Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 2,9 Mb.
səhifə144/191
tarix07.01.2024
ölçüsü2,9 Mb.
#205776
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   191
1-kurs Odam anatomiyasiUUM2023-2024

Baholash mezoni:
Mavzu yuzasidan to’liq tushunchaga ega bo’lib, uni amalda qo’llay bilishi va Venn diagrammasida ilgarilanma va aylanma harakat haqidagi ma’lumotlar to’la aks etgan «5»;
Mavzu yuzasidan to’liq tushunchaga ega bo’lib, uni amalda qo’llay bilishi va Venn diagrammasida ilgarilanma va aylanma harakat haqidagi ma’lumotlar qisman aks etgan «4»;
Mavzu yuzasidan to’liq tushunchaga ega bo’lib, Venn diagrammasida ilgarilanma va aylanma harakat haqidagi ma’lumotlar qisman aks etgan «3»;
Mavzu yuzasidan to’liq tushunchaga ega bo’lmagan, Venn diagrammasida ilgarilanma va aylanma harakat haqidagi ma’lumotlar to’lmagan etgan «2».


2-auditoriyadan tashqari mustaqil ish
2-mavzu. Hujayra va to’qimalarning tuzilishi
Ishning maqsadi: topshiriqlarni bajarish mobaynida ushbu mavzu bo'yicha olingan nazariy bilimlardan foydalanа olish.
Xisobot shakli: Klaster
Bajarish uchun sarflanadigan vaqt: 2 soat
2-mustaqil ish topshirig‘i:
Topshiriq №1: Hujayra va to’qimalarning tuzilishi o‘rganishda qo‘llaniladigan usullar bo‘yicha ma’lumotlarni o‘rganish va klasterda ifodalash


Topshiriqni bajarish uchun metodik ko‘rsatmalar: Klaster – o‘quv axborotini sxema (chizma) ko'rinishida tizimlashtirish usuli. Bunda matndagi ma’lumotlar mazmunan birliklar- tushunchalarga ajratib ko'rsatiladi va ular orasidagi barcha aloqalarni belgilagan holda grafik shakl chiziladi. Klaster mavzuni, tasvirni konkretlashtirishga, nutq, fikrlash, tasavvurni rivojlantirishga yordam beradi. U o'quv materialini tizimlashtirish va umumlashtirishga yordam beradigan tasvirdir.
Klaster yaratish uchun quyidagilarni bajaring:

  1. Quyidagi:

1. Xudoyberdiev R.E., Ahmedov N.K., Zohidov X.Z. «Odam anatomiyasi» Tibbiyot oliygohlari uchun darslik. Т., Ibn Sino nashriyoti 1993 y.


2. Baxodirov F.N. «Odam anatomiyasi» Toshkent «O'zbekiston» 2006 у
3. Qodirov E. «Odam anatomiyasi», Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirfigi. T.2003
4. Axmedov A. «Odam anatomiyasi» Tibbiyot oliygohlari uchun darslik. T .«Iqtisodiy-moliya». 2007
adabiyotlardan mavzuga oid ma’lumotlarni sinchiklab o‘qing;

  1. Varaqning o'rtasiga mavzuni, g'oyani ochish uchun asosiy bo'lgan kalit so'z yoki jumla yozing (masalan, modda);

  2. Ushbu so'z atrofidagi doirachalarga ushbu mavzuga mos keladigan navbatdagi tartibli so'zlar yoki jumlalar, ya’ni agrigat holatlar va ularni xossalarini yozing (masalan, suyuqlik va hokazo);

  3. Navbatdagi tartibli doirachalar ichiga ularni xossalarini yozish mumkin;

  4. Navbatdagi tartibli doirachalarga esa tegishli usuldan foydalanish maqsadi yoki bir xil mazmunga ega bo‘lgan boshqa bir ma’lumotlarni yozish mumkin;

  5. Bir xil darajaga ega bo'lgan so'zlar bir xil rang bilan to'ldirilishi va barcha so'zlar kalit so'z bilan bog'langan bo‘lishi kerak;

  6. Shunday qilib, har bir yo'ldosh so'zining o'z yo'ldosh so'zlarini ifodalang va natijada mavzuni mazmunini o‘zida mujassamlashtirgan struktura hosil qiling.







Yüklə 2,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin