Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 2,9 Mb.
səhifə15/191
tarix07.01.2024
ölçüsü2,9 Mb.
#205776
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   191
1-kurs Odam anatomiyasiUUM2023-2024

Pastki jag` suyagi kalla suyaklari ichida faol harakatchanligi, ya`ni chakka suyaklari bir juft bo`g`im hosil qilib qo`shilishi bilan farq qiladi. Pastki jag` suyagining tishlar o`rnashgan gorizontal qismi, tanasi va ikkita vertikal joylashgan shoxi bor, u ana shu shoxlar vositasida bo`g`im hosil qiladi va chaynov muskullari yordamida harakatlanadi. Chaynov muskullarining vazifalariga va yoshga qarab, pastki jag` burchagi o`zgarib turadi. Yangi tug`ilgan bola pastki jag`ining burchaklari taxminan 150º bo`lsa, o`rta yoshli odamniki 130 - 110º gacha kamayadi.Yoshi ulg`aygan qari odamlarda esa tishlari tushib ketishi munosabati bilan chaynov muskullari bir muncha bo`shashadi. Natijada pastki jag` burchagi asta – sekin yassilashib, chaqaloqning pastki jag`iga o`xshab qoladi.
Til osti suyagi pastki jag` bilan hiqildoq o`rtasida (til ostida) joylashgan. U taqa kabi bukilgan bo`lib o`rta qismi, tanasi va katta-kichik ikki juft shoxi tafovut qilinadi. Bular tanasi bilan tog`ay orqali birikadi. Faqat 50 yoshdan keyingina suyaklanib birlashadi.
Bosh suyaklarining birikishi va yoshga xos xususiyatlari.
Yangi tugilg`an chaqaloqlarda bosh suyagi o`zaro birikmagan 23 ta alohida suyaklardan tashkil topgan bo’lib, ular o`rtasida yumshoq joylar (bo`shliqlar) ya`ni liqildoqlar bo`ladi. Katta liqildoq pеshona va tеpa suyaklari o`rtasida joylashgan, uning uzunligi 3,5 sm, eni 2,5 sm bo`ladi. Bu liqildoq bola 2 yoshga o`tganda bitadi. Tеpa va ensa suyaklari o`rtasida kichik liqildoq va tepa - chakka suyaklari o`rtasida 2 tadan 4 ta yon liqildoqlar bo`lib, bolaning 2-3 oyligidan ular suyaklana boshlaydi. Bosh suyagi bolaning 3-4, 6-8 va 11-15 yoshlik davrida ayniqsa tez o`sadi. Uning shakllanishi 20-25 yoshgacha davom etadi.
Gavda skеlеti.Odamning gavda skеlеti umurtqa pog’onasi va ko’krak qafasidan iborat.
Umurtqa pog’onasi 33 - 34 umurtqaning birikishidan hosil bo’lib, uzunligi odamning bo’yiga qarab 70 - 90 sm gacha bo’ladi. Umurtqa pog’onasi odam skеlеtining markaziy qismi bo’lib, unga barcha suyaklar birikib turadi, tananing asosiy tayanchi bo’lib xizmat qiladi. Umurtqa pog’onasi 5 qismdan iborat: bo’yin - 7, ko’krak - 12, bel - 5, dumg’aza - 5 va dum - 4 -5 ta umurtqadan tashkil topgan.
Umurtqalar umurtqa pog’onasining qaysi qismida joylashganidan qa’tiy nazar umumiy tuzilishga ega. Umurtqa tanasi oldinga qaragan bo’lib, tayanch vazifasini bajaradi. Umurg’a tanasi pastga tomon gavdaning og’irligiga qarab kattalashib boradi.
Umurtqa yoyi tananing orqasida joylashib, tana bilan ikkita umurtqa oyoqchalari vositasida birikib, umurtqa teshigini hosil qiladi. Umurtqalarning teshiklari o’zaro qo’shilishidan umurtqa kanali hosil bo’ladi. Bu kanal ichida orqa miya joylashadi. Tananing yoyga qaragan yuzasi bukilgan bo’lib, unda qon tomirlar o’tadigan oziqlantiruvchi teshik bor. Umurtqa yoyida muskullar birikadigan o’simtalar bor. Orqada o’rta chiziqdan toq qirrali o’simta chiqadi.
Frontal sathda yon tomonga yo’nalgan juft ko’ndalang o’simta joylashgan. Umurtqa yoyining tanaga yaqin qismida yuqoriga qarab yo’nalgan yuqorigi bo’g’im o’simtasi va pastga qarab yo’nalgan pastki bo’g’im o’simtasi joylashadi. Ularning har birida yuqorigi va pastki bo’g’im yuzalari bo’lib, qo’shni umurtqalar bilan bo’g’im hosil qiladi. Yuqorigi va pastki bo’g’im o’simtalarining asosi bilan umurtqa tanasi o’rtasida yuqorigi va pastki umurtqa o’ymalarini joylashgan. Pastki umurtqa o’ymasi nisbatan chuqurroq. Umurtqalar o’zaro birlashganida yuqorigi va pastki o’ymalar o’ng va chap tomonda umurtqalararo teshikni hosil qiladi. Bu teshiklar orqali orqa miya nervlari va qon tomirlar o’tadi.

Yüklə 2,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin