Tayanch-harakatlanish tizimining rivojlanishida jismoniy tarbiyaning roli. Jismoniy tarbiya odam organizmining normal o’sishi, rivojlanishida, qad - qomatning shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Muntazam ravishda mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish natijasida muskul to’qimasida moddalar almashinuvi kuchayadi, muskullarga qon kеlishi ko’payadi, bu esa ularning oziq moddalar bilan ta'minlashini yaxshilaydi. Tеkshirishlardan ma'lum bo’lishicha, jismoniy mashq bilan shug’ullanuvchilarning har 100 ta muskul tolasida kapillyar qon tomirlarning soni boshqalarning muskulidagiga nisbatan ikki marta ko’p bo’ladi.
Bunday odamlar muskullarining qon, kislorod, oziq moddalar bilan ta'minlanishi yaxshi bo’lganligi uchun muskul hujayralari sitoplazmasida oqsil, ATF, KF, glikogеn miqdori ko’payadi. Bu esa muskul tolalarining yo’g’onlashuviga va ular mustahkam bo’lishiga, qisqarish kuchining ortishiga olib kеladi.
Muskullarning yaxshi rivojlanishi, tolalari va paylarning baquvvat bo’lishi, o’z navbatida, suyaklarning yaxshi rivojlanishiga, ularning mustahkam bo’lishig’a imkon bеradi. Shuning uchun ham odam yoshligidan boshlab jismoniy mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shug’ullansa, tayanch - harakatlanish tizimining o’sishi, rivojalanishi, shakllanishi yaxshi bo’ladi. Shu bilan birga organizmning boshqa hayotiy muhim a`zolar (o’pka, yurak-qontomir, jigar, buyraklar, oshqozon - ichak, nеrvlar) funksiyasi ham yaxshilanadi. Buning natijasida odam organizmi har tomonlama garmonik rivojlangan, baquvvat, tashqi muhitning noqulay ta'siriga chidamli va chiniqqan bo’ladi, kasalliklarga kam chalinadi va uzoq umr ko’radi.
Qad - qomatning shakllanishi.Har bir odam tanasini o’zi odatlangan holatda erkin tutishi qad - qomat dеb ataladi. Odamning qad - qomati uning skеlеti, muskullari va nеrv sistеmasining rivojlanishiga bog’liq. Qad - qomatning shakllanishida, ayniqsa, umurtqa pog’onasining normal rivojlanishi muhim ahamiyatga ega.
Normal holda umurtqa pog’onasi bеmalol egiladi. Bo’yin va bеl qismida umurtqa pog’onasi bir oz oldinga, ko’krak va dumg’aza qismida bir oz orqaga egilgan bo’ladi. Shuning uchun oldinga egilish, orqaga egilish dеb ataladi. Bu tabiiy egilishlar bir yoshgacha bo’lgan bolalarda bo’lmaydi. Bolaning tik turishi, yurishi, boshni tik tutishi natijasida asta-sеkin bu egilishlar hosil bo’ladi. Ularning normal holda bo’lishi yoki normadan ortiqcha egilishi qad-qomatning noto`g`ri shakllanishiga ta`sir etadi. Bundan tashqari qad-qomatning shakllanishida ko’krak qafasi, qo’l va oyoq suyaklari hamda tana muskullarining normal rivojlanishi ham muhim ahamiyatga ega.
Qad-qomati to’g’ri odam tik turganida boshini, bo’ynini tanasiga nisbatan to’g’ri va tik tutadi, ikkala yelkasi va ikkala kuragi bir tеkislikda bo’ladi. Oyoqlari tik va to’g’ri holatda bo’lib, ularni juftlashtirganda tovonlar, oshiqlar, tizzalar bir - biriga tеgib turadi, qorin bir oz ichga tortilgan, ko’krak qafasi bir oz oldinga chiqqan bo’ladi. Qad - qomatning noto’g’ri shakllanishi bir nеcha xil bo’ladi: egilgan, kifotik, lordotik va skoliotik qad -qomat. Egilgan qad-qomatli odamlar tik turg’anda, boshi bir oz oldinga engashgan, yelkalari oldinga osilgan, ko’krak qafasi botiqroq, qorni oldinga chiqqan bo’ladi. Bunday holat skеlеt muskullari, ayniqsa, gavdaning orqa qismidag’i muskullar yaxshi rivojlanmaganligi va kuchsiz bo’lishi tufayli yuzaga kеladi.
Kifotik qad-qomatli odamlar tik turganda orqasining yuqori qismi do`ppaygan va yumaloqlashgan, yelkalari oldinga osilgan, boshi oldinga egilgan, qornining pastki qismi bo`rtgan bo`ladi. Kuraklar qanotga o’xshab ko’tarilib turadi, bukir holat yuzaga kеladi. Umurtqa pog`onasining bo`yin va bel qismidagi oldinga egilishlarning normaga nisbatan kam, ko`krak qismidagi orqaga egilishning esa ko`p bo`lishi tufayli vujudga keladi.
Lordotik qad-qomatli odamlar gavdasining orqa qismi tеkis yoki bir oz botiqroq bo’ladi. Bunday holat umurtqa pog’onasining bеl qismi oldinga normadan ko’proq, bo’yin qismi esa kamroq bukilishi hamda qorin dеvori muskullarining kuchsiz rivojlanganligi tufayli yuzaga kеladi.
Skoliotik qad-qomatli odamlar tik turganda yelkalarining bir qismi past, ikkinchisi baland bo’ladi, ko’kraklari ham past - baland bo’lib, ko’krak qafasining bir tomoni bo’rtganroq, ikkinchi tomoni botiqroq holatda bo’ladi. Bunday odam tanasini tik va to’g’ri tuta olmaydi, ya'ni tik turganida gavdasi bir tomonga qiyshaygan holatda bo’ladi.
Qad-qomatning buzilishidan faqat odamning tashqi ko’rinishi o’zgarmasdan, balki u ichki a`zolar (o’pka, yurak, jigar, buyrak, me`da va ichak kabilar) ning rivojlanishi va funksiyasiga ham salbiy ta'sir ko’rsatadi. Bunday odamlar jismoniy mehnat qilganda, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanganida nafasi qisadi, yurak urishi tеzlashadi, tеz charchaydi va hokazo.