Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 2,9 Mb.
səhifə22/191
tarix07.01.2024
ölçüsü2,9 Mb.
#205776
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   191
1-kurs Odam anatomiyasiUUM2023-2024

Bilak suyaklari
Bilak suyaklari 2 ta naysimon, ya'ni bilak va tirsak suyaklaridan iborat. Bilak suyagi qo’lning tashqi tomonida, tirsak suyagi qo’lning ichki tomonida joylashgan. Bu suyaklarning yuqorigi uchi yelka suyagi bilan birikib, tirsak bo’g’imini hosil qiladi, pastki uchi esa bilakuzuk (kaft ust) suyaklari bilan birikadi.
Tirsak suyagini yuqori uchi kengaygan bo’lib, yelka suyagi g’altagi bilan birlashadigan g’altak o’ymasi bor. Bu o’yma yuqori tomondan katta tirsak o’simtai, pastdan kichikroq tojsimon o’simta bilan chegaralangan. Tojsimon o’simtaining tashqi tomonida bilak suyagi boshi birlashadigan bilak o’ymasi joylashgan. Old tomonda undan pastroqda tirsak suyagi bo’rtig’i bor. Tirsak suyagining tanasi uch qirrali. Unda uchta: orqa yuzasi, oldingi yuzasi va ichki yuzasi tafovut qilinadi. Bu yuzalarni o’zaro uchta: oldingi qirra, orqa qirra, oldingi va orqa yuza o’rtasida joylashgan bilak suyagi tarafdagi suyaklararo qirra ajratib turadi. Suyakning pastki uchi yuqorisiga nisbatan ingichkaroq bo’lib, tirsak boshchasi bilan tugaydi. Suyak boshchasida bilak suyagi bilan birlashishi bo’g’im yuzasi joylashgan.
Bilak suyagini yuqorigi nisbatan kichik uchida bilak suyagi boshchasi joulashgan. Boshchaning ust tomonida yelka suyagi boshchasi bilan bo’g’im hosil qiladigan yassi bo’g’im chuqurchasi bor. Boshchaning yon tomonida tirsak suyagi bilan bo’g’im hosil qiluvchi yuza joylashgan. Suyak boshchasi tanasidan toraygan bilak suyagi bo’yni vositasida ajrab turadi. Undan pastroqda muskul birikadigan bo’rtiq joylashgan.
Qo’l panjasi suyaklari uch qismdan: bilakuzuk yoki kaft usti suyaklari, kaft va barmoq suyaklaridan iborat.
Kaft usti suyaklari 4 tadan ikki qator joylashgan 8 ta g’ovak suyaklardan iborat.
Yuqori qatorda bosh barmoq tomondan hisoblaganda qayiqsimon, yarimoysimon, uch qirrali, no’xatsimon suyaklar.
Pastki qatorda trapetsiya shaklidagi suyak, trapetsiyasimon suyak, boshchali suyak va ilmoqli suyak lar bor.
Bu suyaklarning nomlari ularning shakliga mos keladi. Ularning yuzalarida qo’shni suyaklar bilan birlashadigan bo’g’im yuzalari bor.

Yüklə 2,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin