3- Ma’ruza 3-mavzu: Bosh, gavda va qo’l – yoqlar skeleti
Reja:
1.Bosh skeletining tarixiy rivojlanishi-filogenezi. Bosh skeletining yoshga bog`liq
xususiyatlari.
2.Miya qutisi va yuz suyaklari: tuzilishi va birikishi. Liqildoqlar.
3.Umurtqa pog`onasining ontogenez va filogenezi. Umurtqa, qovurg`alar va to`sh
suyaklarining tuzilishi. Umurtqa pog`onasi va ko`krak qafasining bir butunligi.
4.Bolalarda umurtqa pog`onasiining xususiyatlari. Gavda skeletining yoshga bog`liq
xususiyatlari.
5.Turmush tarzining gavda skeleti tuzilishiga ta`siri. Yelka kamari, qo`l erkin suyaklarining
tuzilishi, birikishi va harakatlari.
6.Chanoq kamari va oyoq erkin suyaklarining tuzilishi, birikishi va harakatlari. Qo`l va oyoq
skeletining yoshga bog`liq xususiyatlari.
Tayanch so’zlar va iboralar Ponasimon suyak ,chakka suyagi, tepa suyagi, peshona suyagi, g`alvirsimon suyak, tanglay suyagi, burunning pastki chg`anog`i, burun suyagi, ko`z yosh suyagi, dimog` suyai, yonoq suyagi, pastki jag` suyagi, til osti suyagi.
Odam tanasidagi suyaklarning joylashuvi. Odam tanasidagi suyaklar joylashishiga qarab bir nеcha qismga bo’lib o’rganiladi: bosh, gavda, qo’l va oyoq suyaklari
Bosh skeleti bosh miya va og`iz bo`shlig`idagi a`zolarni himoya qilib turadi.
Bosh suyagi 23 ta suyaklarning birikishidan tashkil topgan bo’lib, ikki qismga bo’linadi: miya qutisi suyaklari va yuz suyaklari.
Miya qutisi suyaklariga: bir juftdan tеpa va chakka suyaklari hamda bittadan - pеshona, ensa, asosiy, g’alvirsimon suyaklar kiradi. Ularning umumiy soni 8 ta
Yuz suyaklariga bir juftdan yuqorigi jag`, yonoq, burun, ko`z yosh, burunning pastki chig`anog`i, tanglay suyaklari va bittadan dimog`, til osti, pastki jag` suyaklari kiradi. Ularning umumiy soni 15 ta.
Pastki jag’ va chakka suyaklari bir - biri bilan bo’gim hosil qilib birikadi. Bu bo’g’im tufayli pastki jag’ xilma - xil harakatlarni bajaradi va natijada odam ovqatni chaynash, so’zlash, kuylash imkoniga ega bo’ladi.