Kaft oldi suyaklari ikki qator joylashgan 7 ta g’ovak suyakdan iborat. Orqa qatorda ikkita katta: oshiq va tovon suyaklari, oldingi qatorda qayiqsimon, lateral, o’rta, medial ponasimon va kubsimon suyaklar bor.
Oshiq suyakda boshchasi, tanasi va ularni biriktirib turuvchi tor bo’yni tafovut qilinadi. Oshiq suyakning tanasi eng katta qismi. Uning yuqori qismida g’altaksimon hosila bo’lib, uning uchta bo’g’im yuzasi bor. Yuqori yuzasi katta boldir suyagining pastki bo’g’im yuzasi bilan bo’g’im hosil qiladi. G’altakning ikki yon tomonda joylashgan medial âà lateral òo’piq yuzalari shu nomdagi to’piq yuzasi bilan bo’g’im hosil qiladi. Lateral to’piq yuzasi medialiga nisbatan katta bo’lib oshiq suyakning yetib boradi. G’altakning orqasidagi orqa o’simtani bosh barmoqni bukuvchi uzun mushak payi medial va lateral do’nglikka bo’ladi. Oshiq suyakning pastki yuzasida tovon suyagi bilan birlashadigan uchta: oldingi, o’rta va orqa bo’g’im yuzalari joylashgan.
Mavzu bo`yicha nazorat savollari:
1. Bosh suyagining miya qutisi qismi suyaklariga qaysi suyaklar kiradi?
2. Ponasimon suyak qanday tuzilgan?
3. Tepa suyak qanday tuzilgan?
4. Chakka suyak qanday tuzilgan?
5. Peshona suyak qanday tuzilgan?
6. Bosh suyagining yuz qismi suyaklariga qaysi suyaklar kiradi?
7. Bosh suyaklari qanday birikkan?
8. Bosh suyagining yoshga xos xususiyatlarini izohlang.
9.Gavda skеlеti qanday suyaklardan tashkil topgan?
10.Umurtqa pog’onasida suyaklar qanday birikkan?
11.Ko’krak qafasi suyaklariga qaysi suyaklar kiradi?
12.Yelka kamari qanday suyaklardan tashkil topgan?
13.Qo’lning erkin suyaklariga qaysi suyaklar kiradi?
14.Chanoq suyaklari qanday birikkan?
15.Oyoqning erkin suyaklariga qaysi suyaklar kiradi?
2. Muskullarning qo’shimcha apparati va ularning o’rni. Muskullarning statik va dinamik ishi.
Muskul qisqarish turlari.
3.Bosh muskullari. Mimika va chaynov muskullari, ularning nutqda ishtiroki.
4.Gavda va bo`yin muskullarining xususiy hamda rudimentar muskullari.
5.Qo`l muskullari.Yelka kamari va qo`lning erkin muskullari.
6.Oyoq muskullari. Chanoq kamari va oyoqning erkin musksullari.