Mashg`ulot uchun jihozlar: Bosh miyaning tuzilishi tasvirlangan tablitsa, jadvallar, atlas, mulyaj.
Amaliy mashg`uloti xronokartasi. 1.Tashkiliy qism-5 daqiqa.
2.Avvalgi mashg`ulotda o`tilgan nerv hujayrasi,neyron,neyrogliya,nerv tolalari,orqa miyaning tuzilishi haqida talabalar olgan bilimini aniqlash va nazorat (joriy nazorat) – 20 daqiqa.(1-ilovadagi savollarga qaralsin).
3.Yangi mavzuning maqsadi bilan tanishtirish va amalda bajarish – 45 daqiqa.
a)Yangi mavzuning ahamiyatini qisqacha tushuntirish – 5 daqiqa.
b)Mashg`ulotni bajarish tartibini tushuntirish va ko`rsatish – 20 daqiqa. (2-ilovadagi ishni bajarish tartibiga qaralsin).
d)Mashg`ulotni bajarish tartibi-20 daqiqa.
- mashg`ulotni mustaqil bajarish (bosh miyaning tuzilishi,somatik va vegetative nerv tizimlari daftarga chiziladi);
-talabalar mustaqil ravishda ishni bajaradi;
- bajargan ish natijasini nazorat qilish;
4.Mavzuni mustahkamlash-5 daqiqa.
5.Uyga vazifa – 5 daqiqa.
a)O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
b)Kelgusi mashg`ulot mavzusiga tayyorgarlik ko`rish.
Ilova – 1 AvalgI mashg’ulotlarda o’tilgan “ Neyron, Nerogliya. Nerv tolalari. Orqa miyaningning tuzilishi” mavzusi bo’yicha savolla Reflektor yoyi deb nimaga aytiladi?
Orqa miya qaerda joylashgan?
3.Orqa miyaning tuzilishini ayting.
4.Orqa miyaning reflektor funksiyasi qanday bajariladi?
“Bosh miyaning tuzilishi. Somatik va vegetativ nerv tizimlari ” navzusi bo’ycha ishni bajarish tartibi.
Ish – 1. Bosh miyaning tuzilishi. Bosh miya kalla suyagining ichida joylashgan bo’lib, og’irligi katta odamda 1020 – 1970 gramgacha bo`ladi. Tashqi yuzalari va tubi bosh suyagiga yaqin turganligi uchun uning shakli bosh suyagi ichki yuzasining shakliga o’xshaydi.
Bosh miya 2 qisimdan iborat: 1)stvol ( ustun) 2) bosh miya yarim sharlari.
Bosh miya ustini qoplagan pardalarni olib tashlab, tepa va yon tomonidan qarasak, uning o’rtasidan uzinasiga, old va orqa tomonga ketgan chuqur yoriq yordamida ikkita barobar bo’lakka, ya’ni yarim sharlarga bo’linganini ko’rish mumkin. Bu yarim sharlarning tashqi yuzalari juda ko’p qing’ir- qiyshiq egatlar yordamida uzunligi va kengligi har xil, lekin balandligi bir xil pushtalarga bo’lingan. Orqa tomondan qaralganda faqat miyacha bilan uzunchoq miya ko’rinadi. Orqa tomonda miya yarim sharlari bilan miyachani bir - biridan ajratib turgan ko’ndalang yoriq bor.
Miya yarimsharlari (o’ng va chap) bir – biri bilan qadoq tana vositasida qo’shilgan. Yarimsharlar asosan oq va kulrang moddadan (miya po’stlog’idan) tuzilgan bo’lib ular hajmi jihatidan miyaning eng katta qismini tashkil etadi.
Bosh miyaning tubi bosh suyagining ichki, asosiy qismiga tegib turganligidan shu joydagi murakkab tuzilmalar shakliga kiradi. Miyaning shu
tomonidan katta miya, miyacha va stvolining pastki yuzalari hamda bosh miyadan chiqayotgan nervlar ko’riladi.
Talabalar bosh miya tuzilishini mulyaj yordamida o’rganadilar.