Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 2,9 Mb.
səhifə4/191
tarix07.01.2024
ölçüsü2,9 Mb.
#205776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191
1-kurs Odam anatomiyasiUUM2023-2024

Anatomiyaning o`rganish usullari.
Odam anatomiyasining o`rganish usullari bir necha xil bo`lib odam tuzulishi haqida to`liq tassavvur hosil qilishda murdani yorib ko`rish usulidan foydalanib o`rganiladi. Tirik odamlarda esa mavjud bo`lgan texnika vositalaridan, fizik asboblardan foydalangan holda fiziologik usullar qo`llanib o`rganiladi. Bular quyudagilardir.
1.Antropomеtrik usul – bo`y uzunligi, tana vazni, ko`krak qafasi aylanasi, yelka kеngligi kabilar o`lchanib o`sish va rivojlanishi o`rganiladi.
2.Kesib ochish yo`li bilan preparatlar tayyorlash
3.Arralash usuli- murda muzlatilib, o`rganiladigan a‘zosi bo`lagini qavatma-qavat qilib arralanadi va a‘zolar topografiyasi haqida kengroq ma‘lumot olinadi.
4.In‘eksiya usuli- ichi kovak a‘zolarga, qon tomirlariga turli xil kimyoviy bo`yoqlar yuborib o`rganiladi.
5.Yoritish ravshanlashtirish usuli- o`rganiladigan a‘zo kislota yoki ishqor suyuqliklariga solib kuzatiladi va nurlarini turlicha sinishi natijalari bir-biridan ajralib ko`riladi.
6.Karroziya yoki yemirish usuli kovak a‘zolariga tez qotadigan modda yuborib so`ngra kislota yoki ishqor ta‘sirida a‘zo to`qimalari yemiriladi va u a‘zoning shakli o`rganiliadi
7.Rentgen nuri yordamida o`rganish usuli- tirik odam tuzulishini o`rganishga keng imkon beradi.
8.Paypaslab o`rganish usuli- a‘zo chegralarini o`rganadi
9.Perkussiya – barmoq yoki bolg`acha bilan urib aniqlash usuli, a‘zo chegaralari o`rganiladi.
10. Auskultatsiya usuli – maxsus eshutish asboblari yordamida yurak, o`pkaning ishlab turgan paytdagi tovushi eshitiladi, normal yoki kassallik holati aniqlanadi.
11.Mikroskopda ko`rib urganish usuli- to`qima va a‘zolaring hujayraviy tuzulishi o`rganiladi.
Anatomiya atamalari.
Odam organizmini o`rganishda qo`llaniladigan anatomiya atamalari birinchi marta 1894 yilda Shveytsariyaning Bazel shahrida bo`lgan anatomlar se`zdida qabul qilingan. Bazel anatomiya atamalari nomenklaturasida a‘zolar tuzilishga mos kelmaydigan atamalar ham bo`lgan. Shuning uchun 1955 yilda Parijda bo`lib o`tgan anatomlar se`zdida Parij anatomiya atamalari nomenklaturasi qabul qilindi va hozir ham qo`llanilib kelmoqda. A‘zolarning joylashgan o`rni, ularning alohida qismlarini a‘zolarga nisbatan o`rganishda sagittal, fronttal va gorizantal sathdan foydalaniladi.
1.Sagittal sath odam tanasining oldindan orqa tomonga qaratib boshidan oxirigacha vertikal kesilishi natijasida hosil bo`ladi. Agar muzlatilgan murdaning qoq o`rta qismidan o`ng va chap nimtalarga ajratilsa o`rta sath hosil bo`ladi.
2.Frontal sath sagittal sathga nisbatan to`gri burchak hosil qilib yoki aniqrog`i odam peshonasiga parallel holatda o`tkazilgan yuzadan vujudga keladi.
3.Gorizantal sath fazoga parallel yoki sagittal holda frontal sathlarga to`g`ri burchak hosil qilib o`tkazilgan yuzadan hosil bo`ladi.

Yüklə 2,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin