O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
Kimyo-biologiya FAKULTETI
FIZIOLOGIYA KAFEDRASI
” ANATOMIYA”
FANIDAN
UMUMIY SAVOLNOMA
Tuzuvchi: R.Yo’ldosheva
Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar soha
Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika
Ta’lim yo‘nalishi: 61010300- Sport faoliyati turlari
61010300 – Sport faoliyati (Kurash)
|
61010300 – Sport faoliyati (Dzyudo)
|
61010300 – Sport faoliyati (Yengil atletika)
|
61010300 – Sport faoliyati (Futbol)
|
61010300 – Sport faoliyati (Voleybol)
|
Qarshi 2023
ANATOMIYASI FANI BO`YICHA DASTURIY SAVOLNOMA
1.Hujayraning asosiy tarkibiy qismlari nimalardan iborat?
2.O`simlik va hayvon hujayralari bir-biridan qanday farq qiladi?
3.Hujayra qobig`i qanday vazifalarni bajaradi?
4.Sitoplazma nima?
5.Yadro qanday tuzilishga ega?
6.Yadroning asosiy funksiyalarini izohlang?
7.Hujayra organoidlariga nimalar kiradi?
8.Qaysi organoid “Oqsillar fabrikasi” deb nomlanadi?
9.Qaysi organoid “Kuch stansiyasi” deb nomlangan?
10.Lizosoma qanday vazifani bajaradi.
11.Endoplazmatik to`r va Golji appatining funksiyalarini ayting?
12.Hujayraning kimyoviy tarkibini ayting?
13.Hujayraning mitoz bo`linishida qanday fazalar bosib o`tiladi?
14.Mitozning biologik mohiyati nimada?
15.Meyoz nima?
16.Meyozninig _biologik mohiyati nimada?
17.Xromosomalar doimiyligi qanday ta`minlanadi?
18.To`qima deb nimaga aytiladi?
19.To`qimalar qanday turlarga bo`linadi?
20.Epitеliy to`qimasi qayerlarda uchraydi?
21.Biriktiruvchi to`qimaga nima kiradi, ular qanday vazifani bajaradi?
22.Muskul to`qimasi nеcha xil bo`ladi?
23.Nеrv to`qimasi qanday tuzilishga ega?
24A'zo dеb nimaga aytiladi?
25.A'zolar tizimi dеb nimaga aytiladi?
26.Suyaklar qanday to`qimalardan tashkil topgan?
27.Suyaklar qanday tuzilishga ega?
28.Suyaklar qanaqa shakllarda bo`ladi?
29.Suyaklarning kimyoviy tarkibini ayting?
30.Kuydirilgan suyakni qanday tayyorlanadi?
31.Kalsiysizlantirilgan suyak qanday tayyorlanadi?
32.Bosh skеlеti qanday suyaklardan tashkil topgan?
33.Miya qutisi suyaklariga qaysi suyaklar kiradi?
34.Yuz suyaklariga qaysi suyaklar kiradi?
35.Yosh bolalar va katta odamlar bosh skеlеtida qandayfarq bo`ladi?
36.Miya qutisi suyaklari bir-biri bilan qanday birikadi?
37.Pastki jag va chakka suyaklari bir-biri bilan qanday birikadi?
38.Gavda skeleti qanday suyaklardan tashkil topgan?
39.Umurtqa pog’onasi qanday qismlarga bo’linadi?
40.Umurtqa pog’onasi nechta suyaklarni birikishidan hosil bo’ladi?
41.Ko’krak umurtqasi nechta suyakdan tashkil topgan?
42.Bo’yin umurtqasida nechta suyak bor.
43.Umurtqa suyaklari qanday vazifalarni bajaradi?
44.Ko’krak qafasi suyaklariga qanday suyaklar kiradi?
45.Qovurg’alar nechta suyakdan tashkil topgan?
46.Yetim qovurg’alar deganda nimani tusunasiz?
47.Qo’l skeleti qanday qismlarga bo`lib o`rganiladi?
48.Yelka kamariga qanday suyaklar kiradi?
49.Qo’lning erkin suyaklariga qanday suyaklar kiradi?
50.Panja suyaklari qanday suyaklardan tashkil topgan?
51.Oyoq skeleti qanday qismlarga bo`lib o`rganiladi?
52.Oyoq kamari (chanoq) suyaklari qanday suyaklardan tarkib topgan?
53.Oyoqning erkin suyaklariga qanday suyaklar kiradi?
54.Suyaklar bir biri bilan qanday birikadi?
55.Bo’g’imning qanday qismlai bor?
56.Tana muskullarining tuzilishi
57.Muskullar tana og’irligining necha foizini tashkil qiladi?
58.Muskul tolachalari qanday funksional komponentlardan tashkil topgan?
59.Odam tanasida qanday shakldagi muskullar bo’ladi?
60.Chaynov va mimika muskullarini ayting
61.Ko’krak qafasida qanday muskullar bo’ladi?
62.Gavdani orqa sohasidagi muskullarni ayting
63.Qo’l muskullari qanday muskullardan tashkil topgan?
64.Son muskullarini ayting.
65.Oyoq panjasida qanday muskullar bor?
66.Chaynov muskullariga qanday muskullar kiradi?
67.Mimika muskullarini ayting?
68.Gavda muskullari joylashuviga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?
69.Orqaning yuza muskullari
70.Orqaning chuqur muskullariga qanday muskullar kiradi?
71.Ko’krakning yuza muskullarini ayting
72.Ko’krakning haqiqiy muskullariga qanday muskullar kiradi?
73.Qorin muskullariga qanday muskullar kiradi?
74.Og`iz bo`shlig`ida nimalar joylashgan?
75.Tishlar qanday funksiyani bajaradi?
76.Til qanday funksiyani bajaradi?
77.Qanday so`lak bezlari bor?
78.Og`iz halqum qanday tuzilishga ega?
79.Qizilo`ngachning uzunligi qancha?
80.Me`daning qanday qismlari bor?
81.Me`daning qanday qavatlari bor?
82.Ingichka ichakda qanday qismlar bor?
83.Yo`g`on ichakda qanday qismlar bor?
84.Jigarning joylashuvini ayting.
85.Me`da oati bezining tuzilishini ta`riflani.
86.Burun bo`shlig`i qanday qismlardan iborat?
87.Burun bo`shlig`i qanday vazifani bajaradi?
88.Burun bo`shlig`ida qanday qanday devorlar bor?
89.Burun halqum qanday vazifani bajaradi?
90.Hiqildoq qanday qismlardan iborat?
91.Hiqildoqda qanday tog`aylar bor?
92.Kekirdakning uzunligi qancha?
93.Bronxlarning uzunligi qancha?
94.Chap va o`ng bronxlar bir biridan qanday farq qiladi?
95.Bronxlar nima bilan tugaydi?
96.O`pkaning tuzilishi.
97.O`ng o`pka nеcha qismdan iborat?
98.O`pka to`qimasida bronxlar qanday nomlar bilan ataladi?
99.O`pkada nafas almashinuvchi qayеrda sodir bo`ladi?
10.Alvеolalarni umumiy sathi qancha?
101.Ikkala o`pkada kancha alvеolalar bor?
102.Plevra pardasining tuzilishi.
103.Plevra bo`shlig`idagi bosim atmosfеra bosimidan qanday farq qiladi ?
104.Buyrakning tuzilishi haqida tushuncha?
105.Buyrak qanday funksiyalarni bajaradi?
106.Nеfron nima, u qanday tuzilishga ega ?
107.Birlamchi va ikkilamchi siydik tarkibi.
108.Siydik yo`llarining tuzilishi.
109.Siydik pufagining hajmi va tuzilishi.
110.Tashqi siydik chiqaruv kanalining tuzilishi.
111.Organizmning ichki muhitini qanday tushunasiz?
112.Qon qanday funksiyalarni bajaradi?
113Qon qanday tarkibiy qismlardan iborat?
114.Qon plazmasi tarkibiga qanday moddalar kiradi?
115.Qonning shaklli elementlariga nimalar kiradi?
116Eritrotsitlarning tuzilishi va vazifalarini ayting.
117.Leykotsitlarning turlari va vazifalarini tushuntiring
118.Trombotsitlar qanday vazifani bajaradi?
119.Qon nimalarga asosan guruhlarga bo’linadi?
120.Arteriyalar deb nimaga aytiladi.
121.Venalar deb nimaga aytiladi.
122.Taloqning tuzilishi va joylashuvini ayting.
123.Taloq qanday funksiyalarni bajaradi.
124.Yurak odam tanasining qaеrida joylashgan?
125.Yurak qanday qavatdan iborat?
126.Yurakda qanday kamеralar bor?
127.Yurakda qanday klapanlar bor?
128.Yurak qanday ishlaydi?
129.Yurakning sistolik va minutlik hajmi haqida nimalarni bilasiz?
130.Yurak aftomatiyasi dеb nimaga aytiladi?
131.Kichik qon aylanish doirasining vazifasi nimalardan iborat?
132.Katta qon aylanish doirasining vazifasi nimalardan iborat?
133.Odam organizimida qanday bezlar bo’ladi ?
134.Ichki sekresiya bezlarining qanday ahamiyati bor ?
135.Gipofiz bezi qaerda joylashgan?
136.Gipofiz bezi necha bo’lakdan iborat ?
137.Gipofizning oldingi bo’lagida qanday gormonlar ajraladi ?
138.Gipofizning oraliq va orqa bo’lagidan ishlab chiqadigan gormonlarni ayting.
139.Epifiz bezining tuzilishi, funksiyasi haqida gapiring.
140.Qalqonsimon bezning tuzilishini ayting.
141.Qalqonsimon bezda qanday gormonlar ishlab chiqariladi?
142.Qalqon oldi bezi haqida gapiring.
143.Ayrisimon bez qaerda joylashgan , unda qanqay gormon ishlab chiqariladi?
144.Buyrak usti bezlari qaerda joylashgan?
145.Buyrak usti bezi po’stloq qavatida qanday gormonlar ishlab chiqaradi?
146.Buyrak usti bezi miya qavatida ishlab chiqariladigan gormonlarni ayting.
147.Oshqozon osti bezining ichki sekresiya funksiyasi haqida gapiring.
148.Erkaklarning jinsiy bezlari qanday gormonlar ishlab chiqaradi?
149.Tuxumdonda qanday gormonlar ishlab chiqiladi?
150.Ichki sekresiya bezlari faoliyatining boshqarilishida qaysi organlar ishtrok etadi?
151.Nerv to’qimasi qanday hujayralardan tashkil topgan?
152.Neyron qanday tuzilgan?
153.Akson nima, u qanday vazifasini bajaradi?
154.Dendrit nima, uning vazifasi qanday?
155.Neyrogliyaning tuzilisihi ayting.
156.Nerv tolalarining vazifasi nimadan iborat?
157.Sinaps nima?
158.Reflektor yoyi deb nimaga aytiladi?
159.Orqa miya qaerda joylashgan?
160.Orqa miyaning tuzilishini ayting.
161.Orqa miyaning reflektor funksiyasi qanday bajariladi?
162.Orqa miyaning o’tkazuvchanlik funksiyasini tushuntiring.
163.Orqa miya qanday segmentlardan iborat?
164.Orqa miya segmentlari qanday funksuyani bajaradi?
165.Pay reflekslarining hosil bo’lishini tushintiring.
166.Axill refleksining hosil bo’lishini ayting.
167.Bosh miya qanday ahamiyatga ega?
168.Bosh miya qaerda joylashgan?
169.Bosh miya yarimsharlarining tuzilishini ayting.
170.Bosh miya stvol qismi qanday bo’limlardan iborat?
171.Uzunchoq miya qanday funksiyalarni bajaradi?
172.Miya ko’prigining tuzilishini izohlang.
173.O’rta miya qaerda joylashgan?
174.O’rta miya funksiyasi haqida ayting.
175.Oraliq miya qerda joylashgan?
176.Gipotalamusning funksiyalarini ayting?
177.Miyachaning tuzilishi va funksiyasini gapiring.
178.Bosh miya yarim sharlari necha qavatdan iborat?
179.Bosh miya po’stlog’idan nerv hujayralari necha qavat bo’lib joylashgan?
180.Bosh miya po’tlog’ining funksiyasini gapiring.
181.Somatik nerv tizimining funksuyasini ayting.
182.Vegetativ nerv tizimi markazlari qaerda joylashgan?
183.Vegetativ nerv tizimi necha qisimga bo’linadi?
184.Simpatik nerv tiziminig markazlari qaerda joylashgan?
185.Simpatik nerv tizimining funksiyasini ayting.
186.Parasimpatik nerv tizimi haqida gapiring.
187.Muskul, pay va bo’g’imlardagi retseptorlar qanday nomlanadi
188.Muskul va paylardagi sezuvchanlikni qaysi olim chuqur o`rgangan
189.Tеri qanday qavatlardan tuzilgan
190.Tа`m bilish analizatorining tuzilishi
“ANATOMIYAS» FANIDAN TEST SAVOLLARI
1.Odam anatomiyasi nimani o’rganadi?
A) Odam organizmining shaklini , tuzilishini uning rivojlanish jarayonini o’rganadi.
B) Har bir a’zoni jinsiy tafovutlar jihatidan o’rganadi.
С) Atrof muhitning a’zolar tuzilishi hamda vazifasiga bo’lgan ta’sirini o’rganadi.
D) Barcha javoblar to’g’ri.
2. Solishtirma anatomiya nimani o’rganadi?
A) Odam tuzilishini, uning tarixiy rivojlanishiga taqqoslagan holda antropogenezni o’rganadi.
B) Odamlarni bir-biriga solishtirib uning a`zolari funksiyasini o’rganadi.
C) Odamning paydo bo’lishini,tug’ilguncha ona qornida o’sib rivojlanishini o’rganadi
D) Tug’ilgandan boshlab to hayotining oxirigacha bo’lgan davrni o’rganadi.
3.Embriologiya fani nimani o’rganadi?
A) Odam tuzilishini, uning tarixiy rivojlanishiga taqqoslagan holda antropogenezni o’rganadi.
B)Odamlarni bir-biriga solishtirib uning a`zolari funksiyasini o’rganadi.
C) Odamning paydo bo’lishini,tug’ilguncha ona qornida o’sib rivojlanishini o’rganadi
D) Tug’ilgandan boshlab to hayotining oxirigacha bo’lgan davrni o’rganadi.
4.Yoshga doir anatomiya nimani o’rganadi?
A) Odam tuzilishini, uning tarixiy rivojlanishiga taqqoslagan holda antropogenezni o’rganadi.
B) Odamlarni bir-biriga solishtirib uning a`zolari funksiyasini o’rganadi.
C) Odamning paydo bo’lishini,tug’ilguncha ona qornida o’sib rivojlanishini o’rganadi
D) Tug’ilgandan boshlab to hayotining oxirigacha bo’lgan davrni o’rganadi.
5.Anatomiyani o’rganish usullari qaysi javobda to’g’ri berilgan?
A) Antropometriya, preparatlar tayyorlash, arralash, in’yeksiya, yoritish.
B) Korroziya, rentgenografiya, paypaslash,perkussiya, auskultatsiya, mikroskopiya.
C) A va B javoblari to’g’ri.
D) To’g’ri javob berilmagan.
6. Gippokrat, Pifagor, Arastu kabi allomalar tarbiya topgan maktablar berilgan javobni ko’rsating.
A) Kos va Knidos maktablari.
B) Misr maktablari.
C) Vavilon maktablari.
D) Hindlar maktabi.
7. Qon tomirlari yurakdan boshlanishini, “aortani” birinchi marta aniqlagan faylasuf kim bo’lgan?
A) Gippokrat
B) Aristotel
C) Gerofil
D) Klavdiy Galen
8. Birinchi bo’lib harakatchan va sezuvchan nervlarni o`rgangan atoqli olim va saroy tabibini aniqlang.
A) Gippokrat
B) Aristotel
C) Gerofil
D) Klavdiy Galen
9.Suyaklar, muskullar, bosh va orqa miya anatomiyasini o’rgangan, arteriyalarda havo emas qon oqishini birinchi bo’lib isbotlagan olim kim?
A) Gippokrat
B) Aristotel
C) Gerofil
D) Klavdiy Galen
10.Organizmni o’rganishda odam konstitutsiyasiga birinchi bo’lib e’tibor bergan allomani belgilang.
A) Gippokrat
B) Aristotel
C) Ibn Sino
D) Klavdiy Galen
11. Katta va kichik qon aylanishi doiralarini birinchi marta ilmiy ravishda isbotlagan anatom olimni belgilang.
A) Gippokrat
B) Aristotel
C) Ibn sino
D) Vil’yam Garvey
12. Arteriya bilan venani bir-biriga qo’shib turadigan kapillyarlarni mikroskop ostida ko’rib isbotlagan olim.
A)Gippokrat
B) M. Mal’pigi
C) Gerofil
D) Klavdiy Galen
13.Birinchi bo’lib anatomiya darsligini yozgan olimni belgilang.
A) Gippokrat, 1296 y.
B) M. Mal’pigi, 1306 y
С) Gerofil, 1316 y
D) Mondino da Lyutsi 1326 y
14. Bosh miyaning po`stloq qavatini, buyrak usti bezi va jigardagi qon aylanish tartibini o’rgangan anatom olim kim bo’lgan?
A) V.I.Bets.
B) M. Mal’pigi
C) Gerofil
D) Mondino da Lyutsi 1326 y.
15. Hujayra qanday asosiy tarkibiy qismlardan iborat ?
A) hujayra qobig’i, sitoplasmasi, yadro.
B) qobiq, hujayra ichi suyuqligi, xromosomalar
C) yadrocha, yadro shirasi, xromatin, yadro qobig’i.
D) hujayra organoidlari, kiritmalar
16. Sitoplazmada mavjud bo’lgan qismlarni belgilang?
A) hujayra qobig’i, sitoplasmasi, yadro.
B) qobiq, hujayra ichi suyuqligi, xromosomalar
C) yadrocha, yadro shirasi, xromatin, yadro qobig’i.
D) hujayra organoidlari, kiritmalar
17. Yadro qanday tarkibiy qismlardan iborat?
A) hujayra qobig’i, sitoplasmasi, yadro.
B) qobiq, hujayra ichi suyuqligi, xromosomalar
C) yadrocha, yadro shirasi, xromatin, yadro qobig’i.
D) hujayra organoidlari, kiritmalar
18. Mitoz bo’linish fazalarining ketma-ketligi qaysi javobda berilgan ?
A) profaza, metafaza, anafaza, telofaza
B) telofaza, anafaza, metafaza, profaza,
C) metafaza, profaza, anafaza, telofaza
D) anafaza, metafaza, telofaza, profaza
19. Odam organizmida qanday to’qimalar tafovut etiladi ?
A) epiteliy, biriktiruvchi, muskul, nerv
B) teri, muskul, suyak, nerv, ichki muhit
C) epidermis, derma, gipoderma, muskul
D) bosh, gavda, qo`l-oyoq
20. Faqat biriktiruvchi to’qima berilgan javobni belgilang ?
A) suyak, tog’ay, pay, muskul, qon, limfa
B) yumshoq, yog’, fibroz yoki zich,elastik , tog’ay, suyak, teri
C) suyaklar, tog’aylar, paylar va muskul.
D) qon, limfa, hujayralararo suyuqlik
21. Nerv hujayrasi va neyrogliya nimani tashkil etadi ?
A) Nerv sistemasini
B) Nerv - muskul harakat birligini
C)Nerv to’qimasini
D)Barcha javoblar to’g’ri
22.Nerv hujayrasining kalta va uzun o’simtalari qanday nomlanadi?
A) akson va dendrit
B) dendrit va akson
C) neyrit va akson
D) mielin parda bilan qoplangan akson va neyrit
23. Suyaklar haqidagi ilm qanday nomlanadi ?
A) osteoblastologiya
B) osteoklastologiya
C) osteologiya
D) osteonologiya
24. Ichki a’zolar haqidagi ilm qanday nomlanadi ?
A) pulmonologiya
B) kardiologiya
C) miologiya
D) splanxnologiya
25. Ko’p hujayrali organizmlarning bir hujayrali bosqichi qanday nomlanadi?
A) zigota
B) spermatazoid
C) tuxum hujayra .
D) B va C javoblar to`g’ri
26. Uzun suyakning ikki uchi qanday nomlanadi?
A) diafiz
B) epifiz
C) metafiz
D) gipofiz
27. Uzun suyakning tana qismi qanday nomlanadi?
A) diafiz
B) epifiz
C) metafiz
D) gipofiz
28. Suyak usti pardasi qanday nomlanadi?
A) osteoblast
B) osteoklast
C) periost
D) plastinka
29. Suyaklar tuzilishi,rivojlanishi va vazifalariga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
A) bosh, gavda, qul-oyoq
B) elka nomlari, chanoq nomlari va erkin suyaklar
C) uzun va kalta suyaklar
D) naysimon, g’ovak, yassi, aralash va g’alvirsimon
30. Umurtqa suyagi qanday qismlardan iborat ?
A) tanasi va ravog’i
B) tanasi, teshigi, ostki va ustki qismlari
C) yon o’simtalari, tanasi va teshigi
D) barcha javoblar to’g’ri
31. Birinchi bo’yin umurtqasi – atlantning boshqa bo’yin umurtqalaridan qanday farqi bor?
A) tana qismi ravoqni hosil qilgan
B) umurtqa teshigi kengaygan
C) ensa suyagiga bo’g’im hosil qilib qo’shiladi
D) barcha javoblar to’g’ri
32. Ikkinchi bo’yin umurtqasining boshqa bo’yin umurtqalaridan qanday farqi bor?
A) tishsimon o’sig’ bo’lishi
B) tishsimon o’sig’ining bo’lmasligi
C) oldingi ravoqning hosil qilishi
D) B va C javoblar
33. “Tanasi kattalashgan buyrak shakliga o’xshash , teshigi katta va uchburchak” - bu ta’rif qaysi umurtqalarga xos
A) bo’yin
B) ko’krak
C) bel
D) dumg’aza
34. To’sh suyagi qanday qismlardan tashkil topgan?
A) yuqori va pastki
B) dasta va tana
C) dasta, tana, g’ovak
D) dasta, tana , hanjarsimon o’simta
35.“Haqiqiy” , ”yolg’on” , “erkin” – bu so’zlar qaysi suyaklarda ishlatiladi ?
A) bosh qismidagi suyaklarda
B) qo’l va oyoqlarda
C) umurtqalarda
D) qovurg’alarda
36. Yelka kamari qanday suyaklardan iborat?
A) ko’krak, o’mrov, yelka suyaklari
B) ikki tomonda bittadan o’mrov va kurak suyaklari
C) ko’krak, o’mrov, yelka, tirsak va bilak suyaklari
D) yelka, tirsak va bilak, qo’l-panja suyaklari
37. Qo’lning erkin joylashgan suyaklari qaysi javobda berilgan?
A) ko’krak, o’mrov, yelka suyaklari
B) ikki tomonda bittadan o’mrov va kurak suyaklari
C) ko’krak, o’mrov, elka, tirsak va bilak suyaklari
D) yelka, tirsak va bilak, qo’l-panja suyaklari
38. Kaft usti suyaklari qaysi javobda to’g’ri berilgan?
A) qayiqsimon, yarimoysimon, no`xatsimon trapetsiya, trapetsiyasimon, boshchali, ilmoqli
B) qayiqsimon, yarimoysimon, uch qirrali, tojsimon, no`xatsimon, trapetsiyasimon, boshchali , ilmoqli
C) qayiqsimon, yarimoysimon, uch qirrali , nomsiz , no`xatsimon, trapetsiyasimon, boshchali , ilmoqli
D) qayiqsimon, yarimoysimon, uch qirrali , dumaloq , no`xatsimon, trapetsiyasimon, boshchali ilmoqli
39.O’rta yashar odamning chanoq yoki nomsiz suyagida qanday suyaklar tafovut qilinadi?
A) kichik va katta chanoq
B) chanoq teshigi , chanoq va dumg’aza
C) yonbosh , qov , quymich
D) barcha javoblar to’g’ri
40. Oyoqning erkin joylashgan suyaklari qaysi javobda berilgan?
A) son, tizza qopqog’i, katta va kichik boldir, oyoq panja suyaklari
B) chanoq,son, boldir, oyoq panjalari
C) chanoq, son, katta va kichik boldir, tovon, oyoq kaft va barmoq suyaklari
D) nomsiz suyak, son, boldir, tizza qopqog’i, oyoq panjalari
41. Bosh skeletidagi bo’g’in hosil qilgan suyaklarni belgilang?
A) pastki jag’ va ustki jag’
B) pastki jag’ va chakka suyagi
C) pastki jag’ va ensa suyagi
D) pastki jag’ va tepa suyagi
42. Bo’g’im qanday qismlardan iborat ?
A) suyaklaning bo’g’im yuzalari, bo’g’im bo’shlig’i, bo’g’im xaltasi
B) bo’g’im chuqurchasi, bo’g’im bo’shlig’i, sinoviy suyuqligi
C) boylam va paylar
D)B va C javoblar to’g’ri
43. Muskulning funksional va tuzilish (struktur) birligi nima?
A) muskulning bosh, dum, qorin qismi
B) muskul tolasi
C) nerv-muskul harakat birligi
D) endomizium va perimizium
44. Muskul tolasini o’rab turuvchi parda qanday nomlanadi ?
A) fatssiya
B) tutamlar
C) endomizium
D) peremizium
45. Muskul tutamini o’rab turuvchi parda qanday nomlanadi ?
A) fatssiya
B) tutamlar
C) endomizium
D) peremizium
46.Uzun muskullarning qanday qismlari tafovut etiladi ?
A) muskulning bosh , dum, qorin qismi
B) muskul tolasi
C) nerv-muskul harakat birligi
D) endomizium va perimizium
47.Muskullarning yordamchi apparatlariga nimalar kiradi ?
A) paylar, fatssiyalar, g’altaklar
B) ichida moysimon suyuqlik saqlovchi xaltachalar pay qinlari
C) Sesamasimon suyaklar
D) barcha javoblar to’g’ri
48.O’zining ishi bilan ikkinchi bir muskulning ishiga yordam beradigan muskullar qanday nomlanadi ?
A) antagonist
B) sinergist
C) ko’makchi
D) A va C javoblar to’g’ri
49.Qisqargan vaqtda ikkinchi bir muskulga nisbatan qarama-qarshi ish bajargan muskullar qanday nomlanadi ?
A) antidinamik
B) antagonist
C) antifibroz
D) A va C javoblar to’g’ri
50. Tananing orqa tomonidagi yuza muskullar qaysi javobda berilgan ?
A) bosh va bo’yinning tasmasimon muskullari, uzun, qirrali muskullar
B) ko’krakning katta va kichik muskullari, o’mrov osti muskuli, oldingi tishsimon muskul
C) trapetsiyasimon , serbar, rombsimon
D) A va C javoblar to’g’ri
51. Me’da-ichak tizimiga kiruvchi a’zolar asosan qanday qavatlardan iborat?
A) Tashqi seroz, o’rta muskul, ichki seroz qavatlar
B) Tashqi va ichki qavatlar.
C) Epiteliy va muskul qavatlar.
D) Ichki epiteliy, o’rta muskulli, tashqi seroz qavatlar.
52.Tish qanday qismlardan iborat?
A) Dentin, emal, sement.
B) Toj, bo’yin, ildiz.
C) Tashqi-koronka, ichki-ildiz.
D) Kurak, qoziq, katta va kichik oziq.
53.Tish qanday shakllarda bo’ladi?
A) Dentin, emal, sement.
B) Toj, bo’yin, ildiz.
C) Tashqi-koronka, ichki-ildiz.
D) Kurak, qoziq, katta va kichik oziq.
54. Tilning qanday qismlari tafovut qilinadi?
A) Uchi, yonlari.
B) Uchi, yonlari, ustki va ostki qismlari.
C) Uchi, tanasi, ildizi.
D) Uchi va orqa qismlari
55.Qanday yirik so’lak bezlari bo’ladi?
A) Til bezlari, lunj bezlari va tanglay bezlari.
B) Quloq osti, jag’ osti, til osti.
C) Quloq osti, jag’ oldi, til osti.
D) Quloq oldi, jag’ osti, til osti.
56.Og’iz bo’shlig’da qanday mayda so’lak bezlari bo’ladi?
A) Til bezlari, lunj bezlari va tanglay bezlari.
B) Quloq osti, jag’ osti, til osti.
C) Quloq osti, jag’ oldi, til osti.
D) Quloq oldi, jag’ osti, til osti.
57. Burun, og’iz va hiqildoq qismlaridan iborat bo’lgan a’zoni belgilang.
A) Tanglay va dimoq.
B) Og’iz bo’shlig’i.
C) Halqum.
D) A va B javoblar to’g’ri.
58.Yuqori chegarasi VI bo’yin umurtqasiga, pastki chegarasi XI ko’krak umurtqasiga to’g’ri keladigan a’zoni belgilang.
A) Hiqildoq.
B) Qizilo’ngach.
C) Kekirdak.
D) Qizilo’ngach va kekirdak.
59. Qizilo’ngachda nechta toraygan joy bo`ladi?
A) 2 ta
B) 3 ta
C) 4 ta
D) 5 ta.
60. Me’daning qanday qismlari tafovut etiladi?
A) Kirish, tubi, tana, chiqish.
B) Shilliq, muskul va seroz.
C) Seroz, seroz osti, muskul, shilliq, shilliq osti.
D) Pilorik, kardial, medial, sagittal.
61.Ingichka ichak qanday qismlardan iborat?
A) Ko’richak, ko’tariluvchi chambar ichak, ko’ndalang chambar ichak, tushuvchi chambar ichak, sigmasimon ichak, to’g’ri ichak.
B) Boshlang’ich, o’rta, keyingi ichak.
C) Vorsinka, burmalar va ichak bezlari,
D) O’n ikki barmoq ichak, och ichak, yonbosh ichak.
62.Yo’g’on ichak qanday qismlardan iborat?
A) Ko’richak, ko’tariluvchi chambar ichak, ko’ndalang chambar ichak, tushuvchi chambar ichak, sigmasimon ichak, to’g’ri ichak.
B) Boshlang’ich, o’rta, keyingi ichak.
C) Vorsinka, burmalar va ichak bezlari,
D) O’n ikki barmoq ichak, och ichak, yonbosh ichak.
63. Uzunligi 5-7 sm, ko’ndalang o’lchovi 7-7,5 sm bo’gan yo’g’on ichak qismini belgilang.
A) To’g’ri ichak.
B) Chuvalchangsimon o’simta.
C) Ko’richak.
D) Sigmasimon ichak.
64. Bosh, tana va dum qismlari bo’lgan a’zoni belgilang.
A) Umurtqa pog’onasi.
B) Ingichka ichak.
C) To’sh suyagi.
D) Me’da osti bezi.
65.Normal holatda qovurg’alar ravog’idan tashqariga chiqmaydigan a’zoni belgilang.
A) Jigar.
B) Ichki qovurg’alararo muskullar.
C) Tashqi qovurg’alararo muskullar.
D) O’n ikki barmoq ichak.
66.Jigar hujayralari qanday ataladi?
A) Gepatit.
B) Gepatotsid.
C) Geparin.
D) Safro.
67.Bir yoshli bola minutiga necha marta nafas oladi?
A) 40-60 marta.
B) 16-18 marta.
C) 25 marta.
D) 30 marta.
68.Burun bo’shlig’ining qaysi qismida hid bilish retseptorlari joylashgan?
A) Burun bo’shlig’ining barcha qismlarida.
B) Chap va o’ng devorlarida.
C) Yuqori qismining shilliq qavatida.
D) Tog’ay, to’siq atrofida.
69.Hiqildoqda qanday yirik tog’aylar bo’ladi?
A)Cho`michsimon, shoxsimon, ponasimon.
B) Hiqildoq usti, qalqonsimon.
C) Qalqonsimon, xalqasimon, uzuksimon.
D) Uzuksimon, qalqonsimon, hiqildoq usti.
70. Ko’zning yordamchi apparatlari qaysi javobda keltirilgan?
A) Koz soqqasini harakatlantiruvchi muskullar
B) Qosh, kiprik, qovoq, yosh bezlari, ko’z soqqasini harakatlantiruvchi muskullar.
C)ko’z soqqasini harakatlantiruvchi muskullar, qovoq, yosh bezlari, ko’rish nervlari
D) Shox parda, qorachiq, gavhar, shishasimon tana
71.Hiqildoqda qanday muskullar guruhi bor?
A) Silliq va ko’ndalang targ’il muskullar.
B) Ko’ndalang targ’il muskullar
C) Toraytiruvchi, kengaytiruvchi, ovoz boylamlarining tarangligini o’zgartiruvchi.
D) Barcha javoblar to’g’ri.
72.Kekirdakdagi yarim halqa shaklidagi tog’aylar soni nechta?
A) 16-20 ta. B) 9-11 ta. C) 15-18 ta. D) To’g’ri javob berilmagan.
73.O’ng bronxga xos xususiyatlar qaysi javobda berilgan?
A) Kengroq, kaltaroq, xalqalar soni 9-12 ta.
B) Kengroq, kaltaroq, xalqalar soni 6-8 ta deyarli vertikal shoxlanadi.
C) Uzunchoq, torroq, xalqalar soni 9-12 ta, burchak hosil qilib shoxlanadi.
D) A va B javoblar to’g’ri.
74.Chap bronxga xos hususiyatlar qaysi?
A) Kengroq, kaltaroq, xalqalar soni 9-12 ta.
B) Kengroq, kaltaroq, xalqalar soni 6-8 ta deyarli vertikal shoxlanadi.
C) Uzunchoq, torroq, xalqalar soni 9-12 ta, burchak hosil qilib shoxlanadi.
D) A va B javoblar to’g’ri.
75.O’pka qanday shaklda bo’ladi?
A) Konussimon.
B) Ellepssimon.
C) Pufaksimon.
D) Qirrasimon.
76.O’ng o’pka chap o’pkadan qanday farq qiladi?
A) Ikki bo’lakdan iborat, kattaroq, hajmi ko’p.
B) Ikkalasi ham bir xil yo’nalishda, hajmi teng.
C) Kichikroq, hajmi kam, bo’yi uzunroq, ikki bo’lak.
D) Kattaroq, hajmi ko’p, bo’yi qisqa, uch bo’lak.
77.Chap o’pka o’ng o’pkadan qanday farq qiladi?
A) Ikki bo’lakdan iborat, kattaroq, hajmi ko’p.
B) Ikkalasi ham bir xil yo’nalishda, hajmi teng.
C) Kichikroq, hajmi kam, bo’yi uzunroq, ikki bo’lak.
D) Kattaroq, hajmi ko’p, bo’yi qisqa, uch bo’lak.
78.O’pkaga tarmoqlangan bronxlar mayda bronxchalarga bo’linadi, diametri 1mm bo’lgan bronxchalarda qanday belgilar bo’ladi?
A) Tog’ay xalqasi bo’ladi, shilliq bezlari bo’lmaydi.
B) Tog’ay xalqa yo’qoladi, shilliq bezlari bo’lmaydi.
C) Tog’ay xalqalar, shilliq bezlari bo’ladi, kiprikli epiteliy yo’qoladi.
D) Tog’ay xalqa, al’vela pufakchasi bo’ladi, kiprikli epiteliysiz.
79.Bronxlar tarmoqlanishidan hosil bo’lgan diametri 0.5 mm ga teng bo’lgan oxirgi bronxlar nimaga bo’linadi?
A) Beshta nafas bronxiolasiga.
B) To’rtta nafas bronxiolasiga.
C) Uchta nafas bronxiolasiga.
D) Ikkita nafas bronxiolasiga.
80.Al’veolalar qanday to’qimadan tuzilgan?
A) Bir qavatli yassi epiteliy.
B) Ko’p qavatli yassi epiteliy.
C) Kubsimon epiteliy.
D) Tukli epiteliy.
81.O’pka qanday qon tomir orqali qon bilan ta’minlanadi?
A) Katta qon aylanish doirasining bronxial arteriyasidan
B) Kichik qon aylanish doirasining bronxial arteriyasidan
C) Katta qon aylanish doirasining o’pka arteriyasidan
D) Kichik qon aylanish doirasining o’pka arteriyasidan
82.O’pkani o’rab turuvchi parda qanday nomlanadi ?
A) Perikard
B) Plevra
C) Plevra bo’shlig’i
D) Perikardit
83.Buyraklarning joylashuvi to’gri berilgan javobni belgilang ?
A) Oxirgi ko’krak umurtqasi, I va II bel umurtqalari tanalarining ikki yon tomonida, o’ng buyrak chap buyrakdan 1-1,5 sm pastroqda
B) Qorin bo’shlig’ning orqa devoriga tegib turadi
C) Qorin pardasi buyrakni faqat oldingi tomonidan berkitib turadi
D) Barcha javoblar to’g’ri
84.Yangi tug’ilgan chaqaloq buyragi qanday ko’rinishda bo’ladi?
A) ovalsimon, yuzasi tekis
B) loviyasimon, yuzasi tekis
C) yumaloqroq, yuzasi g’adir-budur
D) konussimon, yuzasi g’adir-budur
85.Nefronning tarkibiga nimalar kiradi?
A) Shumlyanskiy-Boumen kapsulasi, Malnigi tuguni
B) birlamchi va ikkilamchi tartibdagi kalavasimon kanalchalar,Genli xalqasi
C) piramidalar, siydik yo`llari
D) A va B javoblar to’g’ri
86. Siydik yo`lining uzunligi va eni qaysi javobda to`g`ri berilgan ?
A) 15sm, 4mm
B) 20sm, 6mm
C) 25sm, 10mm
D) 30sm, 8mm
87.Siydik pufagining sig`imi qancha bo`ladi?
A) 500-700 ml
B) 400-450 ml
C) 300-350 ml
D) 200-250 ml
88.Erkaklarning ichki tanosil a`zolari ko`rsatilgan javobni belgilang.
A) Moyaklar,urug` chiqarish yo`llari,urug` pufakchalari
B) Prostata bezi,kuper bezlari
C) Erlik olati,yorg`oq
D) A va B javoblar to`g`ri
89. Ayollarning ichki tanosil a`zolarini belgilang.
A) Tuxumdonlar,bachadon naylari,bachadon
B) Tuxumdonlar,bachadon naylari,bachadon,qin
C) Tuxumdon va bachadon
D) Tuxumdon
90. Ichki sekretsiya bezlariga xos bo`lgan javobni belgilang.
A) Odamning ichki muhitida joylashgan
B) Ichki muhitning doimiy turg`unligini ta`minlaydi
C) Biologik faol moddalarni qon va limfaga o`tkaradi
D) Ichki muhitning gormonlar ishlab chiqishini ta`minlaydi
91. Qalqonsimon bez qanday gormon ishlab chiqadi?
A) Tireiodin
B) Tiroksin
C) Tireotoksikoz
D) Paratgormon
92.Ekskretor va inkretor qismi bo`lgan bezlarni belgilang.
A) Me`da osti va jinsiy bezlar
B) Gipofiz va epifiz
C) Buyrak usti bezlari
D) Ayrisimon va qalqon orqa bezlari
93.Yurakdan qon olib chiquvch tomirlarni belgilang.
A) Aorta
B) Aorta,o`pka venasi
C) Aorta,o`pka arteriyasi
D) Aorta,kavak venalar
94.Yurakda qanday klapanlar bo`ladi?
A) Ikki tavaqali,uch tavaqali,yarimoysimon
B) Ikki tavaqali,uch tavaqali
C) Ikki tavaqali,yarimoysimon
D) Qorinchali va bo`lmali
95. Kichik qon aylanish doirasi tog`ri berilgan javobni belgilang.
A)Yurakning chap qorinchasi, aorta, arteriyalar, kapillyarlar, venalar, yuqorigi va pastki kavak venalar,yurak o`ng bo`lmasi
B) Yurakning o`ng qorinchasi, o`pka arteriyasi, o`pka kapillyarlari, o`pka venalar, yurak chap bo`lmasi
C) Yurakning chap bo`lmasi, aorta, arteriyalar, kapillyarlar, venalar, yuqorigi va pastki kavak venalar, yurak o`ng bo`lmasi
D) Yurakning o`ng bo`lmasi, aorta, arteriyalar, kapillyarlar, venalar, yuqorigi va pastki kovak venalar, yurak o`ng qorinchasi
96. Katta qon aylanish doirasi tog`ri berilgan javobni belgilang.
A)Yurakning chap qorinchasi, aorta, arteriyalar, kapillyarlar, venalar,yuqorigi va pastki kavak venalar, yurak o`ng bo`lmasi
B) Yurakning o`ng qorinchasi, o`pka arteriyasi, o`pka kapilyarllari, o`pka venalari yurak chap bo`lmasi
C) Yurakning chap bo`lmasi, aorta, arteriyalar, kapillyarlar, venalar, yuqorigi va pastki kavak venalar, yurak o`ng bo`lmasi
D) Yurakning o`ng bo`lmasi, aorta, arteriyalar, kapilyarlar, venalar, yuqorigi va pastki kavak venalar, yurak o`ng bo`lmasi
97. Refleks yoyi qismlari ketma-ketligi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) Retseptor, sezuvchi nerv, orqa miya nerv tuguni, sezuvchi nerv tolaning markaziy qismi.
B) Retseptor, sezuvchi nerv, markaz, harakatlantiruvchi nerv, ishchi a’zo.
C) Retseptor, sezuvchi nerv, ishchi a’zo.
D) Retseptor, harakatlantiruvchi nerv, orqa miya, ishchi a’zo.
98. Retseptorlar qaysi sohalardan ta’sirot (qo’zg’alishlar) qabul qiladi?
A) Tashqi, o’rta, ichki.
B) Teri, suyak, muskullar.
C) Ekstrotseptiv, interotseptiv, propriotseptiv.
D) Ko’z, quloq, burun, teri.
99. Bosh miya yarimsharlari nima bilan bir-biriga qo’shilgan?
A) Egatchalar.
B) Pushtalar.
C) Po’stloq.
D) Qadoq tana.
100. Miyachadagi o’tkazish yo’llari tolalari to’plamidan iborat qism qanday nomlanadi?
A) Oyoqchalar.
B) Silviy yo’li.
C) Pushtalar va oq modda.
D) Kulrang qism.
101. Bosh miyadan chiqadigan sezuvchi nervlarni belgilang.
A) I, II va VIII nervlar.
B) III, IV, VI, VII, XI, XII nervlar.
C) V, IX nervlar.
D) III, IV, V nervlar.
102. Bosh miyadan chiqadigan harakatlantiruvchi nervlarni belgilang.
A) I, II,VIII nervlar.
B) III, IV, VI, VII, XI vaXII nervlar.
C) V, IX nervlar.
D) III, IV, V nervlar.
103. Bosh miyadan chiqadigan aralash nervlarni belgilang.
A) I, II,VIII nervlar.
B) III, IV, VI, VII, XI,XII nervlar.
C) V va IX nervlar.
D) III, IV, V nervlar.
104. Avtonom (vegetativ) nerv sistemasi kim tomonidan fanga kiritilgan?
A) V.A.Bets.
B) I.M.Sechenov.
C) I.P.Pavlov.
D) F. Bish.
Dostları ilə paylaş: |