Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 2,9 Mb.
səhifə20/191
tarix07.01.2024
ölçüsü2,9 Mb.
#205776
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   191
1-kurs Odam anatomiyasiUUM2023-2024

Qo’l suyaklari ikki qismga: yelka kamari suyaklari va qo’lning erkin suyaklariga bo’linadi.
Yelka kamari suyaklariga kurak va o’mrov suyaklari kiradi.
Kurak suyagi uchburchak shakldagi yassi suyak bo’lib, ichki botiq yuzasi bilan ko’krak qafasining 2 - 7 qovurg’alari ustiga yopishgan bo’ladi.
Uning uchta burchagi: yuqorigi burchak, tashqi burchak va ostki burchak tafovut qilinadi. Shunga mos ravishda uchta qirrasi: ichki qirra umurtqa pog’onasiga qaragan, tachqi qirra tashqariga qaragan, yuqorigi qirra tafovut qilinadi. Kurakning orqa yuzasi qavariq. Uni orqaga qarab chiqqan kurak qirrasi ikki: qirra usti chuqurchasi va qirra osti chuqurchasiga ajratadi.
Ularda shu nomdagi muskullar yotadi. Kurak qirrasi tashqi burchak tomonga ko’tarilib borib kengayadi va akromionni hosil qiladi. Uning uchida o’mrov suyagi bilan birikadigan bo’g’im yuzasi bor.
Kurakning oldingi qovurg'a yuzasi biroz bukilgan kurak osti chuqurchasini hosil qiladi. Unda shu nomdagi muskul yotadi.
Kurakning tashqi burchagi yo’g’onlashib yelka suyagi boshchasi bilan birlashadigan bo’g’im chuqurchasini hosil qiladi. Uning yuqori tomonida bo’g’im usti bo’rtig’i bo’lib, undan yelka ikki boshli mushagining uzun boshi payi boshlanadi. Bo’g’im chuqurchasi ostidagi bo’g’im osti bo’rtig’idan yelka uch boshli mushagining uzun boshi boshlanadi. Bo’g’im chuqurchasidan keyin toraygan kurak bo’yni bor. Kurakning yuqori qirrasida o’ymasi bo’lib, u bilan bo’yni o’rtasidan tumshuqsimon o’simta ko’tarilib turadi.
O’mrov suyagi ichki tomondan to’sh suyagiga, tashqi tomondan kurak suyagiga birikadi. U yelka bo’g’imining harakatlarida muhim rol o’ynaydi.
O’mrov S shaklida bukilgan naysimon suyak bo’lib, to’sh suyagining o’mrov o’ymasi bilan kurak suyagining akromion o’simtasi o’rtasida joylashadi. Unda yumaloq shakldagi tanasi va ikki: to’sh uchi, akromion uchi tafovut qilinadi. Uning to’sh uchi oldinga turtib chiqqan va yo’g’onlashgan bo’lib, to’sh suyagi bilan birikadigan egarsimon bo’g’im yuzasi bor.
Uning akromian uchi to’sh uchiga qaraganda keng va yupqa. U orqaga qaragan bo’lib, kurak suyagining akromion o’simtasi bilan birlashadigan yassi bo’g’im yuzasi bor. O’mrov suyagining yuqori yuzasi silliq. Pastki yuzasida boylamlar birikadigan konussimon bo’rtiq va trapetsiyasimon chiziq bor.
O’mrov endesmal yo’l bilan suyaklanadigan yagona naysimon suyak. Uning birinchi suyak nuqtasi homila hayotining 6-7 haftasida biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan o’mrov tanasida paydo bo’ladi. Bu suyak nuqtasidan akromian uchi va tanasi suyaklanadi.

Yüklə 2,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin