Ilova – 2 Ish – 1. Orqa miyaning tuzilishini o’rganish. Orqa miya umurtqa pog’nasi kanalida joylashgan bo’lib, uzunligi katta odamda 40 – 45 sm, og’irligi 30 – 40 gr bo’ladi. Orqa miyada 13 mlndan ko’proq nerv ho’jayralari bor. Nerv hujayralarining kattaligi 0,1 mm dan oshmaydi. Orqa miya uch qavat parda bilan o’ralgan: tashqi qavati qattiq, o’rta qavati o’rgimchak to’rsimon, ichki qavati yumshoq parda. O’rta va ichki qavat pardalar orasida orqa miya suyuqligi bo’ladi.
Orqa miyaning yuqori qismi birinchi bo’yin umurtqasiga to’g’ri keladi va bosh miyaning pastki qismi bo’lgan uzuznchoq miyaga tutashadi. Orqa miyaning pastki qismi 1–2 bel umurtqalari sohasida konus shaklida tugaydi. Pastga esa ip shaklida davom etadi. Ipning yuqori qismida nerv hujayralari bo’lib, ipning uchi umurtqa pog’onasining dum qismida tugaydi.
Orqa miya 31 – 33 sigmentdan iborat. Ularning 8 tasi bo’yin qismiga, 12 tasi dum qismida bo’ladi. Orqa miya ko’ndalangiga kesilsa, u ikki xil moddadan: tashqi qismi oq modda, ichki qismi kulrang moddadan tuzilganligi ko’rinadi. Kulrang modda H harfiga, yoki kapalak shakliga o’hshash bo’lib, u nerv hujayralaridan tashkil topgan. Oq modda nerv tolalardan tashkil topgan bo’lib, ular orqa miyaning turli segmentlaridagi nerv hujayralarini bir – biriga va ularni bosh miyaning nerv hujayralari bilan tutashtiradi. Bu nerv tolalari orqa va bosh miya nerv markazlaridan impulslarni bir – biriga o’tkazish funksiyasini bajaradi. Orqa miya kulrang moddasining bir juft yon shoxlari bo’ladi. Oldingi shohlarida harakatlantiruvchi nerv hujayralari, orqa shoxlarida sezuvchi,yon shohlarida vegetatev nerv hujayralari joylashgan. Ulardan harakatlantiruvchi, sezuvchi va vegetativ nervlarning uzun tolalari chiqib, to’qima va a`zolarga boradi. Kalta o’simtalar nerv hujayralarni bir – biri bilan tutashtiradi. Ular umurtqa pog’onasining kanalidan tashqariga chiqmaydi.
Orqa miya ikki xil: reflektor va o’tkazuvchilik funksiyasini bajaradi. Talabalar rasm orqali miya tuzilishini o’rganadilar, rasmnidaftarlariga chizadilar.