Ish – 2. Bosh miyaning stvol ( ustun ) qismi. Bosh miyaning stvol qismiga uzunchoq miya, miya ko’prigi, o’rta miya, oraliq miya hamda miyacha kiradi.
Uzunchoq miya bosh miyaning eng pastki qismi bo’lib, u pastdan orqa miyaga, yuqoridan esa miya ko’prigiga tutashgan. Uning uzunligi 3 – 3,5 sm, massasi o’rtacha 7 gramm bo’ladi. Uzunchoq miyaning tashqi qismi oq rangda bo’lib,unda nerv tolalari, ichki qismi esa kulrang moddadan iborat bo’lib, unda nerv hujayralari bo’ladi.
Uzunchoq miya reflektor va o’tkazuvchanlik funksuyalarini bajaradi. Reflektorlik funksiyasi shundan iboratki, unda nafas olish, yurak ishini bashqarish markazlari joylashgan. Bundan tashqari,uzunchoq miyadagi nerv markazlarida ko’zni ochib – yumish, ko’z yoshi, aksa urish, yo’talish, me’da – ichakda shira ajralishi kabi funksuyalarni ta’minlaydigan reflekslarining markazlari joylashgan.
Uzunchoq miyaning o’tkazuvchanlik funksuyasi shundan iboratki, u orqa miyadan kelgan impulslarni qabul qilib, bosh miyaning yuqori qismlarida joylashgan nerv markazlariga va ulardagi qo’zg’alish impulsini orqa miyaga o’tkazadi.
Miya ko’prigi uzunchoq miyaning ustki qismida joylashib, yuqori tomondan o’rta miya, yon tomondan miyacha bilan tutashib turadi. Miya ko’prigining tashqi qismi kulrang moddadan iborat bo’lib, herv hujayralardan tashkil topgan, ichki qismida oq modda bo’lib, unda nerv tolalari joylashgan. Miya ko’prigida uchlik, ko’z soqqasini va yuz muskullarini harakatlantiruvchi nervlarning markazlari joylashgan. Bu nervlar orqali miya ko’prigi reflektor funksiyasini bajaradi.
Miya ko’prigi o’tkazuvchanlik funksiyasini ham bajaradi, y orqali, uzunshoq miyadan nerv impulslari bosh miyaning yuqori qismlaridagi nerv markazlariga o’tkaziladi. Bu markazlardagi qo’zg’alish impulslari miya ko’prigi orqali uzunchoq va orqa miyaga o’tkaziladi.
O`rta miya Varoliy ko’prigining yuqorisida joylashgan bo’lib, unda to’rt tepalik, miya oyoqchalari va miya qorinchalarining suv yo’li bo’ladi. To’rt tepalikning oldingi ikkitasida po’stloq osti ko’rish markazlari ,orqadagi ikkita tepalikda esa po’stloq osti eshitish markazlari joylashgan.
Oraliq miya o’rta miyaning yuqori qismida joylashgan bo’lib, bosh miya yarim sharlari bilan qoplanib turadi.Oraliq miyaning tarkibiy qismlariga ko’rish do’mboqlari (talamus), do’mboq osti soha (gipotalamus) kiradi.
Ko’rish do’mbog’i tuxumsimon shakldagi bir juft kulrang modda, ya’ni nerv hujayralari to’plamidan iborat. U po’stloq osti sezgi markazi hisoblanadi. Odam tanasining sezgi a’zolari orqali qabul qilingan barcha tashqi va ichki ta’sir (ko’rish, eshitish, ta’m bilish, hid bilish,taktil, og’riq, issiq, sovuq va hokazo) oldin ko’rish do’mbog’i orqali qabul qilinib, bosh miya yarim sharlari po’tlog’idagi sezgi markazlariga o’tkaziladi.
Do’mboq osti sohasi (gipotalamus) ko’rish do’mbog’ining ostki sohasida joylashgan nerv hujayralari to’plamidan iborat. Gipotalamusda vegetativ nerv sistemasining markazi joylashgan bo’lib, u orqali ichki a’zolar funksiyasi, moddalar almanishuvi, tana haroratining doimiyligi ta’minlanadi, och qolish va to’ysh, uyqu hayajonlanish, kayfiyatning o’zgarishi kabilar boshqariladi.
Miyacha bosh miya yarim sharlari ensa bo’lagining ostida joylashgan, massasi 150 gramm.Uning ikkita yarim sharlari va ular o’rtasida chuvalchangsimon qismi bor. Miyacha tashqi tomondan kulrang modda bilan qoplangan bolib, u kichik egat va pushtalarga bo’lingan. Kulrang modda nerv hujayralari to’plamidan tashkil topgan. Miyachaning ichki qismida oq modda joylashgan bo’lib, u nerv tolalardan iborat.