Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti fiziologiya kafedrasi


O`zbekiston Respublikasida sog`lom avlodni shakllantirish borasidagi tadbirlar



Yüklə 2,9 Mb.
səhifə6/191
tarix07.01.2024
ölçüsü2,9 Mb.
#205776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191
1-kurs Odam anatomiyasiUUM2023-2024

O`zbekiston Respublikasida sog`lom avlodni shakllantirish borasidagi tadbirlar.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1993 yil 3 dekabrdagi 589-sonlo qarori bilan “Yosh avlodni sog`lomlashtirish muammolarini majmuali hal etish” ning kengaytirilgan dasturi tasdiqlangan.
Mazkur dasturda odamning sog`lig`ini mustahkamlash va umrini uzaytirishda jamiyatimizning har bir a`zosi sog`lom turmush tarziga riyoa qilishi muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etilgan. Sog`lom turmush tarzi tushunchasi odam xulq-atvorining hamma tomonlarini o`z ichiga oladi.
Har kimning mas`uliyatli vazifasi hisoblangan o`z-o`zini bilish tushunchasi buning bir qismidir. Buning ma`nosi shuki, odam o`z organizmining tuzilishi va funksional xususiyatlarini asrash va rivojlantirish uchun zarur bo`lgan qoidalarga amal qiladi. Chunonchi, kun tartibiga, sanitariya va gigiyena talablariga amal qilish odat tusiga kiradi.
- Odam o`z ruhiy holatini boshqara oladi, qattiq hayajon va ruhiy zarblaraga bardosh beradi;
- o`zining ovqatlanishini nazorat qiladi;
- shakllantirish borasidagi tadbirlar.
- harakatchanlik, jismoniy tarbiya va sport kun tratibidan mustahkam o`rin oladi. Spirtli ichimliklar, kashandalik va giyohvandlikdan voz kechadi;
- tabiatga g`amxo`rlik bilan munosabatda bo`ladi;
- yangi turmush quruvchi yigit va qizlar, yangi insonni dunyoga keltiruvchi kiyov va kelinlar o`z farzandlarining sog`lig`I, jismoniy va ruhiy barkamolligi uchun barvaqt g`amxo`rlik qiladilar.
Yuqorida aytilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqadigan xulosa shuki, sog`lom turmush tarsi uchun kurashish hozirgi avlodni manfaatlari uchungina emas, balki kelgusi avlodlarni eng maqbul genetic dastur bilan ta`minlash uchun ham zarurdir. Odam qancha sog`lom bo`lsa, uning farzandlari, nevara-chevaralari, ya`ni kelgusi avlod ham sog`lom bo`ladi.
Odam organizmi haqida umumiy ma`lumot. Odam uzoq yillik evolyutsion jarayonining mahsulidir. Shuning uchun ham odam va yuqori tabaqali (yuksak) hayvonlar organizmning tuzilishida ba`zi o`xshashliklar bor. Jumladan, anatomiya va fiziologiya fanlarining ilmiy tadqiqotlari natijasida odam va yuksak hayvonlarning skeleti, miyasi, yuragi, o`pkasi, ovqat hazm qilish va ayirish kabi a`zolarining tuzilishi hamda funksiyasida (bajaradigan ishida) o`zshashliklar borligi aniqlangan.
Odamning shakllanishida mehnat muhim rol o`ynagan. Mehnat qilish tufayli ibtidoiy odamlar avval tik turishga, so`ngra qo`l barmoqlari bilan mehnat qurollarini ushlashga o`rgangan. Mehnat qilish jarayonida ularda bir-biri bilan hamkorlikda bo`lish zarurati tug`ilgan va natijada nutq yuzaga kelgan. Mehnat va nutq tufayli ularda fikrlash qobiliyati rivojlangan. Bu o`z navbatida bosh miya va sezgi a`zolarining hamda mehnat qilish a`zosi bo`lgan qo`lning yuksak darajada rivojlanishiga sabab bo`lgan.
Odam tashqi muhit ta`sirlarini sezishi, ularni fikrlashi va o`zaro munosabatda bo`lishi kabi barcha xususiyatlar bosh miyaning faoliyati ekanligi fiziologiya fanidan ilmiy tadqiqotlar tufayli aniqlangan. Bu quyidagi misolda yaqqol ko`rinadi. Spirtli ichimliklar va narkotik moddalar bosh miyaning nerv hujayralari faoliyatini buzadi. Shuning uchun ham spirtli ichimlik ichib mast bo`lgan odamning fiklash qobiliyati pasayadi. Narkotik modda iste`mol qiluvchilar ham huddi shunday bo`ladi. Shunday qilib, tarixiy evolyutsion jarayonida, tashqi muhit va ijtimoiy omillar odam organizmining tuzilishi, funksional xususiyatlari va ongning shakllanishini belgilaydi.
ham bu boradagi tadbirlardan biridir.

Yüklə 2,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin