Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti fiziologiya kafedrasi


Ish – 3 Bosh miya katta yarim sharlarining tuzilishi



Yüklə 2,9 Mb.
səhifə131/191
tarix07.01.2024
ölçüsü2,9 Mb.
#205776
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   191
1-kurs Odam anatomiyasiUUM2023-2024

Ish – 3 Bosh miya katta yarim sharlarining tuzilishi.
Bosh miya o’ng va chap yarim shardan iborat bo’lib, ular qadoqsimon tana yordamida bir – bnri bilan tutashib turadi.Bosh miya yarim sharlari ikki qavatdan iborat: kulrang moddadan tashkil topgan tashqi po’stloq qavat va oq moddadan tashkil topgan ichki qavat.
Bosh miya po’stloq qavatining qalinligi 25 – 30 mm bo’ladi. Miya yarim sharlari peshona, chakka, tepa, ensa qismlarga bo’linadi.
Miya po’stlog’i mikroskopda tekshirilganda, undagi nerv hujayralari olti qavat bo’lib joylashganligi aniqlangan:
- birinchi, ya’ni miya po’stlog’ining eng ustki qavati nerv hujayralarining kalta o’simtalaridan tashkil topgan;

- eng pastki, ya’ni oltinchi qavatda duksimon nerv hujayralari
Miya po’stlog’ining turli qismlarida joylashgan nerv hujayralarining po’stloq sathi funksiyasiga ko’ra uchta zonaga bo’linadi, sezish, harakat va assotsiativ zonalar.
Po’stloqning ensa qismida ko’rish, chakka qismida eshitish, peshona qismining ostki ichkari sohasida hid bilish, tepa qismidagi oldingi markaziy pushtasida harakat, orqa markaziy pushtasida tana terisining sezgi markazlari joylashgan.
Talabalar bosh miya po’stlog’iga ta’luqli rasmlarni daftarlariga chizib oladilar.


Foydalanilgan adabiyotlar

1. Xudoyberdiev R.E., Ahmedov N.K., Zohidov X.Z. «Odam anatomiyasi» Tibbiyot oliygohlari uchun darslik. Т., Ibn Sino nashriyoti 1993 y.


2. Baxodirov F.N. «Odam anatomiyasi» Toshkent «O'zbekiston» 2006 у
3. Qodirov E. «Odam anatomiyasi», Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirfigi. T.2003
4. Axmedov A.. «Odam anatomiyasi» Tibbiyot oliygohlari uchun darslik. T .«Iqtisodiy-moliya». 2007 y.

Yüklə 2,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin