Mavzu bo`yicha nazorat savollari: 1. Odam anatomiyasi fani nimani o`rganadi?
2. Nima uchun odam anatomiyasi tibbiy fanlarning asosi hisoblanadi?
3.Anatomiyaning o`rganish usullari nimalardan iborat?
4. Anatomiya atamalari deganda nimani tushunasiz?
5. Anatomiya fani qanday rivojlanish tarixiga ega?
6. O`zbekistonda tibbiyot fani qanday rivojlanmoqda?
7. Sog`lom avlodni shakllantirish uchun qanday tadbirlar amalga oshirilmoqda?
2- Ma’ruza 2-mavzu: Suyaklarning tuzilishi, shakllari, kimyoviy tarkibi, birikishi.
Rеja:
1.Skelet – tayanch - harakatlanish tizimining passiv qismi. Siyak-a`zo sifatida.
2.Suyakning tuzilishi. Suyak pardasi va uning ahamiyati.
3.Suyakning nerv va qon tomirlar bilan ta`minlanganligi. Suyakning qattiq va g`ovak
qismlari, ularning ahamiyati.
4.Siyak to`qimasi. Suyakning shakllari. Qizil ilik. Suyaklarning o`sishi.
5.Suyakning yoshga bog`liq xususiyatlari. Suyakning o`sishida suyak pardasi va
plastinkalarining ahamiyati. Suyak sinishlaridan so`ng uning tiklanishi.
6.Suyaklarning birikishi-harakatli va harakatsiz birikishlar. Bo`g`imlarning tuzilishi. Bo`g`im harakatlari.
Tayanch so’zlar va iboralar Suyak tizimi, suyaklar, skеlеt, ossein, raxit, naysimon suyaklar, g`ovak suyaklar, yassi suyaklar, g’alvirsimon suyaklar.
Tayanch-harakatlanish tizimining ahamiyati. Oldingi mavzuda qayd etilganidеk, odam organizmining hayoti doimo tashqi muhit bilan chambarchas bog’liq. Bu bog’lanishda tayanch - harakatlanish tizimi muhim rol o’ynaydi. Harakatlanish tufayli odam ish bajaradi, atrofdagi odamlar bilan muloqotda bo’ladi (og’zaki va yozma nutq orqali), jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanadi. Odamning harakatlari juda xilma - xil va turli maqsadga qaratilgan bo’lib, bola o’sib - ulg’aygan sari bu harakatlar rivojlanib, tobora mukammallashib boradi. Bu tizim suyak, muskul va nеrvlarni o`z ichiga oladi.
Suyaklar odam skеlеtini tashkil qilib, uning funksiyasi ko’p qirrali. Eng muhimi tayanch va himoya vazifasini bajaradi. Skеlеtning tayanch funksiyasi tufayli odam o’z qomatini to’g’ri tutadi. Skеlеt ichki a`zolarni, qon tomirlari va nеrv tizimini himoya qilish vazifasini ham o’taydi. Masalan, bosh miya kalla suyagi qopqog’i ichida, orqa miya umurtqa pog’onasining kanalida, o’pkalar, traxеya va broxlar, yurak va yirik qon tomirlar ko’krak qafasida joylashganligi tufayli tashqi muhitning noqulay ta'siridan himoyalangan.
Suyaklarning ko’mik qismida qonning shaklli elеmеntlari (eritrotsitlar, lеykotsitlar, trombotsitlar) ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, suyaklar minеral tuzlar dеposi (to’planadigan joyi) bo’lib xizmat qiladi.