Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 2,9 Mb.
səhifə9/191
tarix07.01.2024
ölçüsü2,9 Mb.
#205776
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   191
1-kurs Odam anatomiyasiUUM2023-2024

Suyaklarning fizik xossalari. Suyklarning mustahkam bo`lishi uning tarkibidagi mineral va organik moddalarning nisbati me`yorida bo`lishiga bog`liq. Agar yosh organizm suyagida kalsiy tuzlari kamaysa uning suyagi egiluvchan bo`lib qiyshayib qolishi, ya`ni qomatida buzilish bo`lishi mumkin.
Keksalar suyagining tarkibida mineral tuzlarning ko`payishi esa suyakning mo`rtlashuviga, tez sinuvchan bo`lishiga sabab bo`ladi. Shunday qilib suyakning fizik xususiyatlari uning kimyoviy tarkibi bilan bog`liqdir.
Suyaklariing birikishi. Odam tanasidagi 200 dan ortiq suyakning hammasi bir - biri bilan ikki xil: harakatsiz va harakatli birikadi,
Suyaklarning harakatsiz (oraliqsiz, uzluksiz} birikishiga bosh, umurtqa va chanoq suyaklarining bir - biri bilan tutashuvi misol bo’ladi. Ular boylamlar, tog’aylar, suyak choklari yordamida bir - biriga birikadi. Bosh suyagi pеshona, tеpa, chakka, ensa kabi alohida suyaklardan iborat bo’lib, bola o’sgan sari ular chok yordamida bir - biriga birikib, yaxlit bosh suyagini hosil qiladi. Bu suyaklar bir - biriga uzluksiz - zich birikkanligi uchun ular harakatsiz bo’ladi.
Harakatli, ya'ni bo’g’im hosil qilib birikishga qo’l va oyoqlarning’ bo’g’imlari kiradi: yelka, tirsak, kaft ust, son - chanoq, tizza, boldir tovon hamda qo’l va oyoq panja suyaklarining bir - biri bilan bo’g’im hosil qilib birikishi bunga misol bo’ladi. Bo’g’im hosil qilib birikuvchi ikkita suyakdan birining uchi qavariq, silliq, ikkinchisiniig uchi esa botiqroq bo’ladi.
Bo’g’im uch qismdan: bo’g’im xaltachasi, suyaklarning birikish yuzasi va bo’g’im bo’shlig’idan iborat.
Bo’g’im xaltachasi ikki qavat - tashqi ( pishiq fibroz), ichki - silliq yumshoq pardalardan tashkil topgan. Ichki sinoviy qavatning pardasidan moysimon sinoviy suyuqlik ( bo’g’im moyi ) ishlab chiqariladi. Bu suyuqlik suyaklarning bo’g’im yuzasini moylab, ular harakatini qulaylashtiradi. Bo’g’im tashqi tomondan paylar bilan o’ralib, uning mustahkamligini ta'minlaydi.
Bo’g’im yuzalarining tuzilishiga qarab sharsimon, ellipssimon, egarsimon, silindrsimon, g’altaksimon bo’g’imlar bo’ladi. Masalan, kurak va yelka suyaklari birikib, sharsimon tuzilishga ega bo’lgan bo’g’imni hosil qiladi va bu bo’g’imda xilma -xil (oldinga, orqaga, yuqoriga, pastga, aylanma) harakatlar bajariladi.

Yüklə 2,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin