Qayiqsimon suyak birinchi qatordagi eng katta suyak Qabariq yuzasi bilak suyagini bo’g’im yuzasi bilan birlashadi. Kaftga qaragan yuzasi botiq bo’lib, lateral chekkasi qayiqsimon suyak do’mbog'i hosil qiladi.
Yarimoysimon suyakni ustki yuzasi qabariq bo’lib, bilak suyagi bo’g’im yuzasi bilan birlashadi. Pastki yuzasi botiq bo’lib, boshchali suyak bilan bo’g’im hosil qiladi.
Uch qirrali suyakning ustki yuzasi qavariq bo’lib, bilak suyagi bo’g’im yuzasi bilan birlashadi. Tashqi yassi yuzasi no’xotsimon suyak bilan birlashadi.
No’xotsimon suyak kaft ustining eng kichik suyagi. U qo’l panjasini bilak tomonga bukuvchi muskul payi ichida joylashgan sesamasimon suyakdir. Proksimal qatorning uchta suyagi o’zining ustki yuzasi bilan bilak suyaklariga qaragan ellipsimon bo’g’im yuzasini hosil qiladi.
Trapetsiya shaklidagi suyakda I kaft suyagi asosi bilan birlashadigan egarsimon bo’g’im yuzasi bor. Uning kaft yuzasida do’mbog'i va egatcha bor.
Trapetsiyasimon suyak kichkina bo’lib, shakl jihatidan trapetsiyaga o’xshaydi.
Boshchali suyak kaft usti suyaklari ichida eng kattasi. Uning boshchasi yuqoriga va biroz tashqariga yo’nalgan.
Ilmoqli suyakda kaft yuzasida ilmog’i bor. Kaft usti suyaklarining pastki chekkasi esa nisbatan tekis. Kaft ustining orqa yuzasi ko’tarilgan. Oldingi kaft yuzasi botiq bo’lib, kaft usti egati hosil qiladi.
Qo’l panjasi barmoqlariQo’l panjasida yo’g’on va qisqa bosh barmoq, ko’rsatkich barmoq, eng uzun o’rta barmoq, nomsiz barmoq va jimjiloqtafovut qilinadi. Barmoq suyaklari bosh barmoqda 2 tadan, qolganlarida 3 tadan bo’ladi.
Har bir falangada asosi, tanasi va boshi tafovut qilinadi. Proksimal falangalarning asosida kaft suyaklari bilan bo’g’im hosil qiluvchi chuqurcha bo’lsa, o’rta va distal falangalarda bo’g’im yuzasi bor. Distal falangalarning uchlari yassilashib g’adir-budirlik hosil qiladi.