Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti fiziologiya kafedrasi


Ish – 2. Pay reflekslari hosil bo’lishini o’rganish



Yüklə 2,9 Mb.
səhifə128/191
tarix07.01.2024
ölçüsü2,9 Mb.
#205776
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   191
1-kurs Odam anatomiyasiUUM2023-2024

Ish – 2. Pay reflekslari hosil bo’lishini o’rganish.
Pay reflekslari proprioresentorlarning mexanik ta’sirlanishida yuzaga keladigan reflekslardir. Proprioreseptorlarning muhim turlari muskul duklarida joylashgan. Asosan, shu nerv uchlarining ta’sirlanishida pay reflekslari yuzaga keladi.Pay reflekslariga tizza, Axillov va boshqa reflekslar kiradi. Sog`lom odamda pay reflekslari, odatda, oson yuzaga keladi.
Odamda tizza refleksini hosil qilish. Sinaluvchi talaba stulda bir oyog’ini ikkinchi oyog’i ustiga tashlab o’tiradi. Tekshiriladigan oyoq muskullari bo’shashtirilgan holatda bo’lishi lozim. Refleks hosil qilish uchun bolg’acha bilan sonning to’rt boshli muskuli payiga, tizza kosasi tagiga sekin uriladi. Tizza bo’g’imida yozilish refleksini yuzaga keltiradigan sonning to’rt boshli muskuli qisqarishi kuzatiladi. Har ikkala oyoq refleksi taqqoslanadi. Bu refleksning markaziy neyronlari orqa miyaning 3 – 4 bel umurtqalari sohasida joylashgan.
Talabalar 3- 4 tadan bo’lib guruhlarga bo’linadilar. Tizza va Axill reflekslarining hosil bo’lishini bir – birlarida bajaradilar. Ishni bajarish tartibini daftarlariga yozib oladilar.


Foydalanilgan adabiyotlar

1. Xudoyberdiev R.E., Ahmedov N.K., Zohidov X.Z. «Odam anatomiyasi» Tibbiyot oliygohlari uchun darslik. Т., Ibn Sino nashriyoti 1993 y.


2. Baxodirov F.N. «Odam anatomiyasi» Toshkent «O'zbekiston» 2006 у
3. Qodirov E. «Odam anatomiyasi», Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirfigi. T.2003
4. Axmedov A.. «Odam anatomiyasi» Tibbiyot oliygohlari uchun darslik. T .«Iqtisodiy-moliya». 2007 y.
Amaliy mashg’ulot - 14
Mavzu: Bosh miyaning tuzilishi.


Mashg`ulot turi: Amaliy
Mashg`ulot vaqti: 2 akademik soat
Mashg`ulot o`tish joyi: Amaliy mashg`uloti xonasi.
Mashg`ulot maqsadi:
1. Bosh miya haqidagi nazariy bilimlarni mustahkamlash.
2. Talabalarga bosh miyaning ahamiyati va tuzilishini o`rgatish.
3. Bosh miyaning stvol qismi haqida tushunchaga ega bo`lish.
4. Bosh miya katta yarim sharlari haqida ma`lumot olish.
5.Talabalar mashg`ulot mavzusiga oid jadval, plakat, rasmlardan foydalanib daftarga chizib o`rganish.

Yüklə 2,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin