraladi ?
Gipofizning oraliq va orqa bo’lagidan ishlab chiqadigan gormonlarni ayting.
Epifiz bezining tuzilishi, funksiyasi haqida gapiring.
Qalqonsimon bezning tuzilishini ayting.
Qalqonsimon bezda qanday gormonlar ishlab chiqariladi?
Qalqon oldi bezi haqida gapiring.
Ayrisimon bez da qanqay gormon ishlab chiqariladi?
Buyrak usti bezi po’stloq qavatida qanday gormonlar ishlab chiqaradi?
Buyrak usti bezi miya qavatida ishlab chiqariladigan gormonlarni ayting.
Me’da osti bezining ichki sekresiya funksiyasi haqida gapiring.
Erkaklarning jinsiy bezlari qanday gormonlar ishlab chiqaradi?
Tuxumdonda qanday gormonlar ishlab chiqiladi?
Ichki sekresiya bezlari faoliyatining boshqarilishida qaysi organlar ishtrok etadi?
Dostları ilə paylaş: |