Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 2,9 Mb.
səhifə17/191
tarix07.01.2024
ölçüsü2,9 Mb.
#205776
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   191
1-kurs Odam anatomiyasiUUM2023-2024

II bo’yin umurtqasi, tishli umurtqa (axis) boshqa umurtqalardan tanasining ustki yuzasida joylashgan tishsimon o’simtasi borligi bilan farq qiladi. Tishsimon o’simta tsilindr shaklida bo’lib, uchi bor. I va II bo’yin umurtqalari o’zaro birlashganida, tishsimon o’simta atlantni kalla suyagi bilan birga o’nga va chapga aylanuvchi o’q vazifasini bajaradi. Tishsimon o’simtaning umurtqa tanasiga o’tish sohasi bo’yincha deyiladi. Tishning oldingi bo’g’im yuzasi I bo’yin umurtqasi bilan, orqa bo’g’im yuzasi atlantning ko’ndalang boylami bilan bo’g’im hosil qiladi. Tishning yon tomonlarida atlant bilan birlashuvchi yuqorigi bo’g’im yuzasi bor. II bo’yin umurtqasining 2 ta suyak nuqtasi ravog’ida, uchinchisi tanasida joylashgan. Ular o’zaro 2 yoshda qo’shiladi.
Ko’krak umurtqalarining tanasi pastga tomon kattalashib boradi. Umurtqa teshigi bo’yin umurtqalariga nisbatan kichik va yumaloq shaklda. Ko’krak umurtqalarining o’ziga xos xususiyatlaridan biri ularda qovurg’alar boshi bilan birikadigan qovurg’a chuqurchalari borligidir. II-IX umurtqalari tanasining orqa yon tomonida o’ng va chap yuqorigi va ostki qovurg’a chuqurchalari. I umurtqaning ustki chekkasida I qovurg’a uchun to’liq, pastki chekkasida II qovurg’a uchun ostki chuqurcha bor. X umurtqaning ustki chekkasida yuqorigi qovurg’a chuqurchasi bor. U IX umurtqaning pastki qovurg’a chuqurchasi bilan birga X qovurg’a uchun to’liq chuqurcha hosil qiladi. XI-XII umurtqalarning yon tomonlarida esa bittadan to’liq chuqurcha bor. I-X umurtqalarning ko’ndalang o’simtalarining oldingi yuzasida ko’ndalang o’simtaning qovurg’a chuqurchasi bor. U qovurg’a do’mbog’i bilan birlashadi. XI va XII ko’krak umurtqalarining ko’ndalang o’simtalari qisqa bo’lib, bo’g'im chuqurchasi yo’q. Ko’krak umurtqalarining qirrali o’simtasi nisbatan uzun bo’lib, uchi pastga qaragan. Bo’g’im o’simtalari frontal sathda joylashgan bo’lib, yuqorigi bo’g’im yuzalari orqaga, pastki bo’g’im yuzalari oldinga qaragan.
Bel umurtqalari 5 ta. Ularga og’irlik ko’p tushgani uchun tanasi katta va loviyasimon. Umurtqa teshigi uchburchak shaklida. Ko’ndalang o’simtasi rudiment holdagi qovurg’a bo’lgani uchun qovurg’a o’simtasi deyiladi. U uzun bo’lib, frontal sathda joylashgan. Bu o’simtaning orqa yuzasi asosida qo’shimcha o’simta bor. Qirrali o’simtasi qisqa, yassi, uchi qalinlashgan va orqaga qaragan. Bo’g’im o’simtalari yaxshi rivojlangan, ularning bo’g’im yuzalari sagittal sathda joylashib, yuqorigi o’simtada medial tomonga, pastkisida esa yon tomonga qaragan. Yuqorigi bo’g’im o’simtasining yon tomonida uncha kichikroq so’rqichsimon o’simta bor.

Yüklə 2,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin